{"id":101054,"date":"2023-08-25T08:44:30","date_gmt":"2023-08-25T05:44:30","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=101054"},"modified":"2023-08-25T08:44:31","modified_gmt":"2023-08-25T05:44:31","slug":"venalarning-varikoz-kengayishi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/venalarning-varikoz-kengayishi\/","title":{"rendered":"Venalarning varikoz kengayishi"},"content":{"rendered":"\n<p>Venalarning varikoz kengayishi (lotincha varix \u2014 venalarning kengayishi) \u2014 venalarning kengayib cho&#8217;zilishi va tugun-tugun bo&#8217;lib qolishi. Asosan yuza joylashgan venalar: oyoq, to&#8217;g&#8217;ri ichak, urug&#8217;tizimchasi va qizilo&#8217;ngachning shilliq qavati ostidagi venalar kengayadi. Vena devorining tug&#8217;ma zaifligi. mo&#8217;rtlashuvi, qopqoqlari (klapanlari) ning yetishmovchiligi tomirlarda qon oqishi maromini izdan chiqarib, ular ichidagi bosimning oshishiga olib keladi. Og&#8217;ir jismonny ish qilish, tik oyoqda ishlash (kasbga aloqador), chanoq venalarini homilali bachadon ezib qo&#8217;yishi va boshqa kasalliklar natijasida qon oqishining qiyinlashuvi sabab bo&#8217;ladi. Kengaygan venalar teri ostidan tugun-tugun (varikoz tugunlar) bo&#8217;lib, bo&#8217;rtib ko&#8217;rinib turadi. Kasallik asta-sekin paydo bo&#8217;ladi. Kengaygan venalar oyokda bo&#8217;lsa, bemor tik turganida yaqqol ko&#8217;zga tashlanadi. Venalari kengaygan joy terisining qon bilan ta&#8217;minlanishi buzilishi oqibatida shu soha terisi yupqalashib, rangi o&#8217;zgaradi, salga jarohatlanadigan bo&#8217;lib qoladi, keyinchalik shu joyda trofik yara hosil bo&#8217;lishi mumkin. Oyoq og&#8217;riydi, bemor tez charchaydi, og&#8217;riq ayniqsa uzoq turib qolganda yoki kechga borib zo&#8217;rayadi, oyoq shishib, yurish qiyinlashadi. Venalar juda kengayib, ularda qon oqishi qiyinlashishi, turli yallig&#8217;lanishlar va tromblar paydo bo&#8217;lishi mumkin. Davosi, odatda, kasallikning kechishiga bog&#8217;liq; engilroq xilida elastik bint bog&#8217;lash, maxsus paypoq kiyish, badan tarbiya, davo fizkulturasi, yengil gimnastika, shuningdek fizioterapevtik muolajalar, dori-darmonlar buyuriladi. Kasallik zo&#8217;rayib ketganda jarrohlik usuli qo&#8217;llaniladi. Oldini olish uchun yengil badan tarbiya mashqlarnni bajarish, ishdan keyin ozroq masofaga sekin piyoda yurib borish, organizmni chiniqtirish (cho&#8217;milish, quyoshda toblanish va boshqalar), vitaminlar qabul qilish lozim.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Venalarning varikoz kengayishi (lotincha varix \u2014 venalarning kengayishi) \u2014 venalarning kengayib cho&#8217;zilishi va tugun-tugun bo&#8217;lib qolishi. Asosan yuza joylashgan venalar: oyoq, to&#8217;g&#8217;ri ichak, urug&#8217;tizimchasi va qizilo&#8217;ngachning shilliq qavati ostidagi venalar &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/venalarning-varikoz-kengayishi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[207],"tags":[],"class_list":["post-101054","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-v-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/101054","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=101054"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/101054\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":101065,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/101054\/revisions\/101065"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=101054"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=101054"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=101054"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}