{"id":101152,"date":"2023-08-25T10:08:45","date_gmt":"2023-08-25T07:08:45","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=101152"},"modified":"2023-08-25T10:08:48","modified_gmt":"2023-08-25T07:08:48","slug":"vegetativ-kopayish-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/vegetativ-kopayish-2\/","title":{"rendered":"Vegetativ ko&#8217;payish"},"content":{"rendered":"\n<p>Vegetativ ko&#8217;payish &#8211; vegetativ organlar yoki ularning bir qismidan yangi organizm paydo bo&#8217;lishi; ko&#8217;p hujayralilar uchun xos. Vegetativ ko&#8217;payishda ham bir hujayralilarning jinsiy ko&#8217;payishi singari klonlar \u2014 genetik jihatdan bir xiddagi individlar guruhi vujudga keladi. 1. O&#8217;simliklarda Vegetativ ko&#8217;payish tallom ixtisoslashmagan qismining ajralishi (ko&#8217;pchilik suv o&#8217;tlari va yuksak zamburug&#8217;lar) yoki tallomdan ixtisoslashgan qismlar ajralishi (xarasimon suv o&#8217;tlarida tuganaklar, sfatsellyariya suv o&#8217;tida bachki kurtaklar, lishayniklarda sorediyalar va izidiyalar, zamburug&#8217;larda sporalar) orqali ko&#8217;payishdir. Yuksak o&#8217;simliklarda Vegetativ ko&#8217;payish regeneratsiya qobiliyatidan, moxsimonlarda esa ona organizmning bir necha bo&#8217;lakka bo&#8217;linishidan iborat. Plaunlar, ochiq urug&#8217;li yoki gulli o&#8217;simliklarda Vegetativ ko&#8217;payish yer ustki o&#8217;rmalovchi yoki yotib o&#8217;suvchi poya qismining bir bo&#8217;lagi hisobiga amalga oshadi. Ixtisoslashgan Vegetativ ko&#8217;payish rivojlanayottan yosh organizmlar va ularning boshlang&#8217;ichi (tushib ketadigan kurtaklar, barg yoki ildizdagi qo&#8217;shimcha kurtaklar), novdadan hosil bo&#8217;ladigan ixtisoslashgan qismlar (tuganak, piyozboshi, bachki ildizlar) orqali sodir bo&#8217;ladi. Vegetativ ko&#8217;payish har yili yoki ikki yilda bir marta, ko&#8217;p yillik o&#8217;simliklarda esa bir necha yilda bir marta ro&#8217;y beradi. Vegetativ ko&#8217;payish vegetativ organ hujayralarining ko&#8217;payib ketishi va paydo bo&#8217;ladigan yangi individlarning yangi maydonni egallashidan iborat. Vegetativ ko&#8217;payish xiliga qarab hosil bo&#8217;ladigan har xil tipdagi klonlardan o&#8217;simliklar selektsiyasida foydalaniladi. 2. Hayvonlarda Vegetativ ko&#8217;payish bo&#8217;linish (tana bir qismining ajralib chiqib yangi organizm hosil qilishi) yoki kurtaklanish orqali sodir bo&#8217;ladi. Ko&#8217;p hujayralilar orasida Vegetativ ko&#8217;payish govaktanlilar, bo&#8217;shliqichlilar, yassi chuvalchanglar, mshankalar va ayrim halqali chuvalchanglarda; xordalilar orasida qobiqlilarda uchraydi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Vegetativ ko&#8217;payish &#8211; vegetativ organlar yoki ularning bir qismidan yangi organizm paydo bo&#8217;lishi; ko&#8217;p hujayralilar uchun xos. Vegetativ ko&#8217;payishda ham bir hujayralilarning jinsiy ko&#8217;payishi singari klonlar \u2014 genetik jihatdan bir &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/vegetativ-kopayish-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[207],"tags":[],"class_list":["post-101152","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-v-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/101152","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=101152"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/101152\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":101160,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/101152\/revisions\/101160"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=101152"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=101152"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=101152"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}