{"id":10153,"date":"2021-11-13T10:26:39","date_gmt":"2021-11-13T07:26:39","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=10153"},"modified":"2021-11-13T10:26:42","modified_gmt":"2021-11-13T07:26:42","slug":"ariza","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ariza\/","title":{"rendered":"ARIZA"},"content":{"rendered":"\n<p>ARIZA \u2014 1) muayyan muassasa yoki mansabdor shaxs nomiga biror iltimos mazmunida yoziladigan rasmiy hujjat, eng ko&#8217;p tarqalgan ish qog&#8217;ozi. Masalan, bog&#8217;cha mudirasi, maktab direktori, oliy o&#8217;quv yurti rektori, davlat yoki xususiy korxona yoxud nodavlat tashkiloti yoki jamiyat va hokazolar rahbari nomiga ishga, o&#8217;qishga kirish va ulardan bo&#8217;shatish, ish yoki uy-joy sharoitini yaxshilash, nafaqa belgilash, moddiy yordam ko&#8217;rsatish, ta&#8217;til berish, jamoat yoki aktsiyadorlik jamiyatlariga a&#8217;zo bo&#8217;lib kirish va hokazo mavzulardagi Arizalar; 2) huquqda (arz) \u2014 davlat organi, sud, korxona, muassasa, tashkilotga, jamoat birlashmasi va fuqarolarning o&#8217;z-o&#8217;zini boshqarish organlariga bironbir masala bo&#8217;yicha yakka tartibda yoki jamoa bo&#8217;lib og&#8217;zaki yoxud yozma ravishda qilingan shikoyat. O&#8217;zbekiston Respublikasining &#8220;Fuqarolarning murojaatlari to&#8217;g&#8217;risida&#8221; Qonunida (1994 yil 6 may) Ariza ham jismoniy, ham yuridik shaxslar tomonidan berilishi mumkinligi ko&#8217;rsatilgan. Qonun talabiga ko&#8217;ra, Arizalarni ko&#8217;rib chiqish o&#8217;z vakolatiga kiradigan davlat organlari, jamoat birlashmalari, ularning mansabdor shaxslari, mulkchilik shaklidan qat&#8217;i nazar korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning rahbarlari hamda boshqa mansabdor shaxslari Arizalarni har tomonlama, xolisona va o&#8217;z vaqtida ko&#8217;rib chiqishlari; qonunga asoslangan qarorlar qabul qilishlari va ular ijrosini ta&#8217;minlashlari; Arizalarni ko&#8217;rib chiqish natijalari to&#8217;g&#8217;risida fuqarolarga ma&#8217;lum qilishlari shart. Arizada bayon etilgan talablarni qondirishning rad etilishi, sabablari ko&#8217;rsatilgan holda yozma tarzda fuqaroga ma&#8217;lum qilinishi lozim. Arizasi bo&#8217;yicha qabul qilingan qaror ustidan fuqarolar ushbu Qonunning 8-moddasida nazarda tutilgan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega. Fuqarolarning Arizalari davlat organiga, jamoat birlashmasiga, korxona, muassasa va tashkilotga tushgan kundan e&#8217;tiboran bir oygacha muddat ichida, qo&#8217;shimcha o&#8217;rganishni va tekshirishni talab qilmaydigan masalalar esa 15 kundan kechiktirmay hal qilinishi shart. Arizani hal etish uchun maxsus tekshiruvlar o&#8217;tkazish, qo&#8217;shimcha materiallarni so&#8217;rab olish yoki boshqa chora-tadbirlar ko&#8217;rish zarur bo&#8217;lsa, tegishli organ, korxona, muassasa, tashkilot rahbarining o&#8217;rinbosari Arizani hal etish muddatini, istisno tariqasida, uzaytirishi mumkin, biroq bu muhlat bir oydan, Arizani ko&#8217;rib chiqish umumiy muddati 2 oydan oshmasligi, bu haqda Ariza bergan shaxsga ma&#8217;lum qilinishi shart. Arizada fuqaroning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi to&#8217;g&#8217;risidagi ma&#8217;lumotlar ko&#8217;rsatilgan va Arizaning mohiyati bayon etilgan bo&#8217;lishi lozim. Agar ushbu ma&#8217;lumotlar Arizada ko&#8217;rsatilmagan bo&#8217;lsa, unday Ariza anonim xat hisoblanadi va ko&#8217;rib chiqilmaydi. Jinoyat haqidagi imzosiz, qalbaki imzoli yoki uydirma shaxs nomidan yozilgan Ariza anonim hujjat hisoblanib, jinoyat ishini qo&#8217;zg&#8217;atishga sabab bo&#8217;la olmaydi. Ariza arz qiluvchi shaxs tomonidan imzolanishi lozim (O&#8217;zR JPK 322 \u2014 323-modda). Og&#8217;zaki Ariza ni qabul qilgan mansabdor shaxs tomonidan bu haqda bayonnoma tuziladi, unda arz qiluvchi, uning yashash va ishlash joyi, shaxsiy hujjatlari to&#8217;g&#8217;risidagi ma&#8217;lumotlar aks ettirilishi, arz qiluvchi hujjat ko&#8217;rsata olmasa, uning shaxsi to&#8217;g&#8217;risidagi ma&#8217;lumotlarni boshqa yo&#8217;llar bilan tekshirish chorasi ko&#8217;rilishi kerak. Fuqarolarning murojaatlari to&#8217;g&#8217;risidagi qonun talablarini buzganlik uchun O&#8217;zR MJK 43-moddasiga asosan ma&#8217;muriy javobgarlik ko&#8217;zda tutilgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ARIZA \u2014 1) muayyan muassasa yoki mansabdor shaxs nomiga biror iltimos mazmunida yoziladigan rasmiy hujjat, eng ko&#8217;p tarqalgan ish qog&#8217;ozi. Masalan, bog&#8217;cha mudirasi, maktab direktori, oliy o&#8217;quv yurti rektori, davlat &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ariza\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[107],"tags":[],"class_list":["post-10153","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/10153","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=10153"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/10153\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":10158,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/10153\/revisions\/10158"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=10153"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=10153"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=10153"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}