{"id":101875,"date":"2023-08-27T14:19:15","date_gmt":"2023-08-27T11:19:15","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=101875"},"modified":"2023-08-27T14:19:16","modified_gmt":"2023-08-27T11:19:16","slug":"vaqt-milliy-depozitariysi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/vaqt-milliy-depozitariysi\/","title":{"rendered":"&#8220;Vaqt&#8221; milliy depozitariysi"},"content":{"rendered":"\n<p>&#8220;Vaqt&#8221; milliy depozitariysi \u2014 qimmatli qog&#8217;ozlarni hisobga olish, saqlash va muomala harakatlarini qayd etish, mijozlarning qimmatli qog&#8217;ozlarga egalik huquqini hisobga olish bilan shug&#8217;ullanadigan muassasa. &#8220;Vaqt&#8221; milliy depozitariysi O&#8217;zbekistan Respublikasi fond bozorlaridagi qimmatli qog&#8217;ozlar (aktsiya, veksel va boshqalar) muomalalarida ularning harakati, saqlanishi va hisobi bilan birga aktsiyadorlik jamiyatlari, xususiylashtirish investitsiya fondlari, brokerlik idoralari va boshqalarga depozitariy xizmatlari ko&#8217;rsatadi. Mazkur depozitariy O&#8217;zbekiston Respublikasida ochiq turdagi aktsiyadorlik jamiyati. O&#8217;rta Osiyodagi eng yirik depozitariy. Bosh idorasi Toshkent shahrida joylashgan. 1994 yil 8 iyunda tashkil etilgan. Viloyatlarda 12 filiali ishlaydi. O&#8217;zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo&#8217;mitasining vakolatli depozitariysi hisoblanadi. Mijozlarga 70 dan ortiq turli depozitariy xizmatlari ko&#8217;rsatadi va respublikada mavjud bo&#8217;lgan boshqa 6 mustaqil depozitariy ishini muvofiqlashtiradi. &#8220;Vaqt&#8221; milliy depozitariysi O&#8217;zbekistan hududidagi depozitariylar faoliyatini muvofiqlashtirish, xorijiy depozitariylar bilan muxbirlik aloqalarini o&#8217;rnatish va hamkorlikda ish yuritish, qimmatli qog&#8217;ozlar bozori qatnashchilarini ma&#8217;lumotlar bilan ta&#8217;minlash; milliy va xorijiy qimmatli qog&#8217;ozlar (aktsiya, veksel, obligasiya, sertifikat va boshqalar)ni joylashtirish, saqlash, hisobga olish, ularni O&#8217;zbekiston fond bozoridagi harakatini tartibga solish (qimmatli qog&#8217;ozlar soxtalashtirilishi oldini olish, ta&#8217;minlanmagan va qayd etilmagan aktsiyalarning bozorga chiqmasligini 100% kafolat bilan nazorat etib borish), shuningdek mulk egalarining o&#8217;z ixtiyoridagi qimmatli qog&#8217;ozlarni sotish, sovg&#8217;a qilish, garovga berish, meros qoldirish va sh.k.ni hisobga olish va boshqa vazifalarni bajaradi. Depozitariy xalq xo&#8217;jaligining barcha tarmoqlaridagi 4,8 ming aktsiyadorlik jamiyatlariga qimmatli qog&#8217;ozlar bo&#8217;yicha, shuningdek 246 brokerlik idoralari, 13 reestr kompaniyalari va boshqa 80 dan ortiq xususiylashtirish investitsiya fondlariga depozitariy xizmatlari ko&#8217;rsatadi. O&#8217;zbekiston xududida chiqarilgan aktsiyalarning 66% milliy depozitariyda, 32% uning filiallarida saqlanadi va harakati nazorat qilinadi (1990-yillar oxirlari). O&#8217;zbekistonda mavjud 19 depozitariylarda (Toshkent shahridagi bosh idora va 12 hududiy filiallar, shuningdek 6 mustaqil depozitariy) jami 818 ming depo hisob varaqalari ochilgan. Mahmud Kosimov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>&#8220;Vaqt&#8221; milliy depozitariysi \u2014 qimmatli qog&#8217;ozlarni hisobga olish, saqlash va muomala harakatlarini qayd etish, mijozlarning qimmatli qog&#8217;ozlarga egalik huquqini hisobga olish bilan shug&#8217;ullanadigan muassasa. &#8220;Vaqt&#8221; milliy depozitariysi O&#8217;zbekistan Respublikasi fond &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/vaqt-milliy-depozitariysi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[207],"tags":[],"class_list":["post-101875","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-v-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/101875","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=101875"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/101875\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":101876,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/101875\/revisions\/101876"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=101875"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=101875"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=101875"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}