{"id":101970,"date":"2023-08-27T18:10:58","date_gmt":"2023-08-27T15:10:58","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=101970"},"modified":"2023-08-27T18:10:59","modified_gmt":"2023-08-27T15:10:59","slug":"xusrav-dehlaviy","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/xusrav-dehlaviy\/","title":{"rendered":"Xusrav Dehlaviy"},"content":{"rendered":"\n<p>Xusrav Dehlaviy (taxallusi; to&#8217;la nomi Yaminiddin Abdulhasan) (1253, Patyoli \u2014 1325.27.9 dexdi) \u2014 fors-tojik shoiri, adabiyotshunos, bastakor. Xusrav Dehlaviyning otasi Sayfuddin Maxmud Kesh (Shahrisabz)lik bo&#8217;lib, mo&#8217;g&#8217;ullar istilosi vaqtida turkiy sulolalar hukmronlik qilayotgan Hindistonga ko&#8217;chgan. Dehli sultoni Shamsuddin Eltutmish (1211\u2014 36) unga amirlik unvonini bergan. Sayfuddin Maxmud mo&#8217;g&#8217;ullarga qarshi jangda halok bo&#8217;lgach (1261), yosh Xusrav Dehlaviyni bobosi Imodulmulk o&#8217;z tarbiyasiga olgan. Uning shaxs va shoir sifatida shakllanishida onasi Davlatnozbegimning ham xizmati katta. Xushxat bo&#8217;lgani uchun xat- tot qilish maqsadida otasi uni dastlab Qozi Sa&#8217;duddin Muhammad ixtiyoriga bergan. Lekin bolaning she&#8217;r yozishga mayli kuchli ekanini ko&#8217;rgan ustozi va bobosi uni shoir Hoja Aziziddin tarbiyasiga topshirganlar. Yoshligidan alohida qobiliyati bilan ajralib turgan Xusrav Dehlaviy o&#8217;sha zamonning asosiy fanlari bo&#8217;yicha keng va chuqur bilim olib, turk, fors, Arab va hind tillarini mukammal o&#8217;zlashtirgan. Shoir, olim, bastakor sifatida tanilgan Xusrav Dehlaviy saroy xizmatiga jalb qilingan. Uch sulolaga mansub 7 Sulton saroyida xizmatda bo&#8217;lgan Xusrav Dehlaviy o&#8217;sha davr an&#8217;analariga ko&#8217;ra, o&#8217;z asarlarini ana shu sultonlarga bag&#8217;ishlagan. Xusrav Dehlaviy umrining oxirida saroy xizmatini tark etib, Chishtiya tariqatining mashhur shayxi Nizomiddin avliyoga murid tushgan, tariqat bosqichlarini bosib o&#8217;tib, Valiulloh maqomiga erishgan. Shohona Xusrav ismidan voz kechib, faqirona Muhammad Kosales nomini olgan. Navoiy &#8220;Nasoyim ul-muhabbat&#8221; tazkirasida uni avliyolar qatorida zikr etgan. Xusrav Dehlaviy Dehlida Nizomiddin Avliyoning oyoq tomoniga dafn etilgan. Ilk asarlarini &#8220;Sultoniy&#8221; taxallusida yozgan. Dexlida yashagani uchun keyin Dehlaviy taxallusini olgan. U Sharq adabiyotining deyarli barcha janrlarida ijod qilib, forsiy she&#8217;riyatni yangi taraqqiyot bosqichiga olib chiqqan. U nafaqat she&#8217;riy, balki nasriy asarlar ham yozgan. O&#8217;zining aytishicha, merosi 500 ming baytga yaqin bo&#8217;lgan. Jomiy uning 99 ta kitob yozganini aytadi, ba&#8217;zi tazkiranavislar shoirni 199 kitob muallifi deb yozadilar. Badiuzzamon Xurosoniyning yozishicha, &#8220;shoirlardan hech biri o&#8217;zidan keyin Amir Xusravchalik ko&#8217;p she&#8217;r qoldirmagan. U forsiydan tashqari, urdu, hind va Arab tillarida ham asarlar yozgan&#8221;. Hayoti davomida yozgan she&#8217;riy merosini umr fasllariga moslab, 5 devon tartib bergan shoir Sharq adabiyotida devon tuzish an&#8217;anasini boshlab bergan. Keyinchalik Jomiy va Navoiy ushbu an&#8217;anani davom ettirib, devonlarini shu tartibda tuzganlar. Bu devonlar &#8220;Tuhfat ussig&#8217;ar&#8221; (&#8220;Yoshlik tuhfasi&#8221;, 1272), &#8220;Vasat ulhayot&#8221; (&#8220;umr o&#8217;rtasi&#8221;, 1284), &#8220;G&#8217;urrat ulkamol&#8221; (&#8220;Kamolot ibtidosi&#8221;, 1293), &#8220;Baqiyai naqiya&#8221; (&#8220;Saralarning sarasi&#8221;, 1316), &#8220;nihoyat ulkamol&#8221; (&#8220;Kamolot nihoyasi&#8221; 1325) deb atalib, umumiy hajmi 32645 bayt. Shoirning 2000 dan ortiq g&#8217;azal, 300 atrofidagi qasida, 20 ga yaqin masnaviy, 1200 dan ziyod ruboiy, 500 tacha qit&#8217;a va b.oshqajanrlardagi asarlari ushbu devonlardan o&#8217;rin olgan. Nizomiy Ganjaviy &#8220;Xamsa&#8221;siga javob yozish bilan xamsanavislik an&#8217;anasini boshlab bergan. Uning 1299-1302 yillarda yozilib, Alouddin Xiljiyga bag&#8217;ishlangan &#8220;Xamsa&#8221;si quyidagi dostonlarni o&#8217;z ichiga oladi: &#8220;matla&#8217;ul Anvor&#8221; (&#8220;nurlarning chiqish joyi&#8221;), &#8220;Shirin va Xusrav&#8221;, &#8220;Majnun va Layli&#8221;, &#8220;Oinai Iskandariy&#8221; (&#8220;Iskandar oyinasi&#8221;), &#8220;Hasht bihisht&#8221; (&#8220;sakkiz jannat&#8221;). U Nizomiy dostonlarining shakli va syujeti, obrazlar silsilasini saqlagan holda, ularni o&#8217;ziga xos talqin etgan va yangi mazmun bilan boyitgan. Nizomiy dostonlari shoir dunyoqarashining kengligi va bilimining teranligini namoyish etsa, Xusrav Dehlaviy &#8220;Xamsa&#8221;si ruhiyat teranligi va qalb boyligiga ega. Xusrav Dehlaviy &#8220;Xamsa&#8221;si o&#8217;zidan keyingi shoirlarga kuchli ta&#8217;sir ko&#8217;rsatgan. Bundan tashqari, u &#8220;qiron ussa&#8217;dayn&#8221; (&#8220;Ikki saodatli sayyoraning uchrashuvi&#8221;, 1289), &#8220;Miftoh ulfutuh&#8221; (&#8220;g&#8217;alabalar kaliti&#8221;, 1291), &#8220;Duvalroniy va Xizrxon&#8221; (1316), &#8220;No&#8217;x sipehr&#8221; (&#8220;to&#8217;qqiz falak&#8221;, 1318), &#8220;To&#8217;g&#8217;luqnoma&#8221; dostonlarini ham yozgan. 5 risoladan iborat &#8220;e&#8217;jozi Xusraviy&#8221; (&#8220;Xusrav mo&#8217;jizasi&#8221;, 1319) nasriy asari esa adabiyot nazariyasi masalalaridan bahs etadi. Uning &#8220;Manoqibi Hind&#8221; (&#8220;Hind Manoqibi&#8221;) va &#8220;tarixi Dehli&#8221; (&#8220;Dehli tarixi&#8221;) kabi tarixiy asarlar yozganligi haqida ma&#8217;lumotlar bo&#8217;lsada, ular hozircha topilgan emas. Musiqaga bag&#8217;ishlab yozgan risolasi ham bizgacha yetib kelmagan. Ko&#8217;plab kuylarni unga nisbat beradilar. Xusrav Dehlaviy o&#8217;z asarlarida barcha zamonlar uchun muhim bo&#8217;lgan ko&#8217;plab ijtimoiy-axloqiy masalalarni badiiy talqin qilgan. Odil podsho orzusi, davlat mustahkamligi va mamlakat farovonligi, raiyat tinchligi, ma&#8217;rifat tantanasi, komil inson muammosi kabi g&#8217;oyalar shoir asarlarining asosiy mazmun-mohiyatini tashkil etadi. Badiiy so&#8217;zning qudratini namoyon qilgan asarlari ijod ahli uchun mahorat maktabi hisoblanadi. Xusrav Dehlaviy rang-barang mavzu va janrlardagi badiiy yuksak asarlari bilan Hindistondagi forsiyzabon adabiyotning tamal toshini qo&#8217;ygan. Uning ijodi tufayli Xuroson va Movarounnaxr so&#8217;z san&#8217;atida mavjud bo&#8217;lgan barcha janrlar Hindiston adabiyotiga kirib borgan. Shoir asarlarining umuminsoniy ahamiyati hisobga olinib, YUNESKO qaroriga muvofiq, 1973 yil Xusrav Dehlaviyning 700 yilligi xalqaro miqyosda nishonlangan. Shoir asarlari o&#8217;zbek xalqi orasida ham keng tarqalgan, xususan, &#8220;Xamsa&#8221;si va devonlari qo&#8217;lyozmasi ko&#8217;plab ko&#8217;chirilgan. Navoiy o&#8217;z &#8220;Xamsa&#8221;sini yaratishda Nizomiy bilan bir qatorda, Xusrav Dehlaviydan ham kuchli ta&#8217;sirlangan, har bir dostoni muqaddimasida uni ustozlari qatorida ehtirom bilan tilga olib, ijodiga yuksak baho bergan. Falsafiy-tasavvufiy mavzudagi &#8220;Daryoi Abror&#8221; (&#8220;Pok kishilar daryosi&#8221;) qasidasiga javoban &#8220;Tuhfat ulafkor&#8221; (&#8220;tafakkur tuhfasi&#8221;) qasidasini yaratgan. Ogahiy &#8220;Hasht bihisht&#8221; dostonini nasrga o&#8217;girgan. Keyingi davrda shoir asarlarini Vasfiy, Chustiy, Sh. Shomuhamedov, J. Kamol, N. Muhammad, J. Suvonqulov tarjima qilgan. Shoir asarlaridan namunalar o&#8217;zbek tilida bir necha marta chop etilgan. As: Hikmatlar, T., 1973; injular ummoni, T., 1988; 333 ruboiy, T., 1991. Ad.: Jomiy A., Bahoriston, T&#8221; 1997; Samarqandiy D., Shoirlar bo&#8217;stoni, T., 1981;Homidiy H., Ko&#8217;hna Sharq darg&#8217;alari, T., 1999. Ergash Ochilov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Xusrav Dehlaviy (taxallusi; to&#8217;la nomi Yaminiddin Abdulhasan) (1253, Patyoli \u2014 1325.27.9 dexdi) \u2014 fors-tojik shoiri, adabiyotshunos, bastakor. Xusrav Dehlaviyning otasi Sayfuddin Maxmud Kesh (Shahrisabz)lik bo&#8217;lib, mo&#8217;g&#8217;ullar istilosi vaqtida turkiy sulolalar &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/xusrav-dehlaviy\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[209],"tags":[],"class_list":["post-101970","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-x-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/101970","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=101970"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/101970\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":101973,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/101970\/revisions\/101973"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=101970"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=101970"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=101970"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}