{"id":101971,"date":"2023-08-27T18:32:14","date_gmt":"2023-08-27T15:32:14","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=101971"},"modified":"2023-08-27T18:32:15","modified_gmt":"2023-08-27T15:32:15","slug":"xususiy-sektor-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/xususiy-sektor-2\/","title":{"rendered":"Xususiy sektor"},"content":{"rendered":"\n<p>Xususiy sektor &#8211; iqtisodiyotning xususiy mulkchilik va xo&#8217;jalik yuritishning erkin bozor usullariga, iktisodiy alohidalashuviga asoslangan sohasi. Bozor iqtisodiyoti davlat va nodavlat sektorlaridan iborat. O&#8217;z navbatida, nodavlat sektori Xususiy va jamoa sektorlariga bo&#8217;linadi. Xususiy sektor nodavlat sektorining bosh bo&#8217;g&#8217;ini. Xususiy sektordagi moddiy va moliyaviy resurslar, yaratilgan mahsulot va xizmatlar xususiy mulk hisoblanadi. Bu sektor xususiy korxonalar, firmalar, moliya kompaniyalari, xo&#8217;jaliklar, banklar, jamg&#8217;armalardan iborat va iqtisodiyotning hamma tarmoqlarida amal qiladi. Xususiy sektor tarixan an&#8217;anaviy tizim davrida ibtidoiy jamoaviy xo&#8217;jaliklar vayronalarida yuzaga kelgan. Mehnat unumdorligi o&#8217;sib, jamoadan ajralgan holda yakka tarzda mehnat kilib tirikchilik o&#8217;tkazish imkoni paydo bo&#8217;lishi bilan xususiy xo&#8217;jaliklar yuzaga keladi. Ular ko&#8217;payib ketgach, Xususiy sektor paydo bo&#8217;ladi. Chunki Xususiy sektor ayrim xo&#8217;jalik emas, balki xo&#8217;jaliklar majmui xisoblanadi. Xususiy sektor bir necha ming yillar davomida saqlanib qolgan jamoaviy sektor bilan yonmayon rivojlandi. Biroq davlat paydo bulishi bilan davlat sektori yuzaga keldi. Shu davrdan e&#8217;tiboran iktisodiyotning sektorlarga aniq ajralishi yuz berdi. An&#8217;anaviy tizim bosqichida Xususiy sektor natural-iste&#8217;molchi iqtisodiyotga xizmat qilgan, u o&#8217;zini o&#8217;zi ta&#8217;minlashi uchun mahsulotlar yaratgan, unda barter aloqalari bo&#8217;lgan, onda-sonda tovarpul aloqalari uchrab turgan. Bozor iqtisodiyotiga o&#8217;tilishi munosabati bilan Xususiy sektor tovar ishlab chiqaruvchi korxona va xo&#8217;jaliklar majmuasiga aylandi. Bu sektor bozor qonunqoidalariga binoan rivojlanadi, pul munosabatlari iqtisodiy aloqalarning asosini tashkil etadi, iqtisodiy faoliyat foyda topishga qaratiladi, u erkin yollanma mehnatni qo&#8217;llashga asoslanadi, mehnatdan iqtisodiy manfaatdorlik paydo bo&#8217;lib, iqtisodiy stimullar kuchga kiradi. Natijada Xususiy sektor jadal o\u2019sadi. 19-asr o&#8217;rtalaridan industrial mamlakatlarda Xususiy sektor bozor tizimining bosh bo&#8217;g&#8217;ini sifatida rivojlanib keldi. 21-asr boshlariga kelib Xususiy sektor tartibli rivojlana boshladi. Bu yerdagi iqtisodiy faoliyat o&#8217;zining ijtimoiyligi, ya&#8217;ni jamiyat farovonlikni ta&#8217;minlashga qaratilishi bilan ajralib turadi, uning tartiblanib turishida bozor kuchlari bilan birgalikda davlat xam qatnashadi. 20-asr oxiri \u2014 21-asr boshlariga kelib sobiq sotsialistik mamlakatlarning rejali tizimdan bozor iqtisodiyotiga o&#8217;tishi bilan jahondagi 25 mamlakatda (bular jumlasiga O&#8217;zbekiston ham kiradi) ko&#8217;p sektorli iktisodiyot paydo bo&#8217;ldi, uning tarkibida ilgari davlat sektorini tashkil etgan korxonalarni xususiy korxonalarga aylantirish; korxonalarni aktsiyadorlik jamiyatlariga aylantirish, yangi xususiy korxonalar ochish; tomorqa xo&#8217;jaligini xususiy dehqon xo&#8217;jaligiga aylantirish; sobiq jamoa xo&#8217;jaliklari (kolxoz)lar asosida fermer xo&#8217;jaliklarini tashkil etish va boshqa yo&#8217;llar bilan davlatning faol ishtirokida, uning rahbarligida o&#8217;tkazilgan bozor islohotlari jarayonida Xususiy sektor ko&#8217;lami kengaydi. Xususiy sektorning iqtisodiyotdagi o&#8217;rni 3 ko&#8217;rsatkich bilan baholanadi: 1) asosiy kapitaldagi hissa; 2) ishlovchilar sonidagi hissa; 3) yalpi ichki mahsulot (YAIM)dagi hissa. Bular orasida Xususiy sektorning YaIMdagi hissasi asosiy, unga qarab Xususiy sektorning iqtisodiyotdagi mavqei aniqlanadi. O&#8217;zbekistonda Xususiy sektor xususiy korxonalar, asosan, kichik va o&#8217;rta biznes korxonalar idan, yakka tadbirkorlardan, fermer va dehqon xo&#8217;jaliklari va xususiy banklardan iborat. 2003 yilda O&#8217;zbekistonda 92,4 ming xususiy korxona, 87,6 ming fermer xo&#8217;jaligi va 97,2 ming yakka tartibda tadbirkorlik kiluvchilar faoliyat ko&#8217;rsatdi. O&#8217;zbekiston iqtisodiyotida Xususiy sektorning YaIMdagi hissasi 2003 yilda 74,5% ni tashkil etdi, 2148,1 ming gektar yerga ega bo&#8217;lgan fermer xo&#8217;jaliklarida 603 ming kishi band bo&#8217;ldi. O&#8217;zbekiston milliy iqtisodiyotining turli sohalarida Xususiy sektor har xil mavqega ega. Uning rivojlanish darajasi bo&#8217;yicha savdosotiq va yo&#8217;lovchi transporti, qurilish va qishloq xo\u2019jaligi oldingi o&#8217;rinlarda bo&#8217;lsa, sanoat, yuk transporti, havo transporti, aloqa va bank sohasi keyingi o&#8217;rinlarda turadi. Ahmadjon O&#8217;lmasov, Farrux Vahobov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Xususiy sektor &#8211; iqtisodiyotning xususiy mulkchilik va xo&#8217;jalik yuritishning erkin bozor usullariga, iktisodiy alohidalashuviga asoslangan sohasi. Bozor iqtisodiyoti davlat va nodavlat sektorlaridan iborat. O&#8217;z navbatida, nodavlat sektori Xususiy va jamoa &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/xususiy-sektor-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[209],"tags":[],"class_list":["post-101971","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-x-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/101971","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=101971"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/101971\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":101982,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/101971\/revisions\/101982"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=101971"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=101971"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=101971"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}