{"id":101988,"date":"2023-08-27T18:36:00","date_gmt":"2023-08-27T15:36:00","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=101988"},"modified":"2023-08-27T18:36:02","modified_gmt":"2023-08-27T15:36:02","slug":"xudoyberdiyeva-halima","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/xudoyberdiyeva-halima\/","title":{"rendered":"Xudoyberdiyeva Halima"},"content":{"rendered":"\n<p>Xudoyberdiyeva Halima (1947.17.5, Boyovut tumani) \u2014 O&#8217;zbekiston xalq shoirasi (1992). Toshkent universitetining jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). &#8220;Saodat&#8221; jurnalida adabiy xodim, bo&#8217;lim mudiri, (1972-75), bosh muharrir o&#8217;rinbosari va bosh muharrir (1982-94), Yoshlar nashriyotida bo&#8217;lim mudiri (1978- 82). O&#8217;zbekiston xotin-qizlar qo&#8217;mitasi raisi (1990-94), &#8220;yozuvchi&#8221; nashriyotida yetakchi muharrir (1996-98), &#8220;sanam&#8221; jurnalida bosh muharrir o&#8217;rinbosari (1998-2003). 2004 yildan &#8220;XXI asr&#8221; gazetasida bo&#8217;lim muharriri. Xudoyberdiyevaning ilk she&#8217;rlari o&#8217;quvchilik yillarida Yangiyer tuman gazetsida bosilgan (1964). Shundan keyin uning &#8220;ilk muhabbat&#8221; (1968), &#8220;oq olmalar&#8221; (1973), &#8220;Chaman&#8221; (1974), &#8220;suyanch tog&#8217;larim&#8221; (1976), &#8220;bobo quyosh&#8221; (1977), &#8220;Issiqqor&#8221; (1979), &#8220;Sadoqat&#8221; (1983), &#8220;Muqaddas ayol&#8221; (1987), &#8220;bu kunlarga yetganlar bor&#8221;, &#8220;Hurlik o&#8217;ti&#8221; (1993), &#8220;To&#8217;marisning aytgani&#8221; (1996) &#8220;Yo&#8217;ldadirman&#8221; (2005) va boshqa she&#8217;riy kitoblari nashr etilgan. Xudoyberdiyeva o&#8217;zbek she&#8217;riyatiga samimiy insoniy tuyg&#8217;u va fazilatlar \u2014 sevgi va sadoqat, mexr va muruvvatni tarannum etuvchi shoira, o&#8217;zbek xotin-qizlari orzu va armonlarining kuychisi sifatida kirib keldi. U dastlabki she&#8217;riy to&#8217;plamlaridan boshlab o&#8217;z ijodida ayol va ona obrazlarining sehrli qirralarini ochishga, ularning nafaqat jamiyatning to&#8217;laqonli va faol a&#8217;zolari, balki shu jamiyatning kurki va bezagi ekanligini uqtirishga intildi. Uning tasviridagi ayol har qanday xalq va mamlakatning kelajagi \u2014 sog&#8217;lom va barkamol yoshlarni yetkazib beruvchi mo&#8221;jizaviy kuchdir. Xudoyberdiyeva ayni shu nuqtai nazardan o&#8217;zbek ayollarining o&#8217;yxayollarini, ichki kechinmalarini yorqin tasvirlaydi, zamondoshlarida ayollarga nisbatan xurmat va muhabbat tuyg&#8217;ularini o&#8217;stirishga intiladi. Xudoyberdiyevaning she&#8217;rlari ko&#8217;plab xorijiy tillarga tarjima qilingan. To&#8217;fon Minnullinning &#8220;Alla&#8221; pyesasi Xudoyberdiyevaning avtorlashtirilgan tarjimasida hoz. O&#8217;zbek milliy akademik drama teatri sahnasida qo&#8217;yilgan. 1-chaqiriq O&#8217;zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati. Hamza nomidagi O&#8217;zbekiston Davlat mukofoti laureati (1990). As: Saylanma [she&#8217;rlar], T., 2000. Ad.: Rahimjonov N., Hamidova M ., Halima Xudoyberdieva lirikasi, T., 2004.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Xudoyberdiyeva Halima (1947.17.5, Boyovut tumani) \u2014 O&#8217;zbekiston xalq shoirasi (1992). Toshkent universitetining jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). &#8220;Saodat&#8221; jurnalida adabiy xodim, bo&#8217;lim mudiri, (1972-75), bosh muharrir o&#8217;rinbosari va bosh muharrir (1982-94), &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/xudoyberdiyeva-halima\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[209],"tags":[],"class_list":["post-101988","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-x-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/101988","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=101988"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/101988\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":101992,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/101988\/revisions\/101992"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=101988"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=101988"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=101988"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}