{"id":101993,"date":"2023-08-27T18:38:59","date_gmt":"2023-08-27T15:38:59","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=101993"},"modified":"2023-08-27T18:39:01","modified_gmt":"2023-08-27T15:39:01","slug":"xudoyorxon-ordasi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/xudoyorxon-ordasi\/","title":{"rendered":"Xudoyorxon o&#8217;rdasi"},"content":{"rendered":"\n<p>Xudoyorxon o&#8217;rdasi &#8211; Qo&#8217;qondagi me&#8217;moriy yodgorlik (19-asr 2-yarmi); Qo&#8217;qon xoni Xudoyorxon qurdirgan. Me&#8217;mor va muhandis Mir Ubaydulla loyihasi va rahbarligida bunyod etilgan; ustalardan Mulla Suyarqul, Solixo&#8217;ja va buxorolik usta Fozilxo&#8217;jalar qatnashgan, koshinlarini rishtonlik kulol usta Abdulla mahorat bilan bajargan. Xudoyorxon o&#8217;rdasi to&#8217;g&#8217;ri to&#8217;rtburchak tarhli (68&#215;143 metr) bo&#8217;lib, sun&#8217;iy tepalikka baland g&#8217;ishtin poydevorli qilib qurilgan: xon qarorgohi, O&#8217;rda ahli yashaydigan hamda turli maqsadlarda foydalaniladigan 100 ga yaqin katta-kichik xonalar, ichki-tashqi hovlilardan iborat bo&#8217;lgan. Birinchi hovlida ayvon, ko&#8217;rinishxona, xazinaxona, alohida saxdli masjid, markazda xon qarorgohi (shohnishin), salomxona, xo&#8217;jalik binolari, ikkinchi hovlini uning sahni bilan bog&#8217;langan Haram va xos xonalar egallagan; haramxonalari bezaklari odmi bo&#8217;lib, asosan, quyma ganch ishlatilgan, haramxonalariga ayvonchaga o&#8217;xshash o&#8217;tish joylari (yo&#8217;laklar) orqali kirilgan. Xudoyorxon o&#8217;rdasining asosiy Sharqiy tomonini tashkil etuvchi peshtoqgumbazli darvozaxona hamda uning ikki qanotida joylashgan xonalargina saqlangan, qolgan qismi buzilib ketgan. Bosh tarzi bir qavatli qilib bunyod etilgan, pishiq g&#8217;ishtdan (26x26x5 santimetr) ganch suvoqda terilgan devorlarga bir g&#8217;isht chuqurligida ravoqlar ishlangan. Peshtoq O&#8217;rda devoridan birmuncha bo&#8217;rttirib oldinga chiqarib qurilgan, baland va hashamatli, peshtoqning ikki yoni va tarzlarining ikki burchaklarida gumbazli mezanalar bilan yakunlangan guldastalar bor. Peshtoqqa uzunligi 40 metr bo&#8217;lgan qiya yo&#8217;lka (pandus) orqali o&#8217;tiladi. Xudoyorxon o&#8217;rdasi bosh tarsi ravoqdari, peshtoq va guldastalaridagi handasiy naqshlar koshinlar, sirkori parchinlardan mahorat bilan yaratilgan. Peshtoq orqali to&#8217;rtburchak tarhli darvozaxonaga o&#8217;tiladi, darvozaxona gumbazi o&#8217;zaro kesishgan ravoqli asos ustiga qo&#8217;yilgan; gumbaz usti, o&#8217;z navbatida, qubbali mezana bilan yakunlangan, undagi panjarali darchalar orqali ichkariga yorug&#8217;lik tushadi. O&#8217;rdaning bosh tarzi, xonalar koshinlar, o&#8217;yma ganchkori naqshlar bilan bezatilgan, shiftlari hovuzakli bo&#8217;lib, ularga gullar solingan, xonalarning tepa qismi sharafalar bilan hoshiyalangan, ayrim xonalarning poliga parket terilgan, ayvonlar sahniga Marmar yotqizilgan, devorlariga ravoqlar ishlanib, naqshlar bilan ziynatlangan. 1938 yil Xudoyorxon o&#8217;rdasida me&#8217;mor Obid Zayniddinov boshchiligida ta&#8217;mirlash loyihasi ishlari olib borildi; ta&#8217;mirlashda usta Q. Xaydarov, naqqosh S.Norqo&#8217;ziyev va boshqa ustalar qatnashdi. 1974 yildagi ilmiy ta&#8217;mirlash va loyihalash ishlari (me&#8217;mori N. Akromxo&#8217;jaev, E. Nurullaev va boshqalar) natijasida saroyning dastlabki holati aniqdandi. 1924 yilda Xudoyorxon o&#8217;rdasida qishloq xo\u2019jalik yutuqlari ko&#8217;rgazmasi ochilgan, 1925 yildan Qo&#8217;qon shahar o&#8217;lkashunoslik muzeyi faoliyat ko&#8217;rsatib kelmoqda.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Xudoyorxon o&#8217;rdasi &#8211; Qo&#8217;qondagi me&#8217;moriy yodgorlik (19-asr 2-yarmi); Qo&#8217;qon xoni Xudoyorxon qurdirgan. Me&#8217;mor va muhandis Mir Ubaydulla loyihasi va rahbarligida bunyod etilgan; ustalardan Mulla Suyarqul, Solixo&#8217;ja va buxorolik usta Fozilxo&#8217;jalar &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/xudoyorxon-ordasi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[209],"tags":[],"class_list":["post-101993","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-x-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/101993","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=101993"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/101993\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":101994,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/101993\/revisions\/101994"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=101993"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=101993"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=101993"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}