{"id":101996,"date":"2023-08-27T19:13:44","date_gmt":"2023-08-27T16:13:44","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=101996"},"modified":"2023-08-27T19:13:46","modified_gmt":"2023-08-27T16:13:46","slug":"xudoyorxon","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/xudoyorxon\/","title":{"rendered":"Xudoyorxon"},"content":{"rendered":"\n<p>Xudoyorxon (1831, Qo&#8217;qon 1884, Karrux, Afg&#8217;oniston) \u2014 Qo&#8217;qon xoni (1845-75 yillar, tanaffuslar bilan). Ming sulolasiga mansub. Sheralixonning o&#8217;g&#8217;li. Qaynotasi Musulmonqul tomonidan taxtga o&#8217;tqazilgan. Ammo yosh bo&#8217;lganligi tufayli amalda davlat ishlarini Musulmonqul boshqarib borgan. Eng muhim lavozimlar qipchoqlar qo&#8217;liga o&#8217;tadi va ular xohlaganicha beboshliklar qila boshlaganlar. Natijada ichki kurash kuchayib, 1853 yil qipchoqlar qirg&#8217;ini boshlangan. Buning oqibatida 20 mingga yaqin qipchoqlar o&#8217;ldirilgan, Musulmonqul esa Qo&#8217;qonda dorga osilgan. Shu yildan Xudoyorxon davlatni mustaqil idora qila boshlagan. Ammo, tajribasizligi tufayli ko&#8217;p xatolarga yo\u2019l qo&#8217;ygan. Bundan foydalangan akasi Mallabek taxt uchun kurashni boshlab yuborib 1858 yil o&#8217;zini Qo&#8217;qon xoni deb e&#8217;lon qilgan. Xudoyorxon Buxoroga qochishga majbur bo&#8217;lgan. 1863 yil Buxoro amiri Muzaffar yordamida Qo&#8217;qon taxtiga qayta o&#8217;tirgan. Ammo Musulmonqulning o&#8217;g&#8217;li mingboshi Alimqul xonzodalardan bo&#8217;lmish yosh Sayd Sultonmurodni xon deb e&#8217;lon qiladi va Xudoyorxonni yana Buxoroga qochishga majbur etgan. Alimqul Amir ulumaro bo&#8217;lib amalda davlat ishlarini yakka o&#8217;zi boshqarib borgan. Qo&#8217;qon xonligidagi ichki kurashlardan foydalangan Rossiya imperiyasi xonlikka tegishli Turkiston, Chimkent (1864 yil) va Toshkentni (1865) bosib olgan. 1865 yil Qo&#8217;qon taxtiga Xudoyqul (&#8220;Belboqchixon&#8221; degan laqabi ham mavjud) o&#8217;tirgan. Ammo u 14 kundan so&#8217;ng xazinani o&#8217;zi bilan olib Qashqarga qochib ketgan. Bundan foydalangan Xudoyorxon yana taxtga chiqqan. Xudoyorxon davrida qishloq xo\u2019jaligiga e&#8217;tibor berilgan, yangi anhor va ariqlar qazilgan. Qo&#8217;qonda 1873 yil xon o&#8217;rdasi bitkazilib nihoyasiga yetkazilgan. Bundan tashqari, Xudoyorxon davrida &#8220;Madrasai Oliy&#8221;, &#8220;Madrasai hokim oyim&#8221;, &#8220;Madrasai Sulton Murodbek&#8221; lar qurilgan. Xudoyorxonning farmoni bilan mahzun (Ziyovuddin Ho&#8217;qandiy) 1696 saxifalik &#8220;Shohnoma&#8221; asarini yozgan (qo&#8217;lyozma Istambulda saqlanmoqda). Xudoyorxon davrida xonlik hududi ancha qisqarib, turli soliqlar o&#8217;ylab chiqilgan. Buning ustiga 1868 yilgi Turkiston general-gubernatori K.P.Kaufman bilan tuzilgan &#8220;teng huquqli&#8221; shartnomaga muvofiq, rus savdogarlariga xonlikning hamma shahar va qishloqlarida bo&#8217;lish va karvonsaroylar qurish, rus tovarlarini xonlik hududi orqali boshqa davlatlarga boj to&#8217;lamasdan bemalol olib o&#8217;tish huquqi berilgan; rus savdogarlari qo&#8217;qonlik savdogarlar bilan bir miqdorda boj to&#8217;laydigan bo&#8217;lgan. Xudoyorxon Turkiya va Buxoro bilan yaxshi aloqada bo&#8217;lishga, Angliya emissarlari bilan uchrashib, ulardan madad olishga intilgan. Ammo, yuzaga kelgan siyosiy vaziyat tufayli u K.P.Kaufman bilan ko&#8217;proq yaqinlashishga majbur bo&#8217;lgan. Taxt uchun kurashlar, o&#8217;zaro urushlar, soliqlarning ko&#8217;payib ketishi aholi turmushini og&#8217;irlashtirgan. Natijada xonlikda tez-tez qo&#8217;zg&#8217;olonlar bo&#8217;lib turgan. Shulardan eng kattasi 1873 yil boshlangan &#8220;Po&#8217;latxon qo&#8217;zg&#8217;oloni&#8221; bo&#8217;lgan. Qo&#8217;zg&#8217;olonni bostirishning ilojini topa olmagan Xudoyorxon, barcha xazinani olib K.P.Kaufmandan harbiy yordam olish uchun Toshkentga qochgan, so&#8217;ngra Orenburgga surgun etilgan. U bu yerdan qochib Makkaga borgan. Keyinchalik, Qo&#8217;qon xonligining qolgan hududlarini ham Rossiya bosib olgandan so&#8217;ng Xudoyorxon K.P.Kaufmanga rasman murojaat qilib siyosiy ishlarga aralashmaslikni va&#8217;da qilib Qo&#8217;qonga qaytishga ruxsat so&#8217;ragan, ammo rad javobini olgan. Xudoyorxon 2-marta murojaat qilgan. Bu ariza Senatda ko&#8217;rib chiqilib Xudoyorxonga Qo&#8217;qonga qaytishga ruxsat berilgan. Ammo bundan xabarsiz Xudoyorxon yashirin holda Qo&#8217;qonga qaytmoqchi bo&#8217;lgan. Yo&#8217;lda vafot etgan. Ad.: Bobobekov H.N., Qo&#8217;qon tarixi, T., 1996; Bababekov X.N., Narodnie DVI- jeniya v Kokandskom xanstve i IX sosi- alnoekonomicheskie predposilki, T., 1990. Haydarbek Bobobekov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Xudoyorxon (1831, Qo&#8217;qon 1884, Karrux, Afg&#8217;oniston) \u2014 Qo&#8217;qon xoni (1845-75 yillar, tanaffuslar bilan). Ming sulolasiga mansub. Sheralixonning o&#8217;g&#8217;li. Qaynotasi Musulmonqul tomonidan taxtga o&#8217;tqazilgan. Ammo yosh bo&#8217;lganligi tufayli amalda davlat ishlarini &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/xudoyorxon\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[209],"tags":[],"class_list":["post-101996","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-x-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/101996","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=101996"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/101996\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":101997,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/101996\/revisions\/101997"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=101996"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=101996"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=101996"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}