{"id":102025,"date":"2023-08-27T19:49:28","date_gmt":"2023-08-27T16:49:28","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=102025"},"modified":"2023-08-27T19:49:30","modified_gmt":"2023-08-27T16:49:30","slug":"xotin-qizlar-kasalliklari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/xotin-qizlar-kasalliklari\/","title":{"rendered":"Xotin-qizlar kasalliklari"},"content":{"rendered":"\n<p>Xotin-qizlar kasalliklari, ayollar kasalliklari, ginekologik kasalliklar \u2014 xotinqizlar organizmining anatomik va fiziologik xususiyatlariga bog&#8217;liq kasalliklar bo&#8217;lib, ginekologiya fani o&#8217;rganadi. Bu kasalliklar jinsiy sistemaga tegishli bo&#8217;lsada, u butun organizmga ta&#8217;sir qiladi. Barcha a&#8217;zo va sistemalar bir-biri bilan uzviy bog&#8217;liqligi tufayli Xotin-qizlar kasalliklariga butun organizmning kassalligi deb qarash lozim; ginekologik kasalliklar o&#8217;z navbatida boshqa a&#8217;zo va sistemalar kasalliklari oqibatida ham yuzaga kelishi mumkin. Bunda turli spesifik va nospesifik infektsiyalar, bolaliqda boshdan o&#8217;tkazgan kasalliklar, endokrin xastaliklar, moddalar almashinuvining buzilishi, hayotiy muhim a&#8217;zolar Patologiyasi asosiy ahamiyatga ega. Xotin-qizlar kasalliklari bir necha guruhlarga bo&#8217;linadi: yallig&#8217;lanish kasalliklari, hayz faoliyatining buzilishi, o&#8217;sma kasalliklari, jinsiy a&#8217;zolar rivojlanishi hamda joylashuvi anamaliyasi va hokazolar. Xotin-qizlarda ko&#8217;proq yallig&#8217;lanish kasalliklari kuzatiladi. Bu ko&#8217;p jihatdan reproduktiv sistema-ning funktsiyasi bilan bog&#8217;liq bo&#8217;lib, hayz, abort va ayniqsa tug&#8217;ruq jarayonida ayol organizmida infektsiya rivojlanishi uchun qulay sharoit vujudga keladi. Bundan tashqari spesifik infektsiyalar, jinsiy yo&#8217;l bilan yuqadigan kasalliklar \u2014 zaxm, so&#8217;zak, trixomonada, so&#8217;nggi yillarda OITS (SPID), xlamidiyalar va viruslar Xotin-qizlar kasalliklarining ko&#8217;payishiga sabab bo&#8217;lmoqda. Ko&#8217;p hollarda Xotin-qizlar kasalliklarini stafilokokk, streptokokk, zamburug&#8217;lar va boshqalar qo&#8217;zg&#8217;atadi. Og&#8217;ir kechuvchi septik holatlarda, asosan, 2 va undan ortiq turdagi mikroorganizmlar kasallik qo&#8217;zg&#8217;atuvchi sifatida ishtirok etadi. Jinsiy a&#8217;zolarning yallig&#8217;lanishi kasalliklariga boshqa a&#8217;zolardagi yallig&#8217;lanish jarayonlari angina, sinusitlar, buyrak kasalliklari va hokazolar ham sabab bo&#8217;lishi mumkin. Yallig&#8217;lanish qaysi a&#8217;zoda rivojlanishiga ko&#8217;ra kolpit (qinda), endometrit (bachadonda), salpingit (bachadon nayida), ooforit (tuxumdonda) va boshqalar farq qilinadi. Bu kasalliklarda gavda haroratining ko&#8217;tarilishi, intoksikasiya, bosh og&#8217;rishi, umumiy ahvolning o&#8217;zgarishi bilan birga mahalliy belgilar \u2014 qorin pastida og&#8217;riq bo&#8217;lishi, og&#8217;riqning o&#8217;ziga xos tarqalishi (irradiasiya), qindan ajralmalar (oqchil) kelishi, ba&#8217;zan hayz funktsiyasining buzilishi kabi alomatlar kuzatiladi. Xotin-qizlar kasalliklarining ko&#8217;pchiligi hayz funktsiyasining buzilishi \u2014 gipermenstrual sindrom (hayz qoni miqdorining ortishi) yoki, aksincha, gipomenstrual sindrom (hayz qonining kamayishi yoki hayzning siyraklashuvi), disfunktsional qon ketishi va boshqalar bilan bog&#8217;liq. Xotin-qizlar kasalliklaridan jinsiy sistemaning xavfli va xavfsiz o&#8217;smalari ko&#8217;p, ular asosan tuxumdon va bachadonda kuzatiladi, boshqa jinsiy a&#8217;zolarda esa kam uchraydi. Jinsiy a&#8217;zolarning o&#8217;sma kasalliklarini onkologiya o&#8217;rganadi. Ginekologik amaliyotda jinsiy sistemaning rakoldi kasalliklarini oldini olish muhim, chunki ular vaqt o&#8217;tishi bilan Rakka aylanishi ham mumkin. O&#8217;smalar ham, rakoldi kasalliklar ham odatda ko&#8217;zga yaqqol tashlanmaydigan belgilarsiz kechadi, shu sababli ayollar yiliga ikki marta akusherganekologga ko&#8217;rinib turishlari lozim. Qiz bolalar va yosh qizchalarda ham jinsiy sistema kasalliklari kuzatiladi. Bu, hayz funktsiyasining buzilishi va jinsiy a&#8217;zolar rivojlanishidagi anomaliyalardir. Bunga, asosan, uning bolaligida boshidan kechirgan turli kasalliklari, noqulay turmush tarzi, hatto u ona qornidaligidayoq onasining biror-bir jiddiy kasallik bilan og&#8217;rigailigi sabab bo&#8217;lishi mumkin. Hayz funktsiyasining buzilishi qizlarda hayzning kech yoki erta boshlanishi, nomuntazamligi, qon ketishi va hokazolar bilan kechadi. Davolash choralari qancha erta boshlansa, shuncha samaraliroq bo&#8217;ladi. Jinsiy sistema a&#8217;zolarining rivojlanishi va joylashuvi anomaliyalari ham katta guruhni tashkil etadi; bular qizlik parda, qin, bachadon bo&#8217;yni sohasidagi bitishmalar, bachadonning ba&#8217;zan ikkita va hokazolar bo&#8217;lishi. Bu anomaliya lar jarrohlik yo&#8217;li bilan davolanadi. Jinsiy a&#8217;zolar joylashuvi anomaliyalari (bachadon, qin devorlarining turli yo&#8217;nalishda pastga siljishi, hatto tushib qolishi) ko&#8217;pincha tug&#8217;ruq asoratlari, ba&#8217;zan chanoq tubining tug&#8217;ma zaifligi, og&#8217;ir jismoniy mehnat oqibatida yuzaga keladi, bu odatda yoshi kattaroq ayollarda kuzatiladi. Bular jarrohlik usulida davolanadi. Homiladorlikning asoratli kechishi bilan bog&#8217;liq ba&#8217;zi patologiyalar (homiladorlikning erta muddatlarida homilaning tushib qolishi, bachadondan tashqari homiladorlik, elbo&#8217;g&#8217;oz), ba&#8217;zi tug&#8217;ruq asoratlari (oqma yaralar, qo&#8217;shni a&#8217;zolar shikastlari) ham ginekologik kasalliklarga kiradi. Xotin-qizlar kasalliklari ichida alohida guruhni neyro endokrin sindromlar tashkil etadi; bu, asosan, gipotalamogipofizar yaatologiyalar bilan bog&#8217;liq. Bular ginekologik hamda endokrinologik yo&#8217;l bilan davolaniladi. Ayollar jinsiy sistemasi kasalliklarining oldini olish va davolashni respublikamizdagi tarkibida ayollar konsultasiyam bo&#8217;lgan tug&#8217;ruq majmui va oilaviy poliklinikalar amalga oshiradi. Toshkentdagi akusherlik va ginekologiya ilmiy tadqiqot instituti, shuningdek, uning viloyatlardagi filiallari homiladorlik va tug&#8217;ruq jarayonlarining asoratsiz kechishi, onalar va bolalar muhofazasini ta&#8217;minlashda akusherlik va ginekologik yordamni ilmiy tashkil etish maqsadida faoliyat ko&#8217;rsatib kelmoqda.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Xotin-qizlar kasalliklari, ayollar kasalliklari, ginekologik kasalliklar \u2014 xotinqizlar organizmining anatomik va fiziologik xususiyatlariga bog&#8217;liq kasalliklar bo&#8217;lib, ginekologiya fani o&#8217;rganadi. Bu kasalliklar jinsiy sistemaga tegishli bo&#8217;lsada, u butun organizmga ta&#8217;sir qiladi. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/xotin-qizlar-kasalliklari\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[209],"tags":[],"class_list":["post-102025","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-x-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/102025","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=102025"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/102025\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":102029,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/102025\/revisions\/102029"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=102025"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=102025"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=102025"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}