{"id":102091,"date":"2023-08-29T08:52:17","date_gmt":"2023-08-29T05:52:17","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=102091"},"modified":"2023-08-29T08:52:21","modified_gmt":"2023-08-29T05:52:21","slug":"xalq-cholgulari-orkestri","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/xalq-cholgulari-orkestri\/","title":{"rendered":"Xalq cholg&#8217;ulari orkestri"},"content":{"rendered":"\n<p>Xalq cholg&#8217;ulari orkestri &#8211; orkestr turi; ko&#8217;p ovozli musiqa asarlarini ijro etish uchun moslashtirib qayta ishlangan milliy sozlardan iborat. Bir turdagi (masalan, faqat torlichertma) cholg&#8217;ulardan va turli (masalan, torli, puflama va urma) cholg&#8217;ular guruhlaridan tashkil topishi mumkin. Turli xalqlarda keng tarqalgan milliy cholg&#8217;u ansambllar tarkibida oiladosh cholg&#8217;ular (masalan, dutorning prima, Alt, bas, kontrabas turlaridan iborat) guruxlarining mavjudligi, garmoniya va polifoniya uslubidagi asarlarning muayyan kuy yo&#8217;llarini ijro etish imkoniyatlari bilan ajralib turadi. O&#8217;zbekistonda birinchi Xalq cholg&#8217;ulari orkestri 1937 yilda N. Mironov tashkil etgan &#8220;nota orkestri&#8221;dir. Mazkur jamoa O&#8217;zbek davlat filarmoniyasining ashula va raqs Katta ansambli (rahbar T. Jalilov) sozandalaridan qaror topdi. Tarkibi an&#8217;anaviy xalq cholg&#8217;ulari, fortepiano, truba, trombondan iborat bo&#8217;lib, repertuaridan qayta ishlangan &#8220;Qarinavo&#8221;, &#8220;Segoh&#8221; kabi o&#8217;zbek mumtoz kuylari hamda chet el kompozitorlarining ommabop musiqa namunalari o&#8217;rin olgan. 1938 yilda O&#8217;zbek davlat Filarmoniyasi qoshida O&#8217;zbek xalq cholg&#8217;ulari orkestri tashkil topdi. Asoschisi \u2014 A. Petrosyans (1966 yilda orkestrga To&#8217;xtasin Jalilov nomi, 1980 yil &#8220;Davlat&#8221;, 1991 yil &#8220;akademik&#8221; unvonlari berildi. 1976 yildan badiiy rahbari va bosh dirijyori \u2014 Foruq Sodiqov). Mazkur jamoa tarkibiga dastlab an&#8217;anaviy (nay, qo&#8217;shnay, surnay, g&#8217;ijjak, doira, nog&#8217;ora kabi), so&#8217;ngra qayta ishlangan (12 pog&#8217;onali teng temperasiya qilingan tenor va bas changlari, afg\u2019on va Qashqar ruboblari, dutor) hamda yangitdan yaratilgan (rubob-prima, dutor-bas, g&#8217;ijjak-kontrabas va boshqalar) sozlar kiritilgan. Repertuaridan M. Burhonov, S. Aliev, S. Gabrielyan, B. Gienko va boshqalar tomonidan qayta ishlangan o&#8217;zbek xalq kuylari, O&#8217;zbekiston kompozitorlari (S. Boboev, Sayfi Jalil, G&#8217;. Qodirov, F. Nazarov, T. Qurbonov, F. Alimov va boshqalar) yozgan uvertyura, rapsodiya, poema, kontsert va simfoniya kabi yirik shakldagi asarlar hamda chet el mualliflari (P. Sarasate, P. Chaykovskiy, G.Sviridov kabi)ning ommabop musiqa asarlari o&#8217;rin olgan. 1957 yil O&#8217;zbekiston radiosi qoshida Xalq cholg&#8217;ulari orkestri tashkil etildi (1989 yildan doni Zokirov nomida). Asoschisi, birinchi badiiy rahbari va bosh dirijyori \u2014 D. Zokirov (1986-2000 yillarda \u2014 M. Bafoev, 2002 yildan H. Rajabov). Ijro uslubida ko&#8217;p ovozli musiqa tamoyillari bilan milliy musiqa an&#8217;analari uyg&#8217;unlashgan. Orkestr tarkibida sozanda sifatida faoliyat ko&#8217;rsatgan bastakorlar (M. Mirzaev, F. Toshmatov, K. Jabborov, Faxr. Sodtshov, S. Kolonov, X. Jo&#8217;raev va boshqalar) orkestr uchun ko&#8217;pgina asarlar yaratishgan. Repertuaridan, shuningdek, D. Zokirov, T. Jalilov, S. Yudakov, S. Hayitboev, M. Bafoev va boshqa o&#8217;zbek kompozitorlari asarlari asosiy o\u2019rin olgan. 1991 yil &#8220;So&#8217;g&#8217;diyona&#8221; o&#8217;zbek xalq cholg&#8217;ulari kamer orkestri tashkil topdi (asoschisi \u2014 O&#8217;zbekistonda xizmat ko&#8217;rsattan artist, professor F. Abduraximova). Repertuaridan qayta ishlangan o&#8217;zbek kuylari hamda zamonaviy o&#8217;zbek kompozitorlari asarlari o&#8217;rin olgan. Mazkur jamoa chet el mamlakatlarida (AQSh, Ispaniya va boshqalar) gastrolda bo&#8217;lgan. Ozoda Toshmatova.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Xalq cholg&#8217;ulari orkestri &#8211; orkestr turi; ko&#8217;p ovozli musiqa asarlarini ijro etish uchun moslashtirib qayta ishlangan milliy sozlardan iborat. Bir turdagi (masalan, faqat torlichertma) cholg&#8217;ulardan va turli (masalan, torli, puflama &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/xalq-cholgulari-orkestri\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[209],"tags":[],"class_list":["post-102091","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-x-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/102091","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=102091"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/102091\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":102105,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/102091\/revisions\/102105"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=102091"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=102091"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=102091"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}