{"id":102125,"date":"2023-08-29T09:38:16","date_gmt":"2023-08-29T06:38:16","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=102125"},"modified":"2023-08-29T09:38:20","modified_gmt":"2023-08-29T06:38:20","slug":"xurmo-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/xurmo-2\/","title":{"rendered":"Xurmo"},"content":{"rendered":"\n<p>Xurmo (Diospyros) \u2014 xurmodoshlar oilasiga mansub subtropik daraxt yoki butalar turkumi, ekiladigan meva daraxti. Tropik va subtropik mintaqalarda 500 ga yaqin turi uchraydi. Xitoy, Yaponiya, O&#8217;rta dengiz bo&#8217;yi mamlakatlari, Avstraliya, AQSh, Kavkaz, O&#8217;rta Osiyoda ekiladi. Mevasi uchun, asosan, Sharq Xurmo, sovuqqa chidamli Virginiya Xurmosi (D. virginiana), shuningdek, Kavkaz Xurmosi (D. lotus) o&#8217;stiriladi. O&#8217;zbekistonda ekiladigan Sharq Xurmosi (D. kaki Tpip.)ning vatani \u2014 Xitoy. Daraxti 8-12 metr, chiroyli, shoxshabbasi dumaloq yoki piramidasimon. 100 -400 yil, ba&#8217;zan undan ham ko&#8217;proq yashaydi, lekin 50\u2014 60 yilgacha yaxshi meva beradi. Xurmo -15, -20\u00b0 gacha sovuqqa chidaydi, yorug&#8217;sevar o&#8217;simlik. Bargi yirik tuxumsimon, usti to&#8217;q yashil, orqasi tukli, ketmaket joylashgan, to&#8217;kilish oldidan qizg&#8217;ish rangga kiradi. Guli bir, ba&#8217;zan ikki jinsli. Aprel \u2014 mayda gullaydi, oktabr \u2014noyabrda pishadi. Mevasi turli shaklda (500 grammgacha). Xurmo tarkibida qand, S vitamini, protein, temir tuzlari, oqsil, oshlovchi moddalar va boshqalar bor. Mevasi 2 -3 oy saqlanadi, yangiligida hamda quritilgan holda iste&#8217;mol qilinadi, qandolatchilik sanoatida ishlatiladi, likyor, vino, jem tayyorlanadi. Xurmo, asosan, payvandlash yo&#8217;li bilan ko&#8217;paytiriladi. Ko&#8217;chati kuzda yoki bahorda 8&#215;6 va 6&#215;6 metr sxemada ekiladi. Qumli, shag&#8217;alli sho&#8217;r yerlarni yoqtirmaydi. 3\u20144-yili hosilga kiradi, 10-12 yoshida to&#8217;liq hosil bera boshlaydi. Bir tup daraxti 250 kilogrammgacha hosil beradi. O&#8217;suv davrida yer sharoitiga qarab 10 -12 marta sugoriladi; o&#8217;g&#8217;itlanadi, atrofi yumshatib turiladi. Xurmoning O&#8217;zbekistonda tarkalgan va Surxondaryo, shuningdek, Navoiy, Namangan, Samarqand viloyatlari uchun rayonlashtirilgan asosiy navlari \u2014 Vaxsh, Xiakume, Zendjimaru, Tojikiston, va boshqalar. Ad.: Kulkov O. P., Muxamedzya- Nov Sh. 3., O&#8217;zbekistonning subtropik o&#8217;simliklari,T., 1968; Jivotinskaya S., Vostochnaya xurma v Uzbekistane, T., 1989. Rixsivoy Jo&#8217;rayev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Xurmo (Diospyros) \u2014 xurmodoshlar oilasiga mansub subtropik daraxt yoki butalar turkumi, ekiladigan meva daraxti. Tropik va subtropik mintaqalarda 500 ga yaqin turi uchraydi. Xitoy, Yaponiya, O&#8217;rta dengiz bo&#8217;yi mamlakatlari, Avstraliya, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/xurmo-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[209],"tags":[],"class_list":["post-102125","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-x-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/102125","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=102125"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/102125\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":102136,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/102125\/revisions\/102136"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=102125"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=102125"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=102125"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}