{"id":102211,"date":"2023-08-29T12:47:31","date_gmt":"2023-08-29T09:47:31","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=102211"},"modified":"2023-08-29T12:47:36","modified_gmt":"2023-08-29T09:47:36","slug":"xalqaro-tillar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/xalqaro-tillar\/","title":{"rendered":"Xalqaro tillar"},"content":{"rendered":"\n<p>Xalqaro tillar \u2014 turli davlatlar xalqlarining aloqa vositasi bo&#8217;lib xizmat qiladigan tillar. Tabiiy tillarga va sun&#8217;iy tillarga bo&#8217;linadi. Tabiiy Xalqaro tillarning xalqarolik vazifasi aniq bo&#8217;lsada, milliy yoki qabilaviy tillardan foydalanishga nisbatan ikkinchi darajali hisoblanadi. Sun&#8217;iy Xalqaro tillarning xalqarolik vazifasi birlamchi hisoblansada, ular har doim ham ro&#8217;yobga chiqmagan, chunki bunday tillarning hammasi ham millatlararo aloqa aralashuv amaliyotida qo&#8217;llanavermagan. Tabiiy Xalqaro tillar qadimda va o&#8217;rta asrlarda mintaqaviy xarakterga ega bo&#8217;lgan (ularning qo&#8217;llanishi muayyan mintaqa, hudud bilan chegaralangan). Chunonchi, Qadimgi Sharq xalqlarida aloqa vositasi sifatida Xitoy tili (ieroglifik shaklda), G&#8217;arbiy Osiyoning qadimgi davlatlarida turli davrlarda Shumer, Akkad va oromiy tillari qo&#8217;llangan. Yunon tili ellinistik dunyoning, lotin tili esa turli tillarda so&#8217;zlashuvchi Rim imperiyasining umumiy tili bo&#8217;lgan. O&#8217;rta asrlarga kelib yaqin Sharq hududida Arab va fors tillari, slavyan mamlakatlarida esa qadimgi slavyan tili Xalqaro tillar vazifasida qo&#8217;llana boshlagan. Yangi davrda, ma&#8217;lum ob&#8217;yektiv sabablar tufayli avvaddan saqlanib qolgan mintaqaviy Xalqaro tillar guruhi bilan bir qatorda dunyo miqyosida qo&#8217;llanuvchi Xalqaro tillar (jahon tillari) ham paydo bo&#8217;ldi. U yoki bu tilning Xalqaro tillar darajasiga ko&#8217;tarilishi estralingvistik (siyosiy, iqtisodiy va madaniy) va lingvistik (til funktsional tizimlarining rivojlanganligi, sohaviy terminologiyalarning mavjudligi va boshqalar) omillar yig&#8217;indisi bilan belgilanadi. Jahon tillari soni tobora ortib bormoqda. 18-asrdan so&#8217;ng (&#8220;frantsuz tili umumiy til bo&#8217;lgan asr&#8221; deb ham nomlanadi) astasekin ingliz va nemis tillari, 20-asrdan esa rus va boshqa bir qancha tillar jahon miqyosida qo&#8217;llana boshladi. Xalqaro tillarning xalqaroligi ularning xalqaro tashkilotlar yoki konferentsiyalarning (BMT, YUNESKO) &#8220;rasmiy&#8221; yoki &#8220;ishchi&#8221; tili sifatida tan olinishi tufayli ushbu maqomda yuridik jihatdan mustahkamlanishi bilan belgilanadi (masalan, ingliz, Arab, ispan, Xitoy, rus, frantsuz tillari BMTning rasmiy va ishchi tillari hisoblanadi). Xalqaro tillarni ko&#8217;p millatli davlat ichida qo&#8217;llanuvchi, millatlararo aloqa vositasi hisoblanuvchi tillardan farqlash kerak. Ba&#8217;zi tillar ham xalqaro, ham millatlararo til sifatida qo&#8217;llanishi mumkin (masalan, rus va Xitoy tillari). Sun&#8217;iy Xalqaro tillar deganda alokaaralashuv uchun maxsus shakllantirilgan yasama kommunikativ tizimlar tushuniladi. Lotin tilining xalqarolik vazifasi susayishi munosabati bilan 17-asrdan boshlab sun&#8217;iy tillarning kuplab loyihalari paydo bo&#8217;la boshladi. 1629 yilda frantsuz faylasufi R.Dekart lingvoloyihalash nazariyasiga asos soldi. 17\u2014 19-asrlarda sun&#8217;iy tillarni yaratuvchilar ko&#8217;pincha tabiiy tillarni nomukammal tillar sifatida tanqid qilib, sun&#8217;iy tillarni tabiiy tillarga almashtirilishi zarur bo&#8217;lgan universal tillar deb baholaganlar. 18-asr o&#8217;rtalarida xalqaro aloqaning maxsuslashgan vositasi hisoblangan va tabiiy tillar bilan yonmayon mavjud bo&#8217;lgan sun&#8217;iy tilning yordamchilik, vositachilik xususiyati haqida tasavvur shakllandi. 1879 yilda yaratilgan volapyuk ham og&#8217;zaki, ham badiiy ijod sohasidagi aloqa doirasida qo&#8217;llangan dastlabki sun&#8217;iy tildir. 1884-89 yillarda volapyuk tarafdorlarining 3 ta xalqaro konferentsiyasi o&#8217;tkazilgan, unda dunyoning turli mamlakatlarida bir necha o&#8217;nlab gazeta va jurnallar nashr etilgan bo&#8217;lsada, bu harakatlar uzoq davom etmadi. Faqat esperantotina (1887 yilda yaratilgan) keng ommalashib, unda ko&#8217;p kishilar so&#8217;zlashadigan bo&#8217;ldi. Shunday bo&#8217;lsada, esperanto har doim tor doiradagi yordamchi, ikkilamchi til sifatida qo&#8217;llangan. Sun&#8217;iy tillardan ido (1907), oktsidental (1921-22) va interlingva (1951) ham u qadar muvaffaqiyat qozonmay, tor kommunikativ doirada qo&#8217;llanib kelmoqda, lekin mazkur sun&#8217;iy Xalqaro tillarning barchasi g&#8217;arbiy tillar materiallari negizida shakllangan bo&#8217;lib, Sharq tillari uchun begona hisoblanadi. O&#8217;tgan asrning 90-yillarida O&#8217;zbekistonda va bir qator turkiyzabon davlatlarda turkiy xalqpar uchun mushtarak bo&#8217;lgan xalqaro til \u2014 o&#8217;rta turk tilini yaratishga va joriy qilishga urinishlar, da&#8217;vatlar bo&#8217;lgan bo&#8217;lsada, bu urinishlar hozircha bironbir ijobiy natija bergani yo&#8217;q. Haqiqiy Xalqaro tillar faqat tarixiy jarayonda aniq mavjud bo&#8217;lgan milliy tillar bazasida vujudga kelishi mumkin. Ad.: Svadost E.P., Kak vozniknet vseobtshiy yazik? M., 1968; Problemi interlingvistiki, M., 1976; Reformatskiy A.A., Vvedenie v yazikovedenie, M., 1998. Abduvahob Madvaliyev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Xalqaro tillar \u2014 turli davlatlar xalqlarining aloqa vositasi bo&#8217;lib xizmat qiladigan tillar. Tabiiy tillarga va sun&#8217;iy tillarga bo&#8217;linadi. Tabiiy Xalqaro tillarning xalqarolik vazifasi aniq bo&#8217;lsada, milliy yoki qabilaviy tillardan foydalanishga &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/xalqaro-tillar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[209],"tags":[],"class_list":["post-102211","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-x-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/102211","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=102211"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/102211\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":102213,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/102211\/revisions\/102213"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=102211"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=102211"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=102211"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}