{"id":102240,"date":"2023-08-29T14:04:23","date_gmt":"2023-08-29T11:04:23","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=102240"},"modified":"2023-08-29T14:04:26","modified_gmt":"2023-08-29T11:04:26","slug":"xoqon-qagan-qoon","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/xoqon-qagan-qoon\/","title":{"rendered":"Xoqon, qag&#8217;an, qoon"},"content":{"rendered":"\n<p>Xoqon, qag&#8217;an, qoon \u2014 Markaziy Osiyolik ayrim xalqlarda, shu jumladan, turkiy xalqlarda hukmdorlarning eng oliy unvoni. Ushbu unvon imperator, shahanshoh unvonlari bilan teng ma&#8217;noni bildirgan. Miloddan avvalgi 1-asrdan to so&#8217;nggi o&#8217;rta asrlargacha Markaziy Osiyo, shimoliy Xitoy, Shimoliy Kavkaz, Janubiy Rossiya, Sharqiy Yevropa, Eron, Hindiston va boshqa o&#8217;lkalarda hukm surgan turkiy sulolalar aksariyatida hukmronlar uchun qo&#8217;llangan. Dastlab miloddan avvalgi 1-asrda Osiyo hunlarida ko&#8217;ringan ushbu unvon Yevropa hunlari \u2014 gunnlar, syanbilar, Tabg&#8217;ach (kelib chiqishi turkiy bo&#8217;lgan Xitoydagi shimoliy Vey sulolasi), eftaliylar, Avar xoqonligi (Sharkdy Yevropada), Turk xoqonligi, Xazar xoqonligi, Uyg&#8217;ur xoqonligi davlatlarida mavjud bo&#8217;lgan. Keyinchalik, Qoraxoniylar, Saljuqiylar, Xorazmshohlar, Temuriylar, Usmoniylar davlatlarida ham yuksak unvon sifatida qo&#8217;llanilgan. Bundan tashqari, ushbu unvon turkiylar bilan qo&#8217;shni bo&#8217;lgan boshqa xalqlarda: slavyanlarda (Kiyev Rusi davlati), mo&#8217;g&#8217;ullar (Chingizxon imperiyasi)da ham ishlatilgan. Ayniqsa, Turk xoqonligi davrida oliy hukmdor sifatida davlat tepasida Xoqonlar turgan. Bu davrga taalluqli qadimgi turkiy, Xitoy, yunon, arman, suryoniy, sug&#8217;diy, baqtriy, Tibet tilidagi manbalarda turk Xoqonlari haqida ma&#8217;lumotlar saqlanib qolgan. Xitoy yilnomalarida Xoqonlarning taxtga chiqish marosimi haqida keng tafsilotlar berilgan. Jumladan, Xoqon bo&#8217;ladigan shaxs oq kigiz ustiga o&#8217;tirg&#8217;izilib, 9 kishi tomonidan yuqoriga ko&#8217;tarilgan holda o&#8217;tov (chodir)ning atrofida quyosh yo&#8217;nalishida 9 marotaba aylantirilgan. So&#8217;ngra esa ipak ro&#8217;mol bilan tomog&#8217;i siqilib, undan qancha yil hukmdor bo&#8217;lishi so&#8217;ralgan, og&#8217;zidan chiqqan birinchi tovush yoki so&#8217;zga qarab, uning qancha muddat hukm surishi tayin qilingan. Shunga o&#8217;xshash ma&#8217;lumotlar yunon, Arab, fors, turkiy manbalarda ham saqlanib qolgan. Turk xoqonligi davrida, jumladan, 6-8-asrlarda Markaziy Osiyoning bir qancha o&#8217;lkalarida; Toxariston, Sug&#8217;d, Farg&#8217;ona, Choch, Yettisuvda &#8220;xoqon&#8221; unvoni bilan tangalar chiqarilgan. Ad.:Bichurin N.Ya., Sobranie svedeniy o narodax obitavshix v Sredney Azii v Drevnie vremena, t. 1-3, M.\u2014L., 1950-1953. G&#8217;aybulla Boboyorov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Xoqon, qag&#8217;an, qoon \u2014 Markaziy Osiyolik ayrim xalqlarda, shu jumladan, turkiy xalqlarda hukmdorlarning eng oliy unvoni. Ushbu unvon imperator, shahanshoh unvonlari bilan teng ma&#8217;noni bildirgan. Miloddan avvalgi 1-asrdan to so&#8217;nggi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/xoqon-qagan-qoon\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[209],"tags":[],"class_list":["post-102240","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-x-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/102240","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=102240"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/102240\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":102258,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/102240\/revisions\/102258"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=102240"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=102240"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=102240"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}