{"id":102661,"date":"2023-08-30T09:20:40","date_gmt":"2023-08-30T06:20:40","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=102661"},"modified":"2023-08-30T09:20:43","modified_gmt":"2023-08-30T06:20:43","slug":"xatirchi-tumani","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/xatirchi-tumani\/","title":{"rendered":"Xatirchi tumani"},"content":{"rendered":"\n<p>Xatirchi tumani &#8211; Navoiy viloyatidagi tuman. 1926 yil 29 sentabrda tashkil etilgan. 1927-30 yillarda Zarafshon okrugidagi tuman, 1938 yildan Samarqand viloyati, 1982 yildan Navoiy viloyati, 1989 yildan Samarqand viloyati, 1992 yildan Navoiy viloyati tarkibida. Shimoldan Nurota, Janubi sharqdan Samarqand viloyatining Kattaqo&#8217;rg&#8217;on, shimoli sharqdan Qo&#8217;shrabot, Janubdan (Zarafshon daryosi orqali) Narpay va Paxtachi tumanlari, g&#8217;arbdan Navoiy viloyatining Navbahor tumani bilan chegaradosh. Maydoni 1,37 ming km2. Aholisi 143,9 ming kishi (2004). Tumanda 1 shahar (Yangirabot), 1 shaharcha (Langar), 8 qishloq fuqarolari yig&#8217;ini (Bog&#8217;chakalon, Olchinobod, Oxunboboyev, Oqoltin, Po&#8217;lkan shoir, Xonaqa, Yangiyo&#8217;l, Krracha) bor. Markazi \u2014 Yangirabot shahri. Tabiati. Shimoliy qismi Nurota tog&#8217; tizmasi va tog&#8217; etagi qiya tekisligidan iborat, Janubiy qismi Oqdaryo, Qoradaryo va qisman Zarafshon daryosi vodiylarini o&#8217;z ichiga oladi. Iqlimi kontinental, yillik o&#8217;rtacha temperatura 13,5\u00b0. Yanvarning o&#8217;rtacha temperaturasi -1,7\u00b0, eng past temperatura -33\u00b0. Iyulning o&#8217;rtacha temperaturasi 28,7\u00b0, eng yuqori temperatura 44\u00b0. Vegetatsiya davri 212 kun. Yillik yog&#8217;in miqdori, shimoliy tog&#8217;lik qismida 300 mm, Janubdagi tekislikda 200 mm. Suv resurslari Qoradaryo, Oqdaryo, Zarafshon va bir necha soylardan iborat. Tuproqlari tog etaklari tipik bo&#8217;z, och bo&#8217;z tuproqlar. Janub qismida sug&#8217;oriladigan bo&#8217;z, allyuvial, o&#8217;tloqi va o&#8217;tloqibotqoq tuproqlar tarqalgan. Tog&#8217; etaklaridagi qiya tekisliklarda chorvachilik va tokchilik rivojlangan. Yovvoyi o&#8217;simliklardan daryo terrasalari va qayirlarida qamish, ro&#8217;vak, bug&#8217;doyiq, sho&#8217;rajriq, kampirsoch, itgunafsha, suvrang, yulg&#8217;un va boshqalar, Nurota tog&#8217;lari etaklarida rang, yaltirbosh, chalov, karrak, kiyik o&#8217;ti, oq safrak, gulxayri, betaga; bahorda efemerlar o&#8217;sadi. Butalardan do&#8217;lana, pista uchraydi. Yovvoyi hayvonlardan bo&#8217;ri, tulki, chiyabo&#8217;ri, quyon, jayran, tog&#8217; echkisi va to&#8217;qayzorlarda qirg&#8217;ovul, loyxo&#8217;rak, o&#8217;rdak, Lochin, bulduruq, qirg&#8217;iy, so&#8217;fito&#8217;rg&#8217;ay, chumchuq, chug&#8217;urchiq, zarg&#8217;aldoq; sudraluvchilardan gekkonlar, toshbaqa, sariq ilon, kobra, echkemar; kemiruvchilardan jayra, ko&#8217;rsichqon, kichik qo&#8217;shoyoq, qumsichqon, tipratikan, kalamush va boshqalar uchraydi. Nurota tog&#8217;ining yon bag&#8217;rida. Langar koni bor. Aholisi, asosan, o&#8217;zbeklar (99, 1%), shuningdek, tojik, rus, ukrain, tatar, Ozarbayjon, qozoq va boshqalar millat vakillari ham yashaydi. Aholining o&#8217;rtacha zichligi 1 km2 ga 105 kishi. Shahar aholisi 20,2 ming kishi, qishloq aholisi 123,7 ming kishi (2004). Xo&#8217;jaligi. Tumanda 2,1 ming korxona ro&#8217;yxatga olingan (2004). 55 kichik, 32 o&#8217;rta, 109 yirik korxona, mikrofirmalar faoliyat ko&#8217;rsatadi. Xatirchi tumanida &#8220;Langaruzros&#8221; qo&#8217;shma korxonasi ishlab turibdi (2003). Xatirchi paxta tozalash zavodi, non kombinati, qurilish tashkilotlari, MTP va boshqalar bor. Qishloq xo&#8217;jaligi, asosan, paxtachilikka ixtisoslashgan. Tumanda 300 ga yaqin dehqon, 907 fermer, 17 shirkat xo&#8217;jaliklari mavjud (2003). Ekin maydonlariga paxta, don, ozuqa, kartoshka, sabzavot va poliz ekinlari ekiladi. Shu jumladan, 12,3 ming gektar yerda paxta, 10,3 ming gektar yerda g&#8217;alla yetishtiriladi (2004). Bog&#8217;dorchilik (bodom, yong&#8217;oq, anor, o&#8217;rik, anjir va boshqalar), tokchilik rivojlangan. 19,9 ming gektar yer o&#8217;rmonzor (2004). Tutzorlar ham bor. Ipakchilik bilan shug&#8217;ullaniladi. Tuman jamoa va shaxsiy xo&#8217;jaliklarida 56,8 mingga yaqin qoramol (shu jumladan, 33,1 mingdan ziyod sigir), 86,7 mingga yaqin qo&#8217;y va echki, 38 mingga yaqin parranda, 853 yilqi boqiladi (2003). Tumanda 85 umumiy ta&#8217;lim maktabi (44 mingga yaqin o&#8217;quvchi), shu jumladan, 1 litsey (245 o&#8217;quvchi), bolalar musiqa va san&#8217;at maktabi, 4 kasb-hunar kolleji (2000 dan ziyod o&#8217;quvchi), 23 klub muassasasi, 35 kutubxona, muzey, madaniyat va istirohat bog&#8217;i, madaniyat saroyi ishlab turibdi (2004). Xatirchi tumanida Markaziy stadion, bir qancha sport inshootlari, sport maydonlari va sport zallari faoliyat ko&#8217;rsatadi. Markaziy kasalxona, tug&#8217;ruqxona, poliklinika, qishloq vrachlik punktlari, dorixonalar va boshqa tibbiy muassasalarda 244 vrach xizmat qiladi. Oltinsoy sanatoriysi mavjud. Tuman markazi bilan Navoiy shahri o&#8217;rtasida avtobus qatnaydi. &#8220;Xatirchi hayoti&#8221; tuman gazeta (avvalgi &#8220;Yangi hayot&#8221;) 1998 yildan nashr qilinadi (adadi 7300 ga yaqin).<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Xatirchi tumani &#8211; Navoiy viloyatidagi tuman. 1926 yil 29 sentabrda tashkil etilgan. 1927-30 yillarda Zarafshon okrugidagi tuman, 1938 yildan Samarqand viloyati, 1982 yildan Navoiy viloyati, 1989 yildan Samarqand viloyati, 1992 &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/xatirchi-tumani\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[209],"tags":[],"class_list":["post-102661","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-x-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/102661","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=102661"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/102661\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":102665,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/102661\/revisions\/102665"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=102661"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=102661"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=102661"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}