{"id":102779,"date":"2023-08-30T14:24:56","date_gmt":"2023-08-30T11:24:56","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=102779"},"modified":"2023-08-30T14:25:01","modified_gmt":"2023-08-30T11:25:01","slug":"xorazmiy-3","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/xorazmiy-3\/","title":{"rendered":"Xorazmiy"},"content":{"rendered":"\n<p>Xorazmiy (14-asr) shoir. O&#8217;zbek adabiyotining Navoiygacha bo&#8217;lgan atoqli vakillaridan, noma janrining asoschisi. Hayoti va ijodi haqida ayrim ma&#8217;lumotlar uning bizgacha saqlanib qolgan yagona asari &#8220;Muhabbatnoma&#8221; orqali yetib kelgan &#8220;Muhabbatnoma&#8221; Oltin O&#8217;rda xoni Jonibekning hukmdorlaridan Muhammad Xo&#8217;jabekning taklifi bilan 1353 yilda yozilgan. &#8220;Muhabbatnoma&#8221;ning &#8220;Bayoni voqeni aytur&#8221; qismidan ma&#8217;lum bo&#8217;lishicha, Xorazmiy ilgari ham ko&#8217;p she&#8217;rlar yozgan, ayniqsa, muhabbat mavzuidagi asarlari bilan shuhrat qozongan, lekin ular forsiyda yozilgan bo&#8217;lib, Muhammad Xo&#8217;jabek shoirdan ishqiy mavzuda turkiycha kitob yozib berishni iltimos qilgan. Xorazmiy asarining maydonga kelishida Avhadiy Marog&#8217;aviy (1274-75; 1337-38) ning forscha yozilgan &#8220;Muhabbatnoma&#8221; dostonining ta&#8217;siri bo&#8217;lgan. Lekin Avhadiyda nomalar oshiq va ma&#8217;shuqa nomidan yozilgan bo&#8217;lsa, Xorazmiyda oshiqning mahbubasiga yo&#8217;llagan she&#8217;riy nomalari jamlangan. Har bir maktub muallifning chuqur kechinmalari, murojaati bilan boshlansada, unda ma&#8217;shuqa husnu jamoli, fe&#8217;l-atvorining mubolag&#8217;ali tasviri birinchi o&#8217;ringa chiqadi. Nomalar mohiyat e&#8217;tiboriga ko&#8217;ra, vasf bilan madhning sintezidan iborat. Asar bilan Navoiy ham tanish bo&#8217;lgan. &#8220;Muhokamat ullug&#8217;atayn&#8221;da turkiy tilning boyligini isbotlamoq maqsadida &#8220;Muhabbatnoma&#8221;dan misol keltiradi. &#8220;Muhabbatnoma&#8221;ning 2 ta qo&#8217;lyozma nusxasi (uyg&#8217;ur va Arab yozuvlarida) ma&#8217;lum. Shulardan eskisi uyg&#8217;ur yozuvidagi nusxa bo&#8217;lib, Britaniya muzeyida (inv. \u2116 8193) saqlanadi. Nusxa Shohruxning Hirotdagi sarkardasi Mir Jaloliddin topshirig&#8217;i bilan Bakir Mansur tomonidan 1432 yilning martida Yazd shahrida ko&#8217;chirilgan. O&#8217;nta noma berilgan. 364 baytdan tarkib topgan. Asarning Arab yozuvidagi 2-nusxasi ham Britaniya muzeyida saqlanadi (inv. \u2116Add 7914), 1508-09 yillarda ko&#8217;chirilgan, 474 baytdan tarkib topgan. Mafoiylun mafoiylun fauvlun vaznida yozilgan. &#8220;Muhabbatnoma&#8221; keyingi shoirlarga katta ta&#8217;sir ko&#8217;rsatgan. Xo&#8217;jandiy (&#8220;Latofatnoma&#8221;), Yusuf Amiriy (&#8220;Dahnoma&#8221;), Sayyid Ahmad (&#8220;Taashshuqnoma&#8221;) unga Nazira bitganlar. As: Muhabbatnoma, T., 1959; Muhabbatname, M., 1969. Ad.: Mallaev N. M., Uzbek adabiyoti tarixi, T., 1965; O&#8217;zbek adabiyoti tarixi [5 j.li], 1J., T., 1977. Begali Qosimov<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Xorazmiy (14-asr) shoir. O&#8217;zbek adabiyotining Navoiygacha bo&#8217;lgan atoqli vakillaridan, noma janrining asoschisi. Hayoti va ijodi haqida ayrim ma&#8217;lumotlar uning bizgacha saqlanib qolgan yagona asari &#8220;Muhabbatnoma&#8221; orqali yetib kelgan &#8220;Muhabbatnoma&#8221; Oltin &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/xorazmiy-3\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[209],"tags":[],"class_list":["post-102779","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-x-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/102779","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=102779"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/102779\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":102789,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/102779\/revisions\/102789"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=102779"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=102779"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=102779"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}