{"id":102781,"date":"2023-08-30T14:24:59","date_gmt":"2023-08-30T11:24:59","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=102781"},"modified":"2023-08-30T14:25:06","modified_gmt":"2023-08-30T11:25:06","slug":"xoreya","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/xoreya\/","title":{"rendered":"Xoreya"},"content":{"rendered":"\n<p>Xoreya (Yunoncha chorea \u2014 raqs) \u2014 nerv sistemasi kasalligi; teztez takrorlanadigan g&#8217;ayritabiiy harakatlar, qo&#8217;l-oyoqlarning to&#8217;satdan tortishishi, ortiqcha qisqarishi va hokazolar; giperkiiezning bir turi. Xoreya terminini tibbiyotga nemis vrachi Paratsels kiritgan. Katta Xoreya, Kichik Xoreya yoki Sidenxem Xoreyasi, gentington Xoreyasi va boshqalar farq qilinadi. Revmatizmda miyaning organik o&#8217;zgarishi (revmatik Xoreya) yoki mustaqil surunkali irsiy kasallik sifatida kuzatiladi. Xoreya boshlanishida xuddi Revmatizmta xos alomatlar paydo bo&#8217;ladi. Bunda dastlab bolada o&#8217;ta toliqish, diqqate&#8217;tibor susayishi kuzatiladi; sekinasta uning harakatlari o&#8217;zgaradi; bola sakraganga, o&#8217;yinga tushayotganga o&#8217;xshab yuradi, ko&#8217;zini pirillatadi, labini cho&#8217;chchaytiradi, qo&#8217;lida biror narsani ushlab turolmaydi (choy yoki ovqatni to&#8217;kib yuboradi), palapartish yozadi, yuzini burishtirib, tilini chiqaraveradi, bemor xuddi sizni masxaralayotganga o&#8217;xshab ketadi. Keyinchalik bunday alomatlar jiddiy tus oladi. Vaqt-vaqti bilan bemorning goh qo&#8217;li, goh oyog&#8217;i tortishib qoladi; muskul tonusi susayadi. Xoreyaning oddini olish va davolashda vrach aytganlarini bekamu ko&#8217;st bajarish nihoyatda muhim. Odatda, revmatizmga yo&#8217;liqqan bemorlar dispanser nazoratida bo&#8217;lishlari, agar Xoreyaga xos andak o&#8217;zgarish paydo bo&#8217;lsa, darhol vrachga ko&#8217;rinishlari lozim. Kasallikka murtak bezining yallig&#8217;lanishi sabab bo&#8217;lsa, darhol uni oldirib tashlash, revmatizmni muntazam profilak- tik davolash tavsiya etiladi. Kasallik o&#8217;z vaqtida davolansa, bemor butunlay sog&#8217;ayib ketadi. Xoreya homiladorlikda, ayniqsa homiladorlikning dastlabki oylarida ham paydo bo&#8217;lishi mumkin; ko&#8217;proq yoshligida angina, revmatizm yoki Xoreya bilan og&#8217;rigan ayollarda uchraydi. Bunday bemorlar ayollar konsultasiyasiga vaqtida murojaat etishsa, kasallikning oldi olinadi. Xoreyaning Gentington xili aksariyat o&#8217;rta yashar va keksalarda uchraydi, naeldannaelga o&#8217;tadi; ba&#8217;zan ateroskleroz oqibatida vujudga keladi. Bunda qo&#8217;loyoq va tanadagi g&#8217;ayritabiiy harakatlar tilga ham o&#8217;tadi. Bemor gapirish, ovqat yeyish, yurishga qiynaladi, esi kirarli-chiqarli bo&#8217;ladi; ishga yaroqsiz bo&#8217;lib qoladi. Kasallik zo&#8217;raygan davrida maxsus parvarish talab etiladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Xoreya (Yunoncha chorea \u2014 raqs) \u2014 nerv sistemasi kasalligi; teztez takrorlanadigan g&#8217;ayritabiiy harakatlar, qo&#8217;l-oyoqlarning to&#8217;satdan tortishishi, ortiqcha qisqarishi va hokazolar; giperkiiezning bir turi. Xoreya terminini tibbiyotga nemis vrachi Paratsels kiritgan. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/xoreya\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[209],"tags":[],"class_list":["post-102781","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-x-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/102781","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=102781"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/102781\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":102791,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/102781\/revisions\/102791"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=102781"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=102781"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=102781"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}