{"id":102983,"date":"2023-08-31T10:03:55","date_gmt":"2023-08-31T07:03:55","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=102983"},"modified":"2023-08-31T10:04:06","modified_gmt":"2023-08-31T07:04:06","slug":"sharik-qozgoloni","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/sharik-qozgoloni\/","title":{"rendered":"Sharik qo&#8217;zg&#8217;oloni"},"content":{"rendered":"\n<p>Sharik qo&#8217;zg&#8217;oloni &#8211; Buxoroda Abbosiylar xalifaligiga qarshi ko&#8217;tarilgan qo&#8217;zg&#8217;olon (751). Unga Sharik ibn Shayx almahriy boshchilik qilgan. Qo&#8217;zg&#8217;olonga umaviylar o&#8217;rniga 750 yilda hokimiyat tepasiga kelgan Abbosiylarning xalifalik hududidagi Arab bo&#8217;lmagan xalqlarga nisbatan siyosatida o&#8217;zgarishlar qilmaganligi; qonuniy hokimiyat Ali avlodlari qo&#8217;liga topshirilishi lozim, degan shialarning fikrlari sabab bo&#8217;lgan. Unda Buxorodagi sug&#8217;diylar va Arab aholisi qatnashgan. Biroq qo&#8217;zg&#8217;olonda mahalliy zodagonlar, savdogarlar, kashovarzlar deyarli ishtirok etmagan. Narshaxiynmng yozishicha, qo&#8217;zg&#8217;olon rahbari Sharik Arab harbiylaridan bo&#8217;lib, u Buxoroda yashagan. Uning atrofida juda ko\u2019p kishi yig&#8217;ilgan. Buxoro amiri Abduljabbor ibn Shuayb, Xorazm amiri Abdulmalik ibn Xarsama, Barzam (hozirgi Karki) amiri Muhammad ibn Husayn va boshqalar Sharikka bay&#8217;at qilib, uni qo&#8217;llab-quvvatlashgan. Tabariynnng fikricha, Sharik tarafdorlari 30 ming kishidan ortiq bo&#8217;lgan. Xuroson voliysi Abu Muslim ziyod ibn Solih boshchiligidagi 10 ming kishilik lashkarni qo&#8217;zg&#8217;olonni bostirish uchun Buxoroga jo&#8217;natgan. Buxoro shahri darvozalari oldida 37 kun uzluksiz jang bo&#8217;lib, unda buxoroliklar doim g&#8217;alaba qozonib turgan. Buxorxudot Qutayba ibn Tag&#8217;shoda 10 ming odam bilan kelib, Ziyod ibn Solih bilan ittifoqlikda Sharik qo&#8217;shiniga qarshi urushga kirishi qo&#8217;zg&#8217;olon mag&#8217;lubiyatga uchrashiga sabab bo&#8217;lgan. Sharik lashkari katta qiyinchilikda qolgan. Qo&#8217;shin o&#8217;rtasida ochlik boshlangan. Shunday bo&#8217;lishiga qaramasdan, qo&#8217;zg&#8217;olonchilar Ziyod va Tag&#8217;shodaning Birlashgan qo&#8217;shinini Buxoro sh.dan bir farsang uzoqlikda bo&#8217;lgan jangda mag&#8217;lubiyatga uchratishgan. Navkand (Navkanda) qishlog&#8217;ida bo&#8217;lgan ikkinchi jang (751 yil yozi)da esa qo&#8217;zg&#8217;olonchilar mag&#8217;lubiyatga uchrashgan. Sharik ibn Shayx ham jang paytida otdan yiqilgan va o&#8217;ldirilgan. Buxoro amiri Abduljabbor bu mag&#8217;lubiyatga qaramay, shaharni arablarga topshiri shdan bosh tortgan. Arab lashkarboshisi ziyod ibn Solih Buxoroga kelib, uch kecha-kunduz davomida shaharga o&#8217;t qo&#8217;ydirgan. Shahar ichida ham Arab qo&#8217;shini buxoroliklarning qattiq qarshiligiga uchragan. Narshaxiyning yozishicha, Ziyodning buyrug&#8217;i bilan shahar aholisidan kimni tutsalar, ularni dorga osganlar va nihoyat shaharni olganlar. Sharikning o&#8217;g&#8217;li va harbiy ko&#8217;mondonlari ham o&#8217;ldirilgan. So&#8217;ngra ziyod ibn Solih Samarqandga kelib, bu yerdagi qo&#8217;zg&#8217;olonni ham bostirgach, Xurosonga qaytgan. Sharik qo&#8217;zg&#8217;oloni keyinchalik Movarounnahr va Xurosonda arablarga qarshi ko&#8217;tarilgan Musanna qo&#8217;zg&#8217;oloni oldidan o&#8217;ziga xos tayyorgarlik vazifasini o&#8217;tagan. Manbalar: Narshaxiy, Buxoro tarixi, T., 1966; Istoriya at-Tabari, T., 1987. Qahramon Rajabov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Sharik qo&#8217;zg&#8217;oloni &#8211; Buxoroda Abbosiylar xalifaligiga qarshi ko&#8217;tarilgan qo&#8217;zg&#8217;olon (751). Unga Sharik ibn Shayx almahriy boshchilik qilgan. Qo&#8217;zg&#8217;olonga umaviylar o&#8217;rniga 750 yilda hokimiyat tepasiga kelgan Abbosiylarning xalifalik hududidagi Arab bo&#8217;lmagan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/sharik-qozgoloni\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[211],"tags":[],"class_list":["post-102983","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-sh-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/102983","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=102983"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/102983\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":102997,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/102983\/revisions\/102997"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=102983"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=102983"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=102983"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}