{"id":10306,"date":"2021-11-13T16:05:47","date_gmt":"2021-11-13T13:05:47","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=10306"},"modified":"2021-11-13T16:05:48","modified_gmt":"2021-11-13T13:05:48","slug":"arnasoy-tumani","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/arnasoy-tumani\/","title":{"rendered":"ARNASOY TUMANI"},"content":{"rendered":"\n<p>ARNASOY TUMANI \u2013 Jizzax viloyatidagi tuman, 1975 yil 26 noyabrda tashkil etilgan. Shimol va shimoli-g&#8217;arbda Forish, Janubda Zafarobod, Janub-Sharqda Paxtakor, Sharqda Do&#8217;stlik, shimol-Sharqda Mirzacho&#8217;l tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 0,49 ming kilometr kvadrat. Aholisi 40,0 mingdan ortiq kishi (1999). Arnasoy tumanida 6 qishloq fuqarolari yig&#8217;ini (Do&#8217;stlik, Zarafshon, Usmon Yusupov, Cho&#8217;lquvar, Yangibo&#8217;ston, G&#8217;alaba) bor. Markazi \u2014 G&#8217;oliblar qishlog&#8217;i. Tabiati. Tuman relyefi asosan tekislik va pasttekisliklardan iborat. Yer yuzasi shimol va shimol-g&#8217;arbdan Janub va Janubi-sharqqa tomon asta-sekin ko&#8217;tarila boradi. Iqlimi keskin kontinental. Yanvarning o&#8217;rtacha temperaturasi \u2014 gradus, \u2014 5\u00b0, iyulniki 30\u00b0 gacha. Yiliga o&#8217;rtacha 150 \u2014 300 millimetr yog&#8217;in tushadi. Arnasoy tumanining shim. qismida Aydar ko&#8217;li joylashgan. Tuprog&#8217;i asosan bo&#8217;z-qo&#8217;ng&#8217;ir tuproq, shimol-Sharqiy qismida qisman sho&#8217;rxoklar bor. Tumanning cho&#8217;l joylarida chala butalar, saksovul, efemer va efemeroidlar o&#8217;sadi. Kemiruvchilardan qo&#8217;shoyoq, yumronqoziq, quyon; sudralib yuruvchilardan kaltakesak, ilonlar; yirtqichlardan bo&#8217;ri, tulki, bo&#8217;rsiq; hasharotlardan chayon, falanga; qushlardan to&#8217;rg&#8217;ay, so&#8217;fito&#8217;rg&#8217;ay, boyo&#8217;g&#8217;li yashaydi. Arnasoy tumani hududida Arnasoy davlat ornitologiya buyurtma hududi tashkil etilgan. Aholisi: asosan, o&#8217;zbeklar; shuningdek rus, qozoq, tojik, tatar va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholi zichligi 1 kilometr kvadratga o&#8217;rtacha 16 kishi. Xo&#8217;jaligi. Arnasoy tumani xo&#8217;jaliklari paxtachilik, g&#8217;allachilik, polizchilik, chorvachilik, baliqchilikka ixtisoslashgan. Paxta tozalash zavodi, 5 paxta tayyorlash punkti bor. Arnasoy tumanida 7 jamoa xo&#8217;jaligi, 11 tokchilik xo&#8217;jaligi mavjud. 20 ming gektar yerga paxta, 5 ming gektar yerga g&#8217;alla, qariyb 1000 gektar yerga sabzavot ekiladi; tokzor va bog&#8217;lar 1000 gektarni tashkil qiladi. 1996\/97 o&#8217;quv yilida 11 umumiy ta&#8217;lim maktabida 4 mingdan ziyod o&#8217;quvchi ta&#8217;lim oldi. 15 bolalar bog&#8217;chasida qariyb 2100 bola tarbiyalanmoqda. 4 klub, 2 madaniyat markazi, 10 kutubxona, 2 kasalxona, 2 ambulatoriya bo&#8217;lib, 50 vrach, 150 dan ziyod o&#8217;rta ma&#8217;lumotli tibbiy xodim ishlaydi. &#8220;Arnasoy tongi&#8221; tuman gazetasi 1977 yildan chiqadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ARNASOY TUMANI \u2013 Jizzax viloyatidagi tuman, 1975 yil 26 noyabrda tashkil etilgan. Shimol va shimoli-g&#8217;arbda Forish, Janubda Zafarobod, Janub-Sharqda Paxtakor, Sharqda Do&#8217;stlik, shimol-Sharqda Mirzacho&#8217;l tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 0,49 ming &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/arnasoy-tumani\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[107],"tags":[],"class_list":["post-10306","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/10306","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=10306"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/10306\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":10317,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/10306\/revisions\/10317"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=10306"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=10306"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=10306"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}