{"id":103134,"date":"2023-08-31T14:18:33","date_gmt":"2023-08-31T11:18:33","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=103134"},"modified":"2023-08-31T14:18:40","modified_gmt":"2023-08-31T11:18:40","slug":"shoroi-ulamo-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/shoroi-ulamo-2\/","title":{"rendered":"&#8220;Sho&#8217;roi ulamo&#8221;"},"content":{"rendered":"\n<p>&#8220;Sho&#8217;roi ulamo&#8221; (&#8220;ulamolar kengashi&#8221;) \u2014 Turkiston ulamolari jamiyati. 1917 yil iyunda &#8220;Sho&#8217;roi Islomiya&#8221;dan ajralib chiqqan va 1918 yil 13 maygacha ish olib borgan. Jamiyat dasturi va nizomiga ko&#8217;ra, ichki siyosiy tuzilmada shariat qonunlariga qat&#8217;iy rioya qilish, milliy-diniy qadriyatlarni yuksaltirishga da&#8217;vat etilgan va madrasalarni iqtisodiy qo&#8217;llab-quvvatlash aytilgan. Biroq dasturda maishiy turmush va ayollar masalasida konservativ qarashlar ustunlik qilgan. Jamiyatning Toshkent, Qo&#8217;qon, Samarqand shahrilaridagi sho&#8217;basi faol ish olib borgan. Toshkent sho&#8217;basiga Sherali Lapin rahbarlik qilgan. Jamiyatning eng yirik Qo&#8217;qon sho&#8217;basiga esa Mulla Muhiddinxon mulla Ulug&#8217;xon To&#8217;rayev rais bo&#8217;lgan. &#8220;Sho&#8217;roi ulamo&#8221; &#8220;alizoh&#8221; (muharrir Abdumalik Hoji Abdunabiyev; 1917 yil iyun \u2014 1918 yil may), &#8220;Alisloh&#8221; (muharrir Abdurahmon Sayyoh; 1917-18) jurnallarini nashr etdi. Ularda davrning dolzarb muammolari: diniy, axloqiy, ilmiy, iqtisodiy, ijtimoiy masalalar yoritib borildi. &#8220;Sho&#8217;roi ulamo&#8221; tashabbusi bilan Toshkentda Turkiston va Qozog&#8217;iston musulmonlari qurultoyi o&#8217;tkazildi (1917 yil sentyabr). Unda ulamochilar va Sho&#8217;roi islomchilar o&#8217;zaro birlashib, &#8220;Ittifoqi muslimin&#8221; siyosiy partiyasini tuzdilar. Jadidlar va ulamolar o&#8217;rtasidagi ziddiyat va g&#8217;oyaviy kurash kuchaygan. Ulamochilarning orasida ham hokimiyat masalasida turli qarashlar mavjud bo&#8217;lgan. Toshkentlik ulamochilardan farqli ravishda Qo&#8217;qondagi &#8220;Sho&#8217;roi ulamo&#8221; a&#8217;zolari bolsheviklarga qarshi chiqqan va Turkiston muxtoriyati hukumatini qo&#8217;llab-quvvatlagan. 1918 yil mart oyida Qo&#8217;qon yaqinidagi Bachqir qishlog&#8217;ida &#8220;Sho&#8217;roi ulamo&#8221; va &#8220;Sho&#8217;roi islomiya&#8221; faollarining tashabbusi bilan Farg&#8217;ona vodiysidagi qo&#8217;rboshilarning ilk qurultoyi o&#8217;tkazilib, Turkistonda sovet rejimiga qarshi qurolli harakatining maqsad va vazifalari belgilab olingan. Sovet davrida ulamochilar va Sho&#8217;roi islomchilar faoliyati soxtalashtirilib, ular &#8220;xalq dushmani&#8221; va &#8220;millatchi&#8221; sifatida ko&#8217;rsatilgan. Ad.: Mustafo Cho&#8217;qay o&#8217;g&#8217;li, Istiqlol jallodlari (1917 yil xotiralari), T., 1992; Turkestan v nachale 20 veka: k istorii istokov nasionalnoy nezavisimosti, T., 2000; A&#8217;zamxo&#8217;jaev S., Turkiston muxtoriyati, T., 2000; Rajabov Q., Haydarov M., Turkiston tarixi (1917\u2014 1924), T., 2002; Mingnorov A., Turkistonda 1917-1918 yillardagi milliy-siyosiy tashkilotlar, T., 2002. Saidakbar A&#8217;zamxo&#8217;jaev, Qahramon Rajabov<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>&#8220;Sho&#8217;roi ulamo&#8221; (&#8220;ulamolar kengashi&#8221;) \u2014 Turkiston ulamolari jamiyati. 1917 yil iyunda &#8220;Sho&#8217;roi Islomiya&#8221;dan ajralib chiqqan va 1918 yil 13 maygacha ish olib borgan. Jamiyat dasturi va nizomiga ko&#8217;ra, ichki siyosiy &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/shoroi-ulamo-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[211],"tags":[],"class_list":["post-103134","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-sh-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/103134","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=103134"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/103134\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":103157,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/103134\/revisions\/103157"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=103134"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=103134"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=103134"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}