{"id":103200,"date":"2023-08-31T15:00:08","date_gmt":"2023-08-31T12:00:08","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=103200"},"modified":"2023-08-31T15:00:15","modified_gmt":"2023-08-31T12:00:15","slug":"shohmalik-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/shohmalik-2\/","title":{"rendered":"Shohmalik"},"content":{"rendered":"\n<p>Shohmalik, Amir Shohmalik, Amir G&#8217;iyosiddin Shohmalik (? \u2014 1426.21.1, Xorazm, Mashhadda dafn etilgan) \u2014 Amir Temur va Shohrux saltanatida xizmat qilgan dongdor Amir. Amir Temur uni yoshligidan tarbiyalagan, harbiy salohiyatni o&#8217;rgatgan. Sharafuddin Ali Yazdiyning &#8220;Zafarnoma&#8221;sida Shohmalik dastlab Amir Temurning 5 yillik yurishi, aniqrog&#8217;i Takrit qal&#8217;asining olinishi (1393 yil) voqealari bayonida qo&#8217;shin boshlig&#8217;i sifatida eslatilgan; Muhammad Sultonni Hurmuz viloyatini egallashga jo&#8217;natganda esa, Shohmalik lashkar tarkibida hazorani (minglik qo&#8217;shin qismini) boshqargan. Shohmalik Amir Temurning Hindistonga yurishida faol qatnashgan lashkarning turli qismlarida tuman sardori bo&#8217;lgan. Amir Temurning 7 yillik yurishi chog&#8217;ida Shohmalik Sohibqironning eng ishonchli kishilaridan sanalgan. Sulton Boyazid bilan jangda Shohmalik nomdor no&#8217;yon sifatida lashkarning Markaziy (qo&#8217;l) qismiga belgilangan. Amir Temur O&#8217;tror shahrida vafot qilgan paytida Shohmalik uning yonida bo&#8217;lgan va oxirgi vasiyatlari, jumladan, Pirmuhammadni valiahd qilgani haqidagi vasiyatni bevosita eshitgan. Sohibqironning jasadi joylashgan tobut, oilasi, nevaralarini O&#8217;trordan Samarqandga olib kelishda bosh bo&#8217;lgan. Amir Temurning vafotidan so&#8217;ng, Samarqand taxtini Xalil Sulton egallagach, Shohmalik Mirzo Shohruxning o&#8217;g&#8217;illari Ulug&#8217;bek va Ibrohim Sultonni olib, dastlab Buxoroga, so&#8217;ngra Xurosonga Shohrux xizmatiga borgan. Shohrux Movarounnahrni to&#8217;la o&#8217;z ixtiyoriga olgach (1409-10), uni Ulug&#8217;bekka suyurgol qiladi va u hali yosh bo&#8217;lgani sababli, mamlakat ishlarini boshqarib turishga Shohmalikni mutasaddi qilib qoldiradi. Mazkur tadbirdan Ulug&#8217;bekning ko&#8217;ngliga malollik kelganini bilgan Shohrux (1411 \u2014 12) Shohmalikni Xurosonga chaqirib oladi. Keyingi 1405-13 yillar davomida Shohmalik Shohruxning topshirig&#8217;i bilan Xuroson, Mozandaron, Movarounnahr, Xorazmga harbiy yurishlarda, isyonlarni bostirishda qatnashgan. Shohrux (1412\u2014 13) Xorazmni Sh.ka butkul (darbasta) suyurg&#8217;ol qiladi. Shohmalik Xorazm hokimi bo&#8217;lganidan keyin ham Shohruxning g&#8217;arbiy viloyatlarga yurishlarida ishtirok etgan. Shohmalikning Temuriylar davri xalqaro elchilik munosabatlarida ham ma&#8217;lum hissasi bor. 1419-22 yillarda temuriylardan Xitoyga borib kelgan katta elchilik safarida Xorazmdan Shohmalikning O&#8217;rduvon ismli elchisi ham qatnashgan. Abdurazzoq Samarqandiyning &#8220;Matlai sa&#8217;dayn&#8221;ida keltirilishicha, Amir Temur o&#8217;z vaqtida Shohmalikning sadoqatli buyuk xizmatlarini qadrlab, juda ko&#8217;p joylarni unga suyurg&#8217;ol tarzida in&#8217;om qilgan. Shohmalik o&#8217;ziga tegishli mulklarda madrasalar, xonaqohlar, masjidlar, rabotlar va hovuzlar kabi ko&#8217;p xayrli qurilishlarni amalga oshirgan, ularga ekinzorlar barpo etib vaqflar belgilagan. Shohmalik vafot qilgach, uning jasadini Xorazmdan Mashhadga keltirib, Imom Rizoning qabri yoniga o&#8217;zi qurdirgan maqbaraga dafn qilishgan. Omonullo Bo&#8217;riev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Shohmalik, Amir Shohmalik, Amir G&#8217;iyosiddin Shohmalik (? \u2014 1426.21.1, Xorazm, Mashhadda dafn etilgan) \u2014 Amir Temur va Shohrux saltanatida xizmat qilgan dongdor Amir. Amir Temur uni yoshligidan tarbiyalagan, harbiy salohiyatni &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/shohmalik-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[211],"tags":[],"class_list":["post-103200","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-sh-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/103200","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=103200"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/103200\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":103219,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/103200\/revisions\/103219"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=103200"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=103200"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=103200"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}