{"id":103257,"date":"2023-08-31T15:50:21","date_gmt":"2023-08-31T12:50:21","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=103257"},"modified":"2023-08-31T15:50:25","modified_gmt":"2023-08-31T12:50:25","slug":"shoh-yoli","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/shoh-yoli\/","title":{"rendered":"&#8220;Shoh yo&#8217;li&#8221;"},"content":{"rendered":"\n<p>&#8220;Shoh yo&#8217;li&#8221; \u2014 miloddan avvalgi 6-asrning so&#8217;nggi choragida, Doro I hukmronligi davrida qurilgan tranzit aloqa yo&#8217;li. Miloddan avvalgi 1-ming yillik o&#8217;rtalarida, Axomaniylar davlati tarkibiga kiritilgan O&#8217;rta Osiyoning qadimiy xalqlari va viloyatlari ham o&#8217;sha davrning harbiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotida katta iz qoldirgan xalqaro aloqalar tizimida faol ishtiroq eta boshladilar. Axomaniy hukmdorlar va mahalliy hokimlar-satraplar bu aloqalarda katta o&#8217;rin tutgan aloqasavdo yo&#8217;llari faoliyatiga alohida e&#8217;tibor berishgan. Yunon tarixchisi Gerodot o&#8217;zining &#8220;Tarix&#8221; asarida bu yo&#8217;l haqida muhim ma&#8217;lumotlar qoldirgan. Unga ko&#8217;ra, bu yo&#8217;l dastlab axomaniylarning yirik savdo va ma&#8217;muriy markazlaridan bo&#8217;lgan suza shahrini kichik Osiyo va O&#8217;rta dengiz bo&#8217;yidagi shaharlar bilan bog&#8217;lagan. 2400 kilometrga cho&#8217;zilgan bu yo&#8217;lning har 24-25 kilometr masofasida, ya&#8217;ni bir kunlik yo&#8217;lda maxsus bekatlar qurilgan. Bu bekatlarda elchilik missiyasi a&#8217;zolari, choparlar, savdo karvonlari dam olishi uchun sharoitlar yaratilgan bo&#8217;lib, Maxsus xizmatdagi kishilar uchun doimo chopqir otlar yetarli miqdorda mavjud bo&#8217;lgan. Shoshilinch xabar olib ketayotgan chopar bu bekatlarda otni almashtirishi yoki xabar va xatni bu bekatlardagi boshqa maxsus choparlarga berishi mumkin bo&#8217;lgan. Shu tariqa shoshilinch xabar va ma&#8217;lumotlar ulkan imperiyaning turli burchaklaridan poytaxt shaharga juda qisqa muddatda yetkazib berilgan. So&#8217;nggi arxeologik tadqiqotlarning ko&#8217;rsatishicha, &#8220;Shoh yo&#8217;li&#8221;ning bir tarmog&#8217;i shim.sharqqa yo&#8217;naltirilgan bo&#8217;lib, Marg&#8217;iyona va Baqtriya hududlari orqali Hindistongacha yetib borgan. Bu davrda O&#8217;rta Osiyoning Janubiy hududlarida ham bir kunlik yo&#8217;l masofasida, ya&#8217;ni har 24-25 kilometrda maxsus bekatlar barpo etila boshlaganligi haqida ma&#8217;lumotlar mavjud. Bu bekatlar, odatda, mustahkamlangan istehkom shaklidagi rabotlar ko&#8217;rinishida bo&#8217;lib, karvon yo&#8217;llarini qo&#8217;riqlash vazifasini baja- ruvchi kichik harbiy qismlar ham shu erda joylashtirilgan edi. Bu rabotlar, o&#8217;z navbatida, O&#8217;rta Osiyodagi qadimiy karvonsaroylar vazifasini ham bajarib kelar edi. Ularda davlat xizmatchilari, choparlar, savdo karvonlari, harbiy qismlar, sayyohlar va boshqalarga xizmat ko&#8217;rsatish yo&#8217;lga qo&#8217;yilgan edi. Shu tariqa miloddan avvalgi 5-4-asrlarda O&#8217;rta Osiyoning Janubiy hududlarida ham Axomaniylar saltanatining markaziy viloyatlarida faoliyat ko&#8217;rsatuvchi yo&#8217;llarga monand aloqa yo&#8217;llari tizimi, pochtaaloqa xizmati barpo etila boshlangan. Doro I tomonidan barpo etilgan &#8220;Shoh yo&#8217;li&#8221; faoliyati 4-asrning so&#8217;nggi choragida Aleksandrning harbiy istilolari natijasida tugatilgan, lekin O&#8217;rta Osiyodagi aloqa yo&#8217;llari tizimi va aloqapochta xizmati o&#8217;z ahamiyatini saqlab qolgan va rivojlangan. O&#8217;ktam Mavlonov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>&#8220;Shoh yo&#8217;li&#8221; \u2014 miloddan avvalgi 6-asrning so&#8217;nggi choragida, Doro I hukmronligi davrida qurilgan tranzit aloqa yo&#8217;li. Miloddan avvalgi 1-ming yillik o&#8217;rtalarida, Axomaniylar davlati tarkibiga kiritilgan O&#8217;rta Osiyoning qadimiy xalqlari va &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/shoh-yoli\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[211],"tags":[],"class_list":["post-103257","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-sh-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/103257","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=103257"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/103257\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":103267,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/103257\/revisions\/103267"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=103257"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=103257"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=103257"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}