{"id":103282,"date":"2023-08-31T15:53:11","date_gmt":"2023-08-31T12:53:11","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=103282"},"modified":"2023-08-31T15:53:14","modified_gmt":"2023-08-31T12:53:14","slug":"shuvoq","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/shuvoq\/","title":{"rendered":"Shuvoq"},"content":{"rendered":"\n<p>Shuvoq \u2014 murakkabguldoshlar oilasiga mansub o&#8217;simliklar turkumi. Ko&#8217;p yillik, kamdankam bir yillik. 400 (ba&#8217;zi ma&#8217;lumotlarga qaraganda 250) turi ma&#8217;lum. O&#8217;rta Osiyo, Qozog&#8217;iston va Zakavkazening cho&#8217;l va yarim cho&#8217;l, dashtlarida ko&#8217;p uchraydi. Uzbekistonda, asosan, bir yillik Shuvoq yoki burgan, ko&#8217;p yillik oddiy Shuvoq yoki ola ermon, achchiq Shuvoq yoki yermon, Sivers shuvog&#8217;i yoki sassiq alaf, Sug&#8217;d shuvog&#8217;i, oq Shuvoq va boshqalar turlari uchraydi. Bir yillik Shuvoq (burgan) poyasi tik, yuqori qismi sershox, bo&#8217;yi 30-100 santimetr, ildizi yo&#8217;g&#8217;on, yog&#8217;ochsimon. Barglari ketma-ket joylashgan, bandli, patsimon qirqilgan. Poya va barglari tukli, kumush rangda. Gullari mayda, sariq yoki qizg&#8217;ishpushti, ro&#8217;vaksimon to&#8217;pguli savatchaga to&#8217;plangan. Mevasi mayda pista. Iyul\u2014avgustda gullab, mevalaydi. Bir tupi 100 mingdan ortiq urug&#8217;beradi. Urug&#8217;i va ildizpoyasidan ko&#8217;payadi. Oddiy Shuvoq (ola yermon) poyasi tik, sershox, yuqori qismi tukli, bo&#8217;yi 50-200 santimetr, barglari patsimon qirqilgan, yuqori barglari bandsiz, pastdagilari bandli. Gullari ro&#8217;vaksimon, to&#8217;pguli savatchaga to&#8217;plangan. Mevasi pista. Sug&#8217;oriladigan dehqonchilik mintaqalarida begona o&#8217;t sifatida uchraidi, shuningdek, ariq va yo&#8217;l chekkalarida, bog&#8217;, tokzorlarda o&#8217;sadi. Kurash choralari: mexanik usulda yo&#8217;qotiladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Shuvoq \u2014 murakkabguldoshlar oilasiga mansub o&#8217;simliklar turkumi. Ko&#8217;p yillik, kamdankam bir yillik. 400 (ba&#8217;zi ma&#8217;lumotlarga qaraganda 250) turi ma&#8217;lum. O&#8217;rta Osiyo, Qozog&#8217;iston va Zakavkazening cho&#8217;l va yarim cho&#8217;l, dashtlarida ko&#8217;p &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/shuvoq\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[211],"tags":[],"class_list":["post-103282","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-sh-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/103282","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=103282"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/103282\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":103303,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/103282\/revisions\/103303"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=103282"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=103282"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=103282"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}