{"id":103327,"date":"2023-08-31T17:29:58","date_gmt":"2023-08-31T14:29:58","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=103327"},"modified":"2023-08-31T17:30:05","modified_gmt":"2023-08-31T14:30:05","slug":"sholoxov-mixail-aleksandrovich","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/sholoxov-mixail-aleksandrovich\/","title":{"rendered":"Sholoxov Mixail Aleksandrovich"},"content":{"rendered":"\n<p>Sholoxov Mixail Aleksandrovich [1905.11(24).5 \u2014 hozirgi Rostov viloyati Vyoshenskaya stanisa Krujilin xutori \u2014 1984.21.2)] \u2014 rus yozuvchisi. Akademik (1939), Mehnat Qahramoni (1967). Fuqarolar urushida ishtirok etgan. 1922 yilda Moskvaga kelib, &#8220;qora&#8221; mehnat orqasida qun kechirgan. So&#8217;ng &#8220;yosh gvardiya&#8221; adabiy guruhiga qatnashib, dastlab &#8220;Yunosheskaya Pravda&#8221;, &#8220;Komsomoliya&#8221; gazetalari, &#8220;projektor&#8221;, &#8220;smena&#8221;, &#8220;Ogonyok&#8221; va boshqalar jurnallarda dastlabki hikoyalarini e&#8217;lon qilgan (1924-26). Keyinchalik bu asarlar Sholoxovning &#8220;don hikoyalari&#8221; va &#8220;lojuvard biyobon&#8221; (1926) to&#8217;plamlariga kirgan. Don daryosi bo&#8217;ylarida shafqatsiz to&#8217;qnashuv va kurashlar bilan kechgan fuqarolar urushi \u2014 Sholoxov ijodining bosh mavzui (&#8220;tirrancha&#8221;, &#8220;cho&#8217;pon&#8221;, 1925; &#8220;xundor dushman&#8221;, 1926 va boshqalar). Sholoxov 1928 yilda donga, Vyoshenskaya stanisaga ko&#8217;chib borib, fuqarolar urushi mavzuiga bag&#8217;ishlangan &#8220;Tinch oqar don&#8221; (1\u20144-kitoblar, 1928\u2014 40) romanini yozgan va unda ikki olam o&#8217;rtasidagi shafqatsiz kurashni barcha tafsilotlari bilan tasvirlagan. Asarda ayrim kishilar yoki guruhlarning manfaatlari taqozosi bilan boshlangan urush va inqiloblar xalq hayotini izdan chiqaradi, unga faqat jabrsitam keltiradi, degan g&#8217;oya ilgari surilgan. &#8220;Ochilgan qo&#8217;riq&#8221; (1-2-kitoblar, 1932-60) romanida rus qishlog&#8217;ining 30-yillardagi hayoti o&#8217;zining barcha ziddiyatli tomonlari bilan tasvir etilgan. Romanning 1-kitobida Gremyachiy qishlog&#8217;ida jamoa xo&#8217;jaligining tashkil topish tarixi Davidov \u2014 Nagulnov, Davidov \u2014 Ostrovnov, Nagulnov \u2014 Razmetnyov va boshqalar asosiy qahramonlarning o&#8217;zaro munosabatlari, ikkinchi tomondan, don kazaklarining sovet davlata, olib borayotgan jamoalashtirish siyosatiga munosabatini tasvirlash orqali haqqoniy yoritilgan. Sholoxov &#8220;Tinch oqar don&#8221; da ham, bu asarda ham don kazaklarining sovet davrida kechgan mashaqqatli hayotini, davrning o&#8217;ta murakkab va ziddiyatli tomonlarini, shuningdek, qahramonlar o&#8217;rtasidagi qarama-qarshilik va keskin kurashni, ular ruhiyatida ro&#8217;y bergan o&#8217;zgarishlarni ro&#8217;yrost tasvirlagan. Romanning rus adabiyotida sotsialistik realizm uzil-kesil qaror topgan davrda yozilgan 2-kitobida Sholoxov jamoa xo&#8217;jaligidagi ijtimoiy masalalardan ko&#8217;ra, ma&#8217;naviy va ruhiy masalalar tasviriga ko&#8217;proq e&#8217;tibor bergan. Sholoxov 2-jahon urushi yillarida &#8220;pravda&#8221; gazetaning harbiy muxbiri bo&#8217;lgan. Xalq va armiyaning urush yillarida chekkan uqubatlari, matonati va jasoratini o&#8217;z ko&#8217;zi bilan ko&#8217;rgan. Sholoxov so&#8217;nggi yirik asari \u2014 &#8220;ular Vatan uchun jang qildilar&#8221; romanini yoza boshladi. Dastlabki sahifalari 1943-44 yillarda &#8220;Pravda&#8221; va &#8220;Krasnaya Zvezda&#8221; gazetalarida bosila boshlagan bu romanini Sholoxov 1960 yilda tugatgan. Mazkur roman (K.Simonovning &#8220;tiriklar va o&#8217;liklar&#8221; epopeyasi bilan birga) urush haqidagi haqiqat ilk bor to&#8217;la yuzaga chiqqan asardir. Sholoxovning so&#8217;nggi asarlaridan biri \u2014 &#8220;Inson taqdiri&#8221; (1957) hikoyasida urush dahshatlarini boshidan kechirgan kishining boy va go&#8217;zal ruhiy olami katta mahorat bilan ifodalangan. Sholoxov ijodi qardosh xalqlar, shu jumladan, o&#8217;zbek adabiyotida realistik tasvir metodining qaror topishiga sezilarli ta&#8217;sir ko&#8217;rsatgan. Sholoxovning roman va hikoyalari asosida ko&#8217;plab teatr va kino asarlari yaratilgan. Sholoxovning qariyb barcha asarlari o&#8217;zbek tiliga tarjima qilingan. Nobel mukofoti laureati (1965). As: tanlangan asarlar, 1\u20148j., T., 1961 \u2014 65; Sobranie sochineniy, t. 1-8, M., 1980. Ad.: Sharafiddinov O., Yalovbardorlar, T., 1974; Yakimenko L.G., Tvorchestvo M.A.Sholoxova, 3izd., M., 1977; xvatov A.I., Xudojestvennsh Mir Sholoxova, 3izd., M., 1978; Biryukov F.I., Xudoje- stveshshe otkritiya Sholoxova, M., 1980. Naim Karimov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Sholoxov Mixail Aleksandrovich [1905.11(24).5 \u2014 hozirgi Rostov viloyati Vyoshenskaya stanisa Krujilin xutori \u2014 1984.21.2)] \u2014 rus yozuvchisi. Akademik (1939), Mehnat Qahramoni (1967). Fuqarolar urushida ishtirok etgan. 1922 yilda Moskvaga kelib, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/sholoxov-mixail-aleksandrovich\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[211],"tags":[],"class_list":["post-103327","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-sh-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/103327","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=103327"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/103327\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":103345,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/103327\/revisions\/103345"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=103327"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=103327"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=103327"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}