{"id":103330,"date":"2023-08-31T17:29:59","date_gmt":"2023-08-31T14:29:59","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=103330"},"modified":"2023-08-31T17:30:06","modified_gmt":"2023-08-31T14:30:06","slug":"shostakovich-dmitriy-dmitrievich","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/shostakovich-dmitriy-dmitrievich\/","title":{"rendered":"Shostakovich Dmitriy Dmitrievich"},"content":{"rendered":"\n<p>Shostakovich Dmitriy Dmitrievich (1906.25.9, Peterburg 1975.9.8, Moskva) \u2014 rus kompozitori, pianinochi, pedagog, jamoat arbobi. 20-asr musiqa klassigi. Rossiya xalq artisti (1948), Xalq artisti (1954), mehnat qahramoni (1966). Leningrad konservatoriyasini fortepiano (1923) va kompozitsiya (1925) ixtisosliklari bo&#8217;yicha tugatgan. Leningrad va Moskva konservatoriyalarida dars bergan, shogirdlari orasida G. Sviridov, Q.Qoraev, M.Leviev va boshqalar bor. Rossiya kompozitorlar uyushmasi raisi (1960-68). Shostakovich kompozitorlik ijodiyotining deyarli barcha janrlarini qamrab, simfonik musiqa, vokal musiqa, musiqali teatr, kamer musiqa sohalarida jahonshumul ahamiyatga molik asarlar yaratgan. Xususan, 15 simfoniyasi (192571), &#8220;burun&#8221; (1930) va &#8220;katerina Izmaylova&#8221; (1934, 2-tahriri 1956) operalari, 15 kvarteti (1938\u2014 74), skripka (1968), Alt (1975), violonchel (1934) sonatalari, cholg&#8217;u kontsertlari (1933-67), 24 prelyudiya va fugasi (1951), Pushkin, Blok, Byorns, Shekspir, Mikelanjelo va boshqalarning she&#8217;rlariga yaratgan qo&#8217;shiq va romanslari, 30 ga yaqin kinofilm (Maksim haqida trilogiyasi, 1935\u2014 39; &#8220;yosh gvardiya&#8221;, 1948; &#8220;So&#8217;na&#8221;, 1955; va, ayniqsa, &#8220;Hamlet&#8221; 1964; &#8220;Qirol Lir&#8221;, 1971)larga yozgan musiqalari bilan mazqur janrlarning 20-asrdagi taraqqiyotiga salmoqli hissa qo&#8217;shgan. Teran dramatizm, fojiaviylik bilan sug&#8217;orilgan, ayni paytda nozik lirika, o&#8217;tkir yumor va kinoyaga boy Shostakovich asarlarida chuqur, hayotan muhim g&#8217;oyaviy kontsepsiyalar, inson kechinmalarining murakkab olami, uning orzu-umidlari, yorug&#8217;lik va kamolotga intilishlari o&#8217;zining badiiy yetuk ifodasini topgan. Shostakovich 1940-yillardan e&#8217;tiboran O&#8217;zbekiston san&#8217;atkorlari bilan yaqin ijodiy aloqada bo&#8217;lgan. Fashistlarga qarshi jangning ramziga aylangan mashhur 7 &#8220;Lenintradnoma&#8221; simfoniyasining birinchi ijrolaridan biri Toshkentda o&#8217;tgan (1942.22.6), keyinchalik deyarli barcha simfoniyalari, &#8220;Oyimqiz va bezori&#8221; baleti, kontsertlari, kamer musiqasi muntazam ijro etilgan. Shostakovich bir necha bor O&#8217;zbekistonga kelgan (1959, 1960, 1964), M.Burhonov, A.Jabborov, F.Yanov-Yanovskiylar bilan do&#8217;stona alohida bo&#8217;lgan, yosh o&#8217;zbek kompozitorlari va musiqashunoslarini qo&#8217;llab quvvatlagan. Shostakovich ijodi ko&#8217;pgina zamonaviy kompozitorlar (jumladan, O&#8217;zbekistonda \u2014 Ik. Akbarov, M.Tojiev, T.Qurbonov, M. Mahmudov, N.G&#8217;iyosov va boshqalar) ijodiga ta&#8217;sir o&#8217;tkazgan. Bu haqda T.Vizgo, N.Yanovyanovskaya va T. G&#8217;afurbekovlar tadqiqotlar yaratishgan. Rossiya (1974), Ukraina (1976), Si- belius nomidagi (1958), Davlat (1941, 1942, 1946, 1950, 1952, 1968), xalqaro Tinchlik (1954) mukofotlari laureati. To&#8217;xtasin G&#8217;afurbekov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Shostakovich Dmitriy Dmitrievich (1906.25.9, Peterburg 1975.9.8, Moskva) \u2014 rus kompozitori, pianinochi, pedagog, jamoat arbobi. 20-asr musiqa klassigi. Rossiya xalq artisti (1948), Xalq artisti (1954), mehnat qahramoni (1966). Leningrad konservatoriyasini fortepiano &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/shostakovich-dmitriy-dmitrievich\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[211],"tags":[],"class_list":["post-103330","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-sh-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/103330","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=103330"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/103330\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":103346,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/103330\/revisions\/103346"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=103330"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=103330"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=103330"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}