{"id":103331,"date":"2023-08-31T17:29:57","date_gmt":"2023-08-31T14:29:57","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=103331"},"modified":"2023-08-31T17:30:03","modified_gmt":"2023-08-31T14:30:03","slug":"shopengauer-artur","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/shopengauer-artur\/","title":{"rendered":"Shopengauer Artur"},"content":{"rendered":"\n<p>Shopengauer Artur (1788.22.2, Dantsig 1860.21.9, Frankfurtmayn) \u2014 nemis faylasufi. Gyottingen universitetida tabiatshunoslik va falsafani o&#8217;rgangan. Berlin universitetida privatdosent (1820-31). Shopengauer o&#8217;zini Gaitning shogirdi, izdoshi hisoblagan. Ayni paytda falsafiy qarashlari norasional tafakkur tarziga moyil. Shopengauer nazdida olam ixtiyor va tasavvur sifatida namoyon bo&#8217;ladi. Ixtiyor \u2014 mutlaq ibtido, butun mavjudlikning asosi, narsa o&#8217;zida; tasavvur \u2014 voqelik, his etish, tafakkur, hayolot, nihoyat, butun olamning o&#8217;zi; uni sub&#8217;yekt hissiy a&#8217;zolari va ongi bilan ko&#8217;z o&#8217;ngida gavdalantirishi mumkin. &#8220;Olam \u2014 mening tasavvurim&#8221;, deydi u; inson ko&#8217;z ochishi bilan duch kelgan hidlaru ranglarga, tovushlaru sukunatga, issig&#8217;u sovuqqa to&#8217;la olam faqat tasavvurdan iborat. Ixtiyor tasavvurga o&#8217;xshamaydi, u sirli, hali kashf etilmagan, ehtimol, umuman kashf etib bo&#8217;lmaydigan narsa. U makon va zamonda yashaydigan mavjudotlarning paydo bo&#8217;lishini ta&#8217;minlaydigan kuch, lekin o&#8217;zi makon va zamonga bo&#8217;ysunmaydi. Inson eng avvalo, ixtiyor etguvchi, istaguvchi, hirs qo&#8217;yguvchi va shundan keyingina bilguvchi, fikrlovchi mavjudot. Insonning yashashga bo&#8217;lgan ixtiyori, istagi g&#8217;oyatda kuchli, u yashash istagida yangidan-yangi ixtiyor iskanjasiga tushaveradi. Ixtiyor changalidan qutulish uchun odam barcha xohish-istaklardan yuz o&#8217;girmog&#8217;i kerak. Shunda u haqiqiy xotirjamlikka, istaksiz umrga erishadi. Buni Shopengauer budda dini bilan bog&#8217;liq holda izohlaydi. Bu dinning ba&#8217;zi g&#8217;oyalarini Shopengauer G&#8217;arb uchun bo&#8217;lajak model sifatida olib qaraydi. Chunonchi nirvanaga etishish g&#8217;oyasiga ixtiyor va tasavvurlar nuqtai nazaridan yondashadi. Shopengauer olamni Budda kabi ro&#8217;yo deb biladi. Shopengauer fikricha, insondagi xudbinlikni ijtimoiy tuzilmalarning o&#8217;zi yenga olmaydi, bu illatdan san&#8217;at yordamida qutulish mumkin. Shopengauer shafqat hissini axloqning asosi deb biladi. Shopengauer g&#8217;oyalari 20-asr falsafasidagi turli oqimlar \u2014 hayot falsafasi, psixoanaliz, intuitivizm va boshqalarga asos bo&#8217;ldi. Asosiy asarlari; &#8220;olam \u2014 ixtiyor va tasavvur sifatida&#8221; (1819-44), &#8220;Axloqshunoslikning ikki asosiy muammosi&#8221; (1837-39), &#8220;hayot maktabining hikmatlari&#8221; (1851). Abdulla Sher.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Shopengauer Artur (1788.22.2, Dantsig 1860.21.9, Frankfurtmayn) \u2014 nemis faylasufi. Gyottingen universitetida tabiatshunoslik va falsafani o&#8217;rgangan. Berlin universitetida privatdosent (1820-31). Shopengauer o&#8217;zini Gaitning shogirdi, izdoshi hisoblagan. Ayni paytda falsafiy qarashlari norasional &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/shopengauer-artur\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[211],"tags":[],"class_list":["post-103331","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-sh-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/103331","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=103331"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/103331\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":103344,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/103331\/revisions\/103344"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=103331"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=103331"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=103331"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}