{"id":103341,"date":"2023-08-31T17:29:53","date_gmt":"2023-08-31T14:29:53","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=103341"},"modified":"2023-08-31T17:29:57","modified_gmt":"2023-08-31T14:29:57","slug":"sholi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/sholi\/","title":{"rendered":"Sholi"},"content":{"rendered":"\n<p>Sholi (Oguxa) \u2014 boshoqdoshlarga mansub bir va ko&#8217;p yillik o&#8217;simliklar turkumi, don ekini. 20 ga yaqin turi asosan Janubiy va Sharqiy Osiyo, Afrika, Amerika, Avstraliya tropiklari va subtropiklarida o&#8217;sadi. Dehqonchilikda tropik, subtropik va mo&#8217;tadil poyasning iliq mintaqalarida bir yillik ekma Sholi (O. zapua) turi ekiladi. Eng qadimiy oziqovqat ekinlaridan biri. Janubiy Sharqiy Osiyoda bundan 7 ming yil muqaddam ekilgan. Sholikorlikning eng qadimiy makonlari Hindiston va Xitoy. O&#8217;rta Osiyoda miloddan avvalgi 3-2-asrdan, Yevropada 8-asrdan, Amerikada 15-16-asrdan ekila boshlagan. G&#8217;arbiy Afrikada yalang&#8217;och donli yoki Afrika Sholisi turi ham ekiladi, yovvoyi o&#8217;sadigan turlari \u2014 nuqtali Sholi (O. rip- s1a1a) va qisqa qiltiqli Sholi ovqatga ishlatiladi. Jahonda Sholi ekin maydonlari 155,5 million gektar (115 dan ortiq mamlakatda ekiladi), hosildorligi 38,4 ts\/ga, yalpi hosil 596,4 million tonnani tashkil etdi (1999). Asosiy Sholi yetishtiradigan mamlakatlar: Xitoy (31,7 million gektar, hosildorlik 63,2 ts\/ga, yalpi hosili 200,4 million tonna), Hindiston (44,8 million gektar, hosildorlik 29,2 ts\/ga, yalpi hosili 131,2 million tonna), Indoneziya (11,6 million gektar, hosildorlik 42,9 ts\/ga, yalpi hosili 49,5 million tonna) (1999). O&#8217;zbekistonda ekin maydoni 101,3 ming gektar, hosildorlik 28,3 ts\/ga, yalpi hosil 287 ming tonna (2003). Bulardan tashqari, Bangladesh, Vetnam, Myanma, Filippin, Braziliya, Pokiston, Kambodja, Yaponiya, AQSh, Koreya mamlakatlarida, Ukraina janubida, Shimoliy Kavkaz, Quyi Volga, Qirg&#8217;iziston va Qozog&#8217;istonda ham Sholi yetishtiriladi. Sholining ildizi popuk ildiz, uzun (1 metrgacha). Poyasi poxolpoya, 50 santimetrdan 3-5 metrgacha. Asosan, 3-5, siyrak ekilganda va ko&#8217;p oziqlantirilganda 30 va undan ortiq poya chiqaradi. Yotib qolmaydigan navlarining poyasi mustahkam. Bargi yashil, qizg&#8217;ish yoki binafsha rang, to&#8217;pguli Shingil, bo&#8217;yi 10-30 santimetr, o&#8217;zidan changlanadi. Bir gulli boshoqchalari 2-tartib shoxchalarida joylashgan. Mevasi po&#8217;st (parda) li don; doni uzun ensiz (hind Sholisi) yoki dumaloq enli (yapon Sholisi); sindirilganda oq, shishasimon, yarim shishasimon yoki unsimon. 1000 ta doni og&#8217;irligi 26-45 gramm. Har xil tur va navlarni uzoq asrlar davomida qayta-qayta chatishtirish natijasida har bir mamlakatning tuproqiqdim sharoitiga mos Sholi navlari va shakllari paydo bo&#8217;lgan. Sholi bahori issiqsevar va yorug&#8217;sevar qisqa kun o&#8217;simligi, urug&#8217;i tuproq harorati 10-12\u00b0 bo&#8217;lganda unib chiqadi, 22-27\u00b0 da yaxshi o&#8217;sib rivojlanadi. Vegetatsiya davri 120-130 (O&#8217;zbekistonda 100-145) kun, Sholi sug&#8217;orib o&#8217;stiriladi (sug&#8217;orish normasi 16-24 ming m3\/ga). Tuplanish, naychalanish davrida 5-25 santimetr qalinlikda suv bostiriladi. Mum pishiqlik davrida suvchiqarib tashlanadi. Sholi qora, kashtan, botqoq tuproqlarda yaxshi o&#8217;sadi. Jahondagi ko&#8217;pgina (asosan, Osiyo) mamlakatlarda ekiladigan asosiy don ekini va aholining asosiy oziq-ovqati (2004 yil BMT tomonidan &#8220;sholi yili&#8221; deb e&#8217;lon qilindi). O&#8217;zbekistonda tantana, to&#8217;y-bayramlarda guruchdan tayyorlanadigan palov zaruriy taom hisoblanadi. Doni (guruchi) oq, qizil, qora rangda, to&#8217;yimli, tarkibida 76,1% kraxmal, 17\u2014 24% amilaza, 2,6% oqsil, 3,9% qand, 1,8% dekstrin, 1 \u2014 1,5% yog&#8217;, 1,4% kul va 0,2% kletchatka, V,, V2, RR vitaminlari bor. Donidan guruch, kraxmal, moy (Murtagidan), spirt, pivo, turli ovqatlar tayyorlanadi; ko&#8217;pchilik xalqlarda non o&#8217;rnini bosadi. Poxolidan sifatli qog&#8217;oz, karton, arqon, to&#8217;qilgan buyumlar, savat, shlyapa va boshqalar tayyorlanadi. Terti (kepagi) mollarga beriladi. Sholi sug&#8217;orish va almashlab ekish tizimida o&#8217;stiriladi. O&#8217;zbekistonda Sholi sho&#8217;rlanmagan yoki turli darajada sho&#8217;rlangan yerlarga bahorda, aprelning 2-yarmida ekiladi (ba&#8217;zi mamlakatlarda niholi ko&#8217;chat qilib yetishtiriladi). O&#8217;zbekiston sharoitida Sholi ekiladigan maydonlarga gektariga 120-180 kilogramm 14, 120-150 kilogramm R205, 100-150 kilogramm K20 solinadi, suv bir me&#8217;yorda ushlab turiladi, keyinchalik 10 santimetrgacha ko&#8217;tariladi, Sholi sarg&#8217;ayib pishishiga yaqin suv berish to&#8217;xtatiladi. Pishgan Sholi yoppasiga kombaynlar bilan o&#8217;rib-yig&#8217;ib olinadi. Navlari: Sholining 10 mingdan ortiq navi bor. O&#8217;zbekistonda ilmiy asosda Sholi navlari yaratish 1930-yillardan boshlandi. 90-yillardan O&#8217;zbekiston sholikorlik institutida chiqarilgan ertapishar, serhosil (potentsial hosildorligi 60-95 ts\/ga), sifatli guruch olinadigan Avangard, UzROS 713, Nukus 2, Lazurnmy, Alanga, Istiqbol, Istiqlol, Tolmas, arpa sholi (&#8220;devzira&#8221;), sanam va boshqalar 14 dan ortiq navlari ekiladi. O&#8217;zbekiston sholikorlik institutida sholikorlikni rivojlantirish, yangi navlarni yaratish, hosildorlikni oshirish, Sholi yetishtirish agrotexnologiyasini ishlab chiqish bo&#8217;yicha yirik ilmiy tekshirish ishlari olib boriladi. Zararkunandalari: sholi pashshksi, sholipoya uzunburuni, qirg&#8217;oq chivini va boshqalar Kasalliklari: pirikulyarioz, ildiz chirishi, gel&#8217;mintosporioz, nematoda kasalliklari, fuzarioz va boshqalar Ad.: Sholikorlik, T., 1967; Zaurov D.E., Sborshikova M.P., Risovodstvo, T., 1989; Umarov Z.U., Zaurov D.E., Kultura risa s peresadkoy, T., 1989. G&#8217;iyos Rahimov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Sholi (Oguxa) \u2014 boshoqdoshlarga mansub bir va ko&#8217;p yillik o&#8217;simliklar turkumi, don ekini. 20 ga yaqin turi asosan Janubiy va Sharqiy Osiyo, Afrika, Amerika, Avstraliya tropiklari va subtropiklarida o&#8217;sadi. Dehqonchilikda &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/sholi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[211],"tags":[],"class_list":["post-103341","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-sh-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/103341","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=103341"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/103341\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":103342,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/103341\/revisions\/103342"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=103341"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=103341"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=103341"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}