{"id":103398,"date":"2023-09-04T09:12:31","date_gmt":"2023-09-04T06:12:31","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=103398"},"modified":"2023-09-04T09:12:37","modified_gmt":"2023-09-04T06:12:37","slug":"xonobodtepa","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/xonobodtepa\/","title":{"rendered":"Xonobodtepa"},"content":{"rendered":"\n<p>Xonobodtepa \u2014 shahar xarobasi (milodiy 6-13-asr boshi \u2014 16-17-asrlar). Toshkent shahri Janubda Chirchiq daryosining o&#8217;ng sohilida, daryodan 0,5 kilometr narida joylashgan. O&#8217;tgan asrning 30-60-yillarida M. E.Masson, V.M.Masson, Yu. F. Buryakov; 1971-75 yillarda Toshkent arxeologiya ekspedisiyasi (V. A. Bulatova, L. G. Brusenko, L. L. Rtveladze, E. V. Rtveladze, M. I. Filanovich) tekshirgan. Xonobodtepa yodgorligi kvadrat (530&#215;500 metr) shaklda. Maydoni taxminan 30 gektar. U keng xandaq bilan o&#8217;ralgan Ark va shahristondan iborat. 6-asrda istehkomsiz kichik qishloq shaklida qad ko&#8217;targan. Xonobodtepa 7-asr o&#8217;rtalarida 4 burchagida minoralari bor mustahkamlangan qalin devor bilan o&#8217;ralgan shaharga aylangan. Shahar ichida muhtasham binolar, uy-joylar, maydon va bozor joylashgan. 8-asrning 1-yarmida vayronaga aylanib, 9-12-asrlarda hayot tiklangan. 13- asr boshida mo&#8217;g&#8217;ullar tomonidan vayron etilgan. Uzoq vaqt vayronalikdan so&#8217;ng, 15-16-asrlarda shahar qayta tiklanib, mustahkam devori yangi Ark (104&#215;80 metr) bino qilingan. Shahar xarobasidan 8-asrning 1-yarmiga oid tangalar (Choch hokimi Tarnabchaning silovsin tasvirli tangasi, Usrushona xrkimi Satachuriy II, Sugd ixshidi turgar (738-750), turk xoqoni Eltegin tangalari) va abbosiylarning mis fuluslaridan iborat xazina; shuningdek, qopqog&#8217;ida qush boshi va soqolli keksa kishi tasviridagi o&#8217;ymakor naqshli ostodonlar, buka boshli sirlangan qadah, 6-12-asrlarga oid sirsiz va sirlangan sopol idishlar topilgan. La.Filanovich M. I., Tashkent. Zarojdenie i razvitie goroda i gorodskoy kulturi, T., 1983; Mukminova R. G., Filanovich M. I., Tashkent na perekrestke istorii, T., 2001; Muhammadjonov A., Qadimgi Toshkent, T., 2002. Abdulahad Muhammadjonov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Xonobodtepa \u2014 shahar xarobasi (milodiy 6-13-asr boshi \u2014 16-17-asrlar). Toshkent shahri Janubda Chirchiq daryosining o&#8217;ng sohilida, daryodan 0,5 kilometr narida joylashgan. O&#8217;tgan asrning 30-60-yillarida M. E.Masson, V.M.Masson, Yu. F. Buryakov; &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/xonobodtepa\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[209],"tags":[],"class_list":["post-103398","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-x-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/103398","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=103398"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/103398\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":103418,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/103398\/revisions\/103418"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=103398"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=103398"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=103398"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}