{"id":103400,"date":"2023-09-04T09:12:33","date_gmt":"2023-09-04T06:12:33","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=103400"},"modified":"2023-09-04T09:12:37","modified_gmt":"2023-09-04T06:12:37","slug":"xorazm-maqomlari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/xorazm-maqomlari\/","title":{"rendered":"Xorazm maqomlari"},"content":{"rendered":"\n<p>Xorazm maqomlari &#8211; maqom turi. Xorazmda maqom yo&#8217;llariga yaqin mumtoz musiqa namunalari qadimdan ma&#8217;lum bo&#8217;lgan. Bizgacha yetib kelgan shakli \u2014 olti maqom (rost, Buzruk, Navo, Dugoh, Segoh, Iroq) tizimi Shashmaqom asosida 19-asr boshlarida shakllangan. Har bir maqom belgilovchi omil \u2014 muayyan lad tizimi va uning asosida yuzaga kelgan kuy yo&#8217;llaridan iborat. Xorazm maqomlari Buxoro Shashmaqomi kabi mustaqil tuzilishga ega bo&#8217;lgan chertim (cholg&#8217;u) va aytim (ashula) bo&#8217;limlarini o&#8217;z ichiga oladi. Chertim yo&#8217;li (bo&#8217;limi) tani maqom, tarje, peshrav, muxammas, Saqil, Ufar kabi shaklan yakunlangan va nisbiy mustaqil qismlardan tashkil toptan. Boshlang&#8217;ich tani makom va yakunlovchi Ufar har bir maqomda bittadan bo&#8217;lsa, o&#8217;rtada keladigan peshrav, muxammas, sakil 2-3 tagacha bo&#8217;ladi. Cholg&#8217;u yo&#8217;li yakkanavozlik va jo&#8217;rnavozlik usulida chalinadi. Yakkanavozlikda tanbur asosiy soz hisoblanadi. Jo&#8217;rnavozlik, odatda, tanbur, dutor, nay, bo&#8217;lamon, qo&#8217;shnay, g&#8217;ijjak, chang, doiradan iborat ansamblda amalga oshiriladi. Shuningdek, Xorazm maqomlarining dutor, sunray yo&#8217;llari ham mavjud. Masalan, 19-20-asr boshlarida Xivada 11 ta Xorazm dutor maqomi mashhur bo&#8217;lgan: Chapandoz, Navoiy, Sadri Iroq, Tashniz, ag&#8217;yor va boshqalar. Tanbur yo&#8217;llaridan farqli o&#8217;laroq ular turkumli asarlar bo&#8217;lib, har bittasi 2\u2014 7 qism (masalan, &#8220;Iroq&#8221; dutor maqomi &#8220;O&#8217;rta Ufori&#8221;, &#8220;nigoron&#8221;, &#8220;Oromijon&#8221;, &#8220;boy- Muxammad&#8221;, &#8220;saqlansin&#8221;) dan iborat bo&#8217;lgan. &#8220;Oraz bam va uforisi&#8221;, &#8220;Majnun Dali&#8221;, &#8220;roviy&#8221;, &#8220;Miskin va Uforisi&#8221;, &#8220;Mo&#8217;g&#8217;ulcha Ufori&#8221;lari M. Yusupov tomonidan &#8220;O&#8217;zbek xalq muzikasi&#8221;ning 6-jildiga kiritilgan. Ayrim yo&#8217;li tani maqom, talqin, Nasr kabi asosiy qismlar \u2014 sho&#8221;balar va ular negizida tuzilgan tarona, suvora, naqsh, faryod va Ufar deb nomlangan variant qismlardan tashkil topadi. Dastlab Xorazm maqomlari ijrosida fors-tojik (Hofiz, Jomiy kabi) va keyinchalik uzbek, ozar mumtoz shoirlari (Navoiy, Fuzuliy, Munis, Ogahiylar)ning g&#8217;azallaridan foydalanilgan. Xorazm maqomlari va Buxoro Shashmaqomining umumiy va farq qiluvchi tomonlari mavjud. Tashqi tomondan Xorazm maqomlari Rostdan, Shashmaqom Buzrukdan boshlanadi. Xorazm maqomlarida Iroqning ashula bo&#8217;limi unutilgan, rost maqomining chertim yo&#8217;llari asosida 8 qismdan iborat Panjgoh turkumi yaratilgan; suvora, naqsh, faryod qismlari o&#8217;ziga xos xususiyatlarga ega; savt va mo&#8217;g&#8217;ulcha kabi 2-guruh sho&#8217;balari uchramaydi. Ichki tuzilishi jihatidan ko&#8217;pchilik doyra usullari, kuy qiyofasi, ijrochilik uslubi mustaqilligi bilan ajralib turadi. Xorazm maqomlari Komil Xorazmiy ixtiro qilgan tanbur chizig&#8217;ida uning o&#8217;zi va o&#8217;g&#8217;li Muhammad Rasul Mirzaboshi tomonidan to&#8217;la yozilgan (1886). Hozirgi nota yozuvida E. Romanovskaya chertim yo&#8217;llarini (&#8220;Xorazm klassik muzikasi&#8221;, T., 1939) va M. Yusupov chertim va aytim yo&#8217;llarini (&#8220;O&#8217;zbek xalq muzikasi&#8221;, 6J., T., 1958) yozib olgan. M. Yusupov tomonidan keyinchalik nashrga tayyorlangan &#8220;Xorazm maqomlari&#8221; to&#8217;plamiga (T., 1980-1987) Xorazm mumtoz musiqasining boshqa janrlari (Suvora, faryod kabi) namunalari ham kiritilgan. E. Romanovskaya, Il. Akbarov tomonidan Matyoqub Xarratov tanburda ijro etgan ayrim parchalar fonografga yozilgan (1934). San&#8217;atshunoslik intida K. Otaniyozov va K. Ismoilovlardan Rost, Navo, Dugoh, Segoh (1949), H. Boltayevdan Buzruk (1952) maqomlarining ashula yo&#8217;llari magnit lentasiga yozib olingan. Xorazm maqomlari ijrochiligining yirik namoyandalari Niyozjonxo&#8217;ja, Komil Xorazmiy, Feruz, Xudoybergan muhrkan, Matyoqub va Matyusuf Xarratovlar, M. Xudoyberganov, K. Otaniyozov, H. Boltaev, M. Raximov, N. Yusupova, M. Yusupov, R. Jumaniyozov va boshqalardir. Ad.: Akbarov I., Kon Yu., Xorazm maqomlari [&#8220;O&#8217;zbek xalq muzikasi&#8221; kitobida, 6J.], T., 1958; Rajabov I., Maqomlar masalasiga doyr, T., 1963; Matyoqubov O., Maqomot, T., 2004.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Xorazm maqomlari &#8211; maqom turi. Xorazmda maqom yo&#8217;llariga yaqin mumtoz musiqa namunalari qadimdan ma&#8217;lum bo&#8217;lgan. Bizgacha yetib kelgan shakli \u2014 olti maqom (rost, Buzruk, Navo, Dugoh, Segoh, Iroq) tizimi Shashmaqom &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/xorazm-maqomlari\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[209],"tags":[],"class_list":["post-103400","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-x-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/103400","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=103400"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/103400\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":103419,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/103400\/revisions\/103419"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=103400"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=103400"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=103400"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}