{"id":103404,"date":"2023-09-04T09:12:40","date_gmt":"2023-09-04T06:12:40","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=103404"},"modified":"2023-09-04T09:12:52","modified_gmt":"2023-09-04T06:12:52","slug":"xoqoniy-shirvoniy","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/xoqoniy-shirvoniy\/","title":{"rendered":"Xoqoniy Shirvoniy"},"content":{"rendered":"\n<p>Xoqoniy Shirvoniy (to&#8217;liq ism-sharifi Afzaliddin Badil ibn Ali) (1120, Shirvon 1199, Tabriz) \u2014 ozar shoiri. G&#8217;azal, qasida va masnaviylar bitgan. Shoir Abu Alo Ganjaviydan (12-asr 1-yarmi) badiiy ijod sirlarini o&#8217;rgangan. 25 yoshida Shirvonshoxdar saroyidagi adabiy doiraga doxil bo&#8217;lib, &#8220;Xoqoniy&#8221; taxallusi bilan g&#8217;azallar yoza boshlagan. Ammo saroy amaldorlari Xoqoniy Shirvoniy bilan ustozi orasida nizo chiqaradi. Xoqoniy Shirvoniy hajga borish bahonasi bilan bu mojarolardan qutuladi (1156). Xoqoniy Shirvoniy hajdan qaytgandan so&#8217;ng ham uning atrofidagi ig&#8217;vo va tuhmatlar to&#8217;xtamaydi. Hatto Mujriddin Boylaqoniy Xoqoniy Shirvoniy imzosi bilan Isfahon xalqini hajv qilib, qasida tarqatadi, shoir zindonga tashlanadi. Uning &#8220;Sifahon&#8221;, &#8220;Hibsiyot&#8221; (1159) qasidalari shu munosabat bilan yozilgan. Vizantiya shahzodasi Andronik Kamen yordamida hibsdan qutulgan. Umrining oxirgi yillarini Tabrizda o&#8217;tkazgan. Shoirning qabri Murg&#8217;ob qabristonidagi &#8220;Maqbarat ushshuaro&#8221;dadir. X.Sh.dan bizga qadar 14 ming baytdan iborat she&#8217;rlar devoni, 3 ming baytni tashkil kiladigan &#8220;Tuhfat ulIroqayn&#8221; (&#8220;ikki Iroq tuhfasi&#8221;, 1157) masnaviysi meros bo&#8217;lib qolgan. She&#8217;rlarida ishqmuhabbat tasviri bilan birga mavjud ijtimoiy tuzum, o&#8217;zi yashayotgan zamon illatlarini ro&#8217;y-rost tanqid, zulm-zo&#8217;ravonliklardan nolish kuchli. Ijodi 13-asrdan o&#8217;rganila boshlagan. &#8220;Tuhfat ulIroqayn&#8221; masnaviysi hamda &#8220;Madoyin qasri&#8221; qasidasi Arab va Ajam xalqlari tarixi, ma&#8217;naviyatini o&#8217;rganishda muhim manba vazifasini ham o&#8217;taydi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Xoqoniy Shirvoniy (to&#8217;liq ism-sharifi Afzaliddin Badil ibn Ali) (1120, Shirvon 1199, Tabriz) \u2014 ozar shoiri. G&#8217;azal, qasida va masnaviylar bitgan. Shoir Abu Alo Ganjaviydan (12-asr 1-yarmi) badiiy ijod sirlarini o&#8217;rgangan. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/xoqoniy-shirvoniy\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[209],"tags":[],"class_list":["post-103404","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-x-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/103404","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=103404"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/103404\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":103424,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/103404\/revisions\/103424"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=103404"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=103404"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=103404"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}