{"id":103414,"date":"2023-09-04T09:08:56","date_gmt":"2023-09-04T06:08:56","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=103414"},"modified":"2023-09-04T09:09:00","modified_gmt":"2023-09-04T06:09:00","slug":"xondamir-giyosiddin-muhammad-ibn-xoja-humomuddin-ibn-xoja-jaloliddin-muhammad-ibn-burhoniddin-muhammad-sheroziy","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/xondamir-giyosiddin-muhammad-ibn-xoja-humomuddin-ibn-xoja-jaloliddin-muhammad-ibn-burhoniddin-muhammad-sheroziy\/","title":{"rendered":"Xondamir G&#8217;iyosiddin Muhammad ibn Xoja Humomuddin ibn Xoja Jaloliddin Muhammad ibn Burhoniddin Muhammad Sheroziy"},"content":{"rendered":"\n<p>Xondamir G&#8217;iyosiddin Muhammad ibn Xoja Humomuddin ibn Xoja Jaloliddin Muhammad ibn Burhoniddin Muhammad Sheroziy (1473-76, Hirot \u2014 1534, Mandu; Dehlida dafn etilgan) \u2014 tarixchi. Ona tomondan Mirxondiing nabirasi va shogirdi. Otasi temuriylardan Sulton Maxmud Mirzoning vaziri bo&#8217;lgan. 10 yoshida Navoiyning kutubxonasida kutubxonachi, 1498 yil mudir. 1503 yildan Balxda Badiuzzamon Mirzo saroyida xizmat qilgan. 1507-10 yillarda shimoliy Afg&#8217;onistonda (Basht qishlog&#8217;ida) adabiy ijod bilan shug&#8217;ullangan. 1510 yil Xondamir Hirotga qaytib kelgan. 1528 yil Xondamir Hindistonga, Boburiylar poytaxti Agraga, ya&#8217;ni Bobur huzuriga borgan va 1529 yil Boburning Bengaliya va Gang daryosi sohili tomon qilgan yurishida qatnashgan. Bobur vafotidan so&#8217;ng Xondamir uning vorisi Humoyun bilan harbiy yurishlarda ishtirok etgan. Ayni vaqtda u &#8220;Humoyunnoma&#8221; asarini yozadi. Bu xizmati evaziga unga &#8220;Amir ulmuarrixin&#8221; unvoni berilgan. Humoyun bilan harbiy yurishdan qaytib kelayotganda vafot etgan. Vasiyatiga binoan, Dehlidagi mashhur qabristonga, shoir Xusrav Dexlaviy (1253-1325) yoniga dafn etilgan. Xondamir 13 ta asar yozgan, bizgacha 8 tasi yetib kelgan; &#8220;ma&#8217;osir ulmuluk&#8221; (&#8220;hamasr podshoxdarning tarixi&#8221;) (1498-99); Alisher Navoiyga bag&#8217;ishlangan: &#8220;Xulosat ulaxbor Fi bayon ulahvol ulaxyor&#8221; (&#8220;Xayrli kishilar ahvolini bayon etish borasida xabarlar xulosasi&#8221;) (1498\u2014 1500) va &#8220;Makorim ulaxloq&#8221; (&#8220;oliyjanob xulkdar&#8221;) (1501); &#8220;dastur ulvuzaro&#8221; (&#8220;Vazirlar uchun qo&#8217;llanma&#8221;) (1500\u2014 01); &#8220;Nomai nomi&#8221; (&#8220;atokli nomalar&#8221;) yoki &#8220;Inshoi G&#8217;iyosiddin&#8221;, &#8220;Inshoi G&#8217;iyosiy&#8221; (1522-23); Mirxondning &#8220;Ravzat US- safo&#8221; asariga Xondamir tomonidan qo&#8217;shilgan ilova \u2014 7-jild va &#8220;geografik qo&#8217;shimcha&#8221; (1522-23); &#8220;Habib ussiyar Fi Axbor af- rod ulbashar&#8221; (&#8220;inson zoti xabarlari va do&#8217;stning tarjimai holi&#8221;) (1520-24); &#8220;Humoyunnoma&#8221; (1534). Xondamirning qolgan 5 ta asarining nomlari ma&#8217;lum xolos: &#8220;Osor ulmuluk Valanbiyo&#8221; (&#8220;podshoh va payg&#8217;ambarlar haqida hikoyalar&#8221;) (1524-25); &#8220;Axbor ulaxyor&#8221; (&#8220;Yaxshi insonlar haqida xabarlar&#8221;); &#8220;Muntaxabi tarixi Vassof&#8221; (&#8220;Vassof tarixidan Saylanma&#8221;); &#8220;Javohir ulaxbor&#8221; (&#8220;xabarlar gavharlari&#8221;); &#8220;g&#8217;aroyib ulasror&#8221; (&#8220;qiziqarli sirlar&#8221;). Navoiyning ma&#8217;lumotiga ko\u2019ra, Xondamir &#8220;Nakiy&#8221; taxallusi bilan she&#8217;rlar yozgan. Xondamirning 3 jildli &#8220;Habib ussiyar Fi Axbor afrod ulbashar&#8221; asarining 1 va 2-jildi Turkistondagi xonlar, Chingizxon va uning avlodlarining tarixi haqida, 3-jildida esa, 15-asrning 90-yillarida Movarounnaxr va Xurosondagi Temuriylar o&#8217;rtasidagi o&#8217;zaro kurashlar, Shayboniyxon bosqini haqida birmuncha ma&#8217;lumotlar bor. Xondamir O&#8217;rta Osiyo, Afg&#8217;oniston, Hindiston tarixiga oid muhim asarlar yaratgan va bu bilan jahon madaniyati xazinasiga munosib hissa qo&#8217;shgan. Dilorom Yusupova.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Xondamir G&#8217;iyosiddin Muhammad ibn Xoja Humomuddin ibn Xoja Jaloliddin Muhammad ibn Burhoniddin Muhammad Sheroziy (1473-76, Hirot \u2014 1534, Mandu; Dehlida dafn etilgan) \u2014 tarixchi. Ona tomondan Mirxondiing nabirasi va shogirdi. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/xondamir-giyosiddin-muhammad-ibn-xoja-humomuddin-ibn-xoja-jaloliddin-muhammad-ibn-burhoniddin-muhammad-sheroziy\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[209],"tags":[],"class_list":["post-103414","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-x-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/103414","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=103414"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/103414\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":103415,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/103414\/revisions\/103415"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=103414"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=103414"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=103414"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}