{"id":103545,"date":"2023-09-04T15:23:23","date_gmt":"2023-09-04T12:23:23","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=103545"},"modified":"2023-09-04T15:23:26","modified_gmt":"2023-09-04T12:23:26","slug":"xalq-maslahatchilari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/xalq-maslahatchilari\/","title":{"rendered":"Xalq maslahatchilari"},"content":{"rendered":"\n<p>Xalq maslahatchilari (O&#8217;zbekiston Respublikasida) 1-instantsiyada jinoyat va fuqarolik ishlarini ko&#8217;rishda qatnashish uchun saylangan fuqarolar. Ish bo&#8217;yicha qaror chiqarishda sudya bilan teng xuquqqa ega. Odatda, ishni ko&#8217;rayotgan sud tarkibiga 2 nafar xalq maslahatchisi kiradi. Odil sudlovni amalga oshirishda fuqarolar Xalq maslahatchilari sifatida qatnashishi ularning fuqarolik burchi hisoblanadi. Sud tarkibida Odil sudlovni amalga oshirishda Xalq maslahatchilari mustaqiddirlar va faqat qonunga bo&#8217;ysunadilar. Xalq maslahatchilarining suddagi faoliyatiga hech qanday aralashuvga yo&#8217;l qo&#8217;yilmaydi, bunday aralashuv qonun bo&#8217;yicha javobgarlikka olib keladi. Sud tarkibida faoliyat ko&#8217;rsatayotgan davrda xalq maslahatchisi uning roziligisiz bo&#8217;shatilishi yoki boshqa ish joyiga o&#8217;tkazilishi mumkin emas. Xalq maslahatchilarining shaxsi daxlsizdir. Xalq maslahatchilariga nisbatan jinoyat ishi faqat O&#8217;zbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning vazifasini bajaruvchi shaxs tomonidan qo&#8217;zg&#8217;atilishi mumkin. Xalq maslahatchilari 25 yoshdan kichik bo&#8217;lmagan O&#8217;zbekiston Respublikasi fuqarosi orasidan turar joy yoki ish joyi bo&#8217;yicha fuqarolar yig&#8217;inida ochiq ovoz berish orqali 2,5 yil muddatga saylanadi. Xalq maslahatchilarining huquqiy maqomi O&#8217;zbekiston Respublikasining &#8220;Sudlar to&#8217;g&#8217;risida&#8221;gi (yangi tahriri) qonunida (2000 yil 14 dekabr) ko\u2019rsatib berilgan (62-modda).<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Xalq maslahatchilari (O&#8217;zbekiston Respublikasida) 1-instantsiyada jinoyat va fuqarolik ishlarini ko&#8217;rishda qatnashish uchun saylangan fuqarolar. Ish bo&#8217;yicha qaror chiqarishda sudya bilan teng xuquqqa ega. Odatda, ishni ko&#8217;rayotgan sud tarkibiga 2 nafar &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/xalq-maslahatchilari\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[209],"tags":[],"class_list":["post-103545","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-x-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/103545","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=103545"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/103545\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":103613,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/103545\/revisions\/103613"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=103545"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=103545"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=103545"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}