{"id":103573,"date":"2023-09-04T15:23:30","date_gmt":"2023-09-04T12:23:30","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=103573"},"modified":"2023-09-04T15:23:39","modified_gmt":"2023-09-04T12:23:39","slug":"xarakter-3","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/xarakter-3\/","title":{"rendered":"Xarakter"},"content":{"rendered":"\n<p>Xarakter \u2014 adabiyot va san&#8217;at asarlarida xususiy belgilari mukammal tasvirlangan va o&#8217;zida fe&#8217;l-atvor (xatti-harakat, kechinma, fikriy va nutqiy faoliyat)ning tarixan aniq tipini mujassamlantirgan, shuningdek, muallifning ma&#8217;naviy-estetik kontsepsiyasini ifodalagan inson obrazi. Badiiy Xarakter umumiy (takrorlanuvchi) va xususiy (takrorlanmaydigan); ob&#8217;yektiv (badiiy Xarakterga proobraz bo&#8217;lib xizmat qilgan kishi hayotining ijtimoiypsixologik asoslari) va sub&#8217;yektiv (proobrazning muallif tomonidan idrok va talkin etilgan) belgilarning o&#8217;zaro uyushgan hosilasidir. Adabiyot va san&#8217;at asarlaridagi Xarakter tushunchasi falsafa, sotsiologiya va psixologiyadagi ayni tushunchadan inson obrazining kontsepsiyaviyligi bilan ajralib turadi. Xarakter tushunchasi ilk marta Yunonistonda, badiiy ijod ruhiy madaniyatdan ajralib chiqqan bir davrda paydo bo&#8217;lgan. Xarakterning antik davrda ifodalagan mazmuni uning hozirgi talqinidan keskin farq qilgan. &#8220;&#8230;Shoirlar ishtirokchilarning xarakterlarini tasvirlash uchun ularni asarga olib kirishmaydi, \u2014 deb yozgan edi Aristotel &#8220;she&#8217;riyat san&#8217;ati to&#8217;g&#8217;risida&#8221;gi risolasida, \u2014 balki ularning xatti-harakatlari orqali xarakterlarini ham (asar doirasiga) jalb etishadi&#8221;. Antik davr tragediyasida ham inson obrazi (Xarakter) emas, balki voqea asar g&#8217;oyasini ifodalab kelgan va muhim badiiy obraz hisoblangan; personajlar asardagi muayyan badiiy vaziyatda o&#8217;ynagan roli bilan bir-biridan farqlangan. Personaj Xarakterining mustaqil g&#8217;oyaviy-badiiy ahamiyatga ega ekanligi antik davrdayoq anglashila boshladi. Chunonchi, Plutarx &#8220;parallel hayotnomalar&#8221; asarida qahramonlarni ular &#8220;taqdir&#8221;i va Xarakteriga ko&#8217;ra o&#8217;zaro qiyoslagan. \u201cXarakter\u201d atamasining bunday 2 xil ma&#8217;noda qo&#8217;llanishi 18-asrgacha davom etib keldi. Adabiyot va san&#8217;atning keyingi rivojlanishi natijasida Xarakter fabuladyan, asar syujetidan tamomila ajralib chiqdi. Uzoq davom etgan tarixiy-adabiy jarayonda Uyg&#8217;onish va klassisizm davrlari alohida ajralib turadi. Uyg&#8217;onish davrida Xarakter xulq-atvorning muayyan belgilaridan forig&#8217; bo&#8217;lib, umuminsoniy hodisa sifatida namoyon bo&#8217;la boshladi. U nafaqat antik davr va o&#8217;rta asr uchun muhim bo&#8217;lgan madaniylik va yovvoyilik, diniy e&#8217;tiqod va e&#8217;tiqodsizlik singari o&#8217;zaro qarama-qarshi belgilardan, balki turli ruhoniy sifatlardan ham xoli bo&#8217;lib bordi. Uyg&#8217;onish davri qahramonlarining Xarakterida harakatchanlik, o&#8217;zgaruvchanlik ko&#8217;zga yaqqol tashlandi. Klassisizm Xarakterning yana avvalgi statik holatiga qaytdi va ayni paytda diqqat e&#8217;tiborini shaxsning ongiga \u2014 &#8220;burch&#8221; bilan &#8220;ko&#8217;ngil&#8221;ning ikkisidan birini tanlash masalasiga qaratdi. Romantizm esa Xarakterni shaxsning ichki olami bilan mushtarak bo&#8217;lgan hodisa sifatida talqin etdi. 19-asrda tantsidiy Realizmning maydonga kelishi bilan Xarakter shaxs bilan jamiyat urtasidagi o&#8217;zaro munosabatning uzviy birligi sifatida uzil-kesil shakllandi. Adabiyot va san&#8217;at asarlarida qahramon shaxsining tashki va ichki mohiyati uning Xarakterini belgilaydi hamda bu qahramon Xarakteri muallifning va boshqa personajlarning u haqsagi tavsifnomalari, shuningdek, syujet rivojidagi o&#8217;rni va roli bilan inkishof etiladi. Masalan, Abdulla Qodiriyning &#8220;O&#8217;tgan kunlar&#8221; romanidagi Otabek Xarakteri, bir tomondan, yozuvchi bilan birga marg&#8217;ilonlik birodarlarning tavsifnomalari, baholari, munosabatlari, ikkinchi tomondan, mazkur qahramonning asar syujetida, voqealar rivojida o&#8217;ynagan roli orqali aniq qirralar kasb etadi. Shu fikr romandagi boshqa yetakchi qahramonlar Xarakteriga ham oiddir. Adabiyot va san&#8217;at asarlarida tasvirlangan qahramonlar har doim ham Xarakter darajasiga ko&#8217;tarila bermaydi. Xarakter, obrazdan farqli o&#8217;laroq, yozuvchidan katta mahoratni, qahramonning muayyan tarixiy-ijtimoiy va madaniy-ma&#8217;rifiy sharoitdagi o&#8217;ziga xos o&#8217;rni va xususiy belgilarini teran ochishni taqozo etadi. Shu ma&#8217;noda epik janrlar yozuvchiga qahramon Xarakterini yorqin yaratish imkonini beradi. Masalan, M. Sholoxovning &#8220;inson taqdiri&#8221; hikoyasida murakkab va mashaqqatli hayot yo&#8217;lini bosib o&#8217;tgan, ammo shunga qaramay, o&#8217;zining ezgu insoniy fazilatlariga gard ham yuqtirmagan Sokolov Xarakteri katta mahorat bilan yaratilgan. Bunday holni G&#8217;afur G&#8217;ulomning &#8220;mening o&#8217;g&#8217;rigina bolam&#8221;, &#8220;Hasan Kayfiy&#8221;, Abdulla Qahhorning &#8220;o&#8217;g&#8217;ri&#8221;, &#8220;Anor&#8221; kabi hikoyalarida ham uchratish mumkin. Har bir milliy adabiyotning boyligi qahramonlar Xarakterining rang-barangligi bilan ham belgilanadi. Agar Abdulla Qodiriy o&#8217;zbek adabiyotiga Otabek va kumush, Yusufbek hoji va O&#8217;zbek oyim singari o&#8217;z siymosida o&#8217;zbek xalqi tarixining muayyan tarixiy davrini va shu xalqning muayyan katlamini ifodalagan Xarakterlarni olib kirgan bo&#8217;lsa, Oybek 20-asr boshlarida yashagan Yo&#8217;lchi, Gulnor, Shoqosim, Qoratoy, Yormat singari 20-asr boshlarida yashagan mehnatkashlarning rangbarang tiplari bilan boyitdi (&#8220;qutlug&#8217;qon&#8221;), Navoiy, Husayn Boyqaro, Nizomulmulk, Majididdin singari tarixiy, Sulton- Murod, Zayniddin, To&#8217;g&#8217;onbek singari to&#8217;qima qahramonlar Xarakterini kashf etdi (&#8220;Navoiy&#8221;). Shunday o&#8217;ziga xos Xarakterlar Shayxzoda, Mirtemir, S. Abdulla, M. Osim, R. Fayziy, O. Yokubov, P. Qodirov, Sh. Xolmirzaev kabi yozuvchilar ijodida ham ko&#8217;plab uchraydi. Badiiy kashfiyot darajasiga ko\u2019tarilgan Xarakter, ijobiy yoki salbiy mohiyatga ega bo&#8217;lishidan qat&#8217;i nazar, har bir adabiyotning badiiy boyligini tashkil etib, o&#8217;zi mansub bo&#8217;lgan xalqning milliy Xarakterini, milliy o&#8217;ziga xosligini badiiy mujassamlantirgani bilan ahamiyatlidir. Li.: Timofeev L. I., Osnovi teorii literaturi, M., 1971; Sultonov I., Adabiyot nazariyasi, T., 1980; Xrapchenko M. B., Gorizonti xudojestvennogo obraza, M., 1982; Vvedenie v xudojestvennuyu xarakterologiyu, Samarkand, 1983. Naim Karimov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Xarakter \u2014 adabiyot va san&#8217;at asarlarida xususiy belgilari mukammal tasvirlangan va o&#8217;zida fe&#8217;l-atvor (xatti-harakat, kechinma, fikriy va nutqiy faoliyat)ning tarixan aniq tipini mujassamlantirgan, shuningdek, muallifning ma&#8217;naviy-estetik kontsepsiyasini ifodalagan inson obrazi. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/xarakter-3\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[209],"tags":[],"class_list":["post-103573","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-x-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/103573","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=103573"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/103573\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":103618,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/103573\/revisions\/103618"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=103573"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=103573"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=103573"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}