{"id":103656,"date":"2023-09-04T16:33:13","date_gmt":"2023-09-04T13:33:13","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=103656"},"modified":"2023-09-04T16:33:32","modified_gmt":"2023-09-04T13:33:32","slug":"xoksor-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/xoksor-2\/","title":{"rendered":"Xoksor"},"content":{"rendered":"\n<p>Xoksor (taxallusi; ismi Muhammad Rizo) (taxminan 1760 \u2014 Xiva \u2014 19-asrning 1-yarmi) \u2014 o&#8217;zbek tilshunosi, shoir. Xiva va Buxoro madrasalarida tahsil olib, Arab va fors tillarini mukammal o&#8217;rgangan. Xoksor &#8220;Muntaxab ullug&#8217;ot&#8221; (&#8220;tanlangan so&#8217;zlar&#8221;, 1799) va &#8220;Zubd ullug&#8217;ot&#8221; (&#8220;Sara, tanlab olingan so&#8217;zlar&#8221;, 1840) kabi ilmiy lug&#8217;atlar yaratgan, lirik she&#8217;rlar yozgan. Xoksorning &#8220;Muntaxab ullug&#8217;ot&#8221; asarini shartli ravishda &#8220;Arabcha\u2014forscha\u2014 O&#8217;zbekcha lug&#8217;at&#8221; deb aytish mumkin, chunki unda asosan Navoiy asarlarida, shuningdek, Navoiydan oldin yoki keyin o&#8217;tgan, fors va turkiy tillarda ijod qilgan ba&#8217;zi mumtoz shoirlarning asarlarida uchrovchi Arabcha, forscha va tushunilishi qiyin bo&#8217;lgan turkiy so&#8217;zlar izohlangan. Bunday so&#8217;zlarning ma&#8217;nosini oydinlashtirish uchun turli uslublarda yozilgan turkiy va forsiy adabiyot namunalaridan misollar keltirilgan. Ushbu lugatdan turli kasb-hunarlarga, ijtimoiy-iqtisodiy va tabiiy fanlarga doir ko&#8217;plab so&#8217;z va terminlar ham o&#8217;rin olgan. Shu jihatdan &#8220;Muntaxab ullug&#8217;ot&#8221; 18-asr ilmiy terminologiyasini o&#8217;rganishda muhim manba hisoblanadi. Xoksorning 2-asari &#8220;Zubd ullugot&#8221;da fors, o&#8217;zbek tillaridagi tushunilishi qiyin so&#8217;zlarning izohi berilib, ularning qaysi tilga mansubligi ko&#8217;rsatilgan. Xoksorning 2 she&#8217;ri \u2014 &#8220;Muntaxab ullugot&#8221;ga va bir muxammasi O&#8217;zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanayotgan (inv. \u2116 1157) bayozga kiritilgan. Xoksor asarlarining 10 dan ortiq nusxalari O&#8217;zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik instituti (inv. \u2116275, 427, 428, 1203, 1681, 3852, 4010, 4367), Sankt Peterburgdagi Sharqshunoslik instituti (inv. \u21161818) qo&#8217;lyozmalar fondida saqlanadi. Ad.: Abdullaev V.A., Xoksor va nishotiy, Samarqand, 1960; Sherbak A.M., Grammatika starouzbekskogo yazika, M.\u2014 L., 1962; Tursunov U., O&#8217;rinboev B., O&#8217;zbek adabiy tili tarixi, T., 1982.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Xoksor (taxallusi; ismi Muhammad Rizo) (taxminan 1760 \u2014 Xiva \u2014 19-asrning 1-yarmi) \u2014 o&#8217;zbek tilshunosi, shoir. Xiva va Buxoro madrasalarida tahsil olib, Arab va fors tillarini mukammal o&#8217;rgangan. Xoksor &#8220;Muntaxab &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/xoksor-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[209],"tags":[],"class_list":["post-103656","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-x-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/103656","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=103656"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/103656\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":103672,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/103656\/revisions\/103672"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=103656"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=103656"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=103656"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}