{"id":103717,"date":"2023-09-05T08:03:03","date_gmt":"2023-09-05T05:03:03","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=103717"},"modified":"2023-09-05T08:03:12","modified_gmt":"2023-09-05T05:03:12","slug":"xoja-muxammad-islom-ibn-xoja-ahmad","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/xoja-muxammad-islom-ibn-xoja-ahmad\/","title":{"rendered":"Xoja Muxammad Islom ibn Xoja Ahmad"},"content":{"rendered":"\n<p>Xoja Muxammad Islom ibn Xoja Ahmad, Faxriddin Xoja Muhammad Islom, Xoja Islom Jo&#8217;yboriy (1493 \u2014 Buxoro\u20141563.15.9) \u2014 Jo&#8217;ybor xojalarining mashhur namoyandasi, Buxoro Shayx ulislomi. Buxoro xonlari Ubaydullaxon va Abdullaxon II ning piri. Xoja Muxammad Islom yoshligidan Naqshbandiya tariqati asoslarini puxta o&#8217;rgangan. Maxdumi A&#8217;zam unga ustozlik qilgan. Xoja Muxammad Islom keyinchalik naqshbandiylik tariqatini keng targ&#8217;ib qilgani uchun &#8220;piri Shastiy&#8221; unvoniga ham sazovor bo&#8217;lgan. Xoja Muxammad Islom yoshligidan davlat va siyosat ishlariga faol aralashgan. Buxoro hokimi Ubaydulla Sulton saroyida xizmatda bo&#8217;lgan. Xoja Muxammad Islom Abdullaxon II ning markazlashgan davlat tuzish yo&#8217;lidagi qattiqqo&#8217;l siyosatini qo&#8217;llab quvvatlagan. Buxoro xonligidagina emas, balki butun musulmon sharqida uning nufuzi baland bo&#8217;lgan. Hindiston, Eron, Koshg&#8217;ar, Badaxshon hukmdorlari u bilan xat yozishib turishgan. Movarounnaxrdagi siyosiy jarayonlarda Maxdumi A&#8217;zam vafoti (1542)dan so&#8217;ng Markaziy siymo (yirik diniy ulamo) sifatida asosiy rol o&#8217;ynagan. Abdullaxon II Balx hokimi Pirmuhammadxon taklifini qabul qilib, Buxorodagi hokimligini Balxdagi hokimlikka almashmoqchi bo&#8217;lganida Xoja Muxammad Islom Abdullaxon II bilan uchrashib, uni bu yanglish qaroridan qaytaradi (1561). Buxoro xonligida shu davrda qurilgan ko&#8217;plab me&#8217;moriy obidalar (masjidlar, madrasalar, hammomlar, sardobalar, ustaxonalar, savdo rastalari va kanallar, xonaqoh va boshqalar) ota-o&#8217;g&#8217;il: Xoja Muxammad Islom va Xoja Sa&#8217;duddin nomlari bilan bog&#8217;liqdir. Xoja Muxammad Islomning Gavkushon va Jo&#8217;ybor madrasalarida 8 ming jildlik ulkan kutubxonasi bo&#8217;lgan. U saxovatli va muruvvatli inson bo&#8217;lgani uchun Buxoro xalqi tomonidan &#8220;Qutbul G&#8217;avs&#8221; (&#8220;Madadkor qutb&#8221;), ya&#8217;ni avliyo deb e&#8217;zozlangan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Xoja Muxammad Islom ibn Xoja Ahmad, Faxriddin Xoja Muhammad Islom, Xoja Islom Jo&#8217;yboriy (1493 \u2014 Buxoro\u20141563.15.9) \u2014 Jo&#8217;ybor xojalarining mashhur namoyandasi, Buxoro Shayx ulislomi. Buxoro xonlari Ubaydullaxon va Abdullaxon II &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/xoja-muxammad-islom-ibn-xoja-ahmad\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[209],"tags":[],"class_list":["post-103717","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-x-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/103717","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=103717"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/103717\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":103739,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/103717\/revisions\/103739"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=103717"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=103717"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=103717"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}