{"id":103723,"date":"2023-09-05T08:03:29","date_gmt":"2023-09-05T05:03:29","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=103723"},"modified":"2023-09-05T08:03:33","modified_gmt":"2023-09-05T05:03:33","slug":"xalqaro-astronavtika-federatsiyasi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/xalqaro-astronavtika-federatsiyasi\/","title":{"rendered":"Xalqaro astronavtika federatsiyasi"},"content":{"rendered":"\n<p>Xalqaro astronavtika federatsiyasi \u2014 kosmik fazoni tinchlik maqsadlarida tadqiq qilish va o&#8217;zlashtirish muammolari, shuningdek, raketa texnikasi va kosmik huquq masalalari bilan shug&#8217;ullanuvchi xalqaro ilmiy tashkilot. 1950 yil astronavtika va raketa jamiyatlarining Parijda o&#8217;tkazilgan 1-xalqaro Kongressida 8 ta davlat (Avstriya, Argentina, Buyuk Britaniya, Daniya, Ispaniya, Frantsiya, Germaniya, Shvetsiya) vakillari Xalqaro astronavtika federatsiyasi tuzish haqida qaror qabul qildi. Xalqaro astronavtika federatsiyasi Xalqaro astronavtika Kongressini o&#8217;tkazib turadi. 1952 yil Shtutgart (Germaniya) da bo&#8217;lib o&#8217;tgan 3-xalqaro astronavtika Kongressida Xalqaro astronavtika federatsiyasining nizomi qabul qilindi. 1960 yildan Xalqaro astronavtika federatsiyasi qoshida xalqaro astronomiya akademiyasi va xalqaro kosmik huquq instituti faoliyat ko&#8217;rsatadi. Ushbu tashkilotlar o&#8217;z nizomi va boshqaruv organlariga ega. Xalqaro astronavtika federatsiyasining asosiy boshqaruv organi Bosh Assambleya bulib, u har yili Xalqaro astronavtika federatsiyasining Kongressi bilan yig&#8217;iladi. Bosh Assambleya sessiyasida Xalqaro astronavtika federatsiyasining joriy ishlarini Prezident va 4 ta viseprezidentdan iborat byuro boshqaradi. 40 ga yaqin mamlakatning ilmiy tashkilotlarini birlashtiradi. YUNESKO va xalqaro elektr aloqa Ittifoqi qoshida konsultativ maqomga ega. Xalqaro astronavtika federatsiyasining shtabkvartirasi va kotibiyati Parij shahrida joylashgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Xalqaro astronavtika federatsiyasi \u2014 kosmik fazoni tinchlik maqsadlarida tadqiq qilish va o&#8217;zlashtirish muammolari, shuningdek, raketa texnikasi va kosmik huquq masalalari bilan shug&#8217;ullanuvchi xalqaro ilmiy tashkilot. 1950 yil astronavtika va raketa &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/xalqaro-astronavtika-federatsiyasi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[209],"tags":[],"class_list":["post-103723","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-x-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/103723","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=103723"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/103723\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":103745,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/103723\/revisions\/103745"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=103723"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=103723"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=103723"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}