{"id":103756,"date":"2023-09-05T08:22:41","date_gmt":"2023-09-05T05:22:41","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=103756"},"modified":"2023-09-05T08:22:44","modified_gmt":"2023-09-05T05:22:44","slug":"xan-xan","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/xan-xan\/","title":{"rendered":"Xan, Xan"},"content":{"rendered":"\n<p>Xan, Xan \u2014 qadimgi Xitoyda imperatorlar sulolasi (miloddan avvalgi 206 \u2014 milodiy 220), ushbu sulola boshqargan davlat va Xitoy xalkining nomi. Xan sulolasi 2 qismga bo&#8217;lingan: G&#8217;arbiy Xan (Sixan \u2014 miloddan avvalgi 206 \u2014 milodiy 25) Avvalgi Xan (Syanxan) hamda Sharqiy Xan (Dunxan \u2014 milodiy 25-220) yoki keyingi Xan (Xou- Xan). Birinchi Xan sulolasining asoschisi Lyu Ban bo&#8217;lib, u Gaoszu nomi bilan miloddan avvalgi 202-195 yillari, ikkinchi Xan sulolasining asoschisi esa Lyu Syu (57) bo&#8217;lib, u Guanudi nomi bilan mil. 25\u2014 57 yillari taxtni boshqargan. Har 2 sulola dehqonlar qo&#8217;zg&#8217;olonlari natijasida yuzaga kelgan va tugatilgan. Bu sulolalar avvalgi an&#8217;anaviy ma&#8217;muriy tuzum va tafakkurni yanada takomillashtirish yo&#8217;lidan borganlar. Ayniqsa, Xitoy imperatorlari o&#8217;zlarini Tangrining yer yuzidagi farzandi, ularga hamma itoat qilishi va bundan bosh tortganlar esa jazolanishi lozim, degan g&#8217;oyani o&#8217;zlariga dastur qilib olganlar. Ichki va tashqi siyosat ham aynan shu g&#8217;oyaga asoslangan. G&#8217;arbiy Xan sulolasining dastlabki davrida qo&#8217;zg&#8217;olonchilar rahbarlarining o&#8217;lkalarga hokim etib tayinlanishi va bir qancha imtiyozlarga, jumladan, o&#8217;zi idora qilayotgan hududdagi soliq va moliya masalalarini mustaqil yechish huquqiga ega bo&#8217;lishi markaziy hokimiyatning zaiflashishi va hokimlarning kuchayib ketishiga olib kelgan. Uzoq yillar davomida Hun imperiyasiga o&#8217;lpon to&#8217;lash va unga qarshi kurashish Xitoyning iqtisodiy ahvoliga salbiy ta&#8217;sir ko&#8217;rsatgan. Udi (miloddan avvalgi 140-87) davrida vaziyat o&#8217;zgargan. Markaziy hokimiyatni mustahkamlash yo&#8217;lida siyosiy, iqtisodiy, ma&#8217;muriy, harbiy islohotlar o&#8217;tkazilgan. Udi davrida Xan sulolasi o&#8217;z hududini kengaytirish, Buyuk ipak yo&#8217;lini hunlar qo&#8217;lidan tortib olish va bunga to&#8217;siq bo&#8217;lib turgan Hun (syunnu) xoqonligiga qarshi kura-shish masalasiga katta e&#8217;tibor bergan. Bu borada hunlar ta&#8217;siridan qutulishga intilgan davlatlar bilan ittifoq tuzish, &#8220;uzoqdagi raqib bilan do&#8217;stlashib, yaqindagi dushmanga zarba berish&#8221; strategiyasi amalga oshirilgan. Shu maqsadda o&#8217;sha davrda Turkistonda mavjud bo&#8217;lgan Kangkiya (Kantszyuy), Farg&#8217;ona (Davan davlati), ulug&#8217; yuechji (Dayuechji) kabi davlatlarga Chjan Syan 2 marta elchi kilib yuborilgan. Farg\u2019onaga 2 marta qo&#8217;shin yuborib urush kilgan. Udidan keyingi davrda mamlakat inkirozga yuz tuta boshlagan. Uzoq yillar olib borilgan urushlar Xan imperiyasi hududini kengayishiga olib kelgan bo&#8217;lsada, ular mamlakat iqtisodini zaiflashishi, soliqlarning ko&#8217;payishi, ichki siyosiy va ijtimoiy vaziyatni keskinlashishiga olib kelgan. Vanman hukmronligi davrida (milodiy 9-22) Xitoyda &#8220;Qizil qoshliqlar qo&#8217;zg&#8217;oloni&#8221;, &#8220;Yashil daraxtzorliklar qo&#8217;zg&#8217;oloni&#8221; kabi dehqonlar harakati bo&#8217;lib o&#8217;tib natijada G&#8217;arbiy Xan sulolasi yakun topgan. Ushbu sulolaga mansub ayrim amaldorlar, jumladan, Lyu Syu fursatdan foydalanib hokimiyatni qo&#8217;lga olishga erishgan. Milodiy 25 yil u o&#8217;zini imperator deb e&#8217;lon qilib Xan sulolasi nomini tiklagan. Aholisini tinchlantirish maqsadida soliq hajmini 30 baravar kamaytirgan. Aholi qaytadan ro&#8217;yxatga olingan va mamlakatda 21 million kishi yashayotganligi anikdangan. Davlatning siyosiy va iqtisodiy vaziyati yaxshilangach, Sharqiy Xan sulolasi o&#8217;zining tashqi siyosatini faollashtirgan. 43-44 yillarda Vetnamga qarshi urush qilib, u yerda o&#8217;z nazoratini o&#8217;rnatgan. Shundan keyin Xan sulolasi hunlarga qarshi urush boshlab, Sharqiy Turkistonni bosib olishga intilgan. Bu borada mahalliy hokimlar o&#8217;rtasidagi ziddiyatlardan foydalanishga harakat qilgan va milodiy 97 yil bu vazifani Ban Chao boshchiligidagi bir guruh soqchilarga topshirgan. Ammo Xan sulolasi ayrim yutuqlarga ega bo&#8217;lgan bo&#8217;lsa ham natijada o&#8217;z maqsadiga yetisholmagan. Hunlarga qarshi amalga oshirilgan to&#8217;xtovsiz urushlar, Farg&#8217;onaga qilgan harbiy yurishlar va Buyuk Xitoy devoripsh cho&#8217;zish hamda uni ta&#8217;minlashga qaratilgan harakatlar ikkinchi Xan imperiyasi iqtisodiga salbiy ta&#8217;sir ko&#8217;rsatgan. Mamlakatda xiyonat, qonunbuzarchilik, o&#8217;zaro nizolar, jangu jadallar, siyosiy va ijtimoiy keskinlik avj olgan. Bular natijasida &#8220;sariq belbog&#8217;liklar&#8221; nomli dehqonlar qo&#8217;zg&#8217;oloni yuzaga kelgan va Xan sulolasi tugatilgan. Xan sulolasi davrida barpo etilgan davlat boshqaruv tizimi Xitoyda davlatchilik tizimining keying taraqqiyotiga katta ta&#8217;sir ko&#8217;rsatgan. Abdulahad Xo&#8217;jayev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Xan, Xan \u2014 qadimgi Xitoyda imperatorlar sulolasi (miloddan avvalgi 206 \u2014 milodiy 220), ushbu sulola boshqargan davlat va Xitoy xalkining nomi. Xan sulolasi 2 qismga bo&#8217;lingan: G&#8217;arbiy Xan (Sixan \u2014 &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/xan-xan\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[209],"tags":[],"class_list":["post-103756","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-x-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/103756","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=103756"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/103756\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":103757,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/103756\/revisions\/103757"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=103756"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=103756"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=103756"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}