{"id":103760,"date":"2023-09-05T08:46:43","date_gmt":"2023-09-05T05:46:43","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=103760"},"modified":"2023-09-05T08:46:46","modified_gmt":"2023-09-05T05:46:46","slug":"xarappa-madaniyati","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/xarappa-madaniyati\/","title":{"rendered":"Xarappa madaniyati"},"content":{"rendered":"\n<p>Xarappa madaniyati, Hind vodiysi tamadduni \u2014 jez davriga oid yuksak rivojlangan shahar madaniyati (miloddan avvalgi 2500-1800 yillar). Hindistonning qadimgi aholisi \u2014 dravidlar tomonidan yaratilgan deb taxmin etiladi. Hindiston va Pokistonning Hind daryosi vodiysi va unga ko&#8217;shni viloyatlardagi ulkan hududga (300 ming kvadrad kilometr maydonga) tarqalgan. Xarappa savdo koloniyasi manzilgohi, Shimoliy Afg&#8217;onistonda \u2014 Amudaryoning so&#8217;l qirg&#8217;og&#8217;idagi Sho&#8217;rto&#8217;qay qishloq xarobasidan aniqlangan. Xarappa madaniyati aholisi dengiz va quruqlik orqali Mesopotamiya va O&#8217;rta Osiyo bilan qizg&#8217;in savdo aloqalari olib borgan. Xarappa madaniyatining iqtisodiy asosini sug&#8217;orma dehqonchilik, shuningdek, uy chorvachiligi va hunarmandchilik tashkil etgan. Bu madaniyatga oid 2 asosiy shahar \u2014 Mohenjo Daro va xarappada olib borilgan qazishma ishlari shaharsozlik san&#8217;ati yuksak darajada taraqqiy etganidan dalolat beradi. Bu shaharlarning aholisi 100 ming kishiga yetgan. Shaharlar reja asosida qurilib, qal&#8217;a (Ark) va quyi shahar qismidan iborat bo&#8217;lgan shahar ko&#8217;chalariga pishiq g&#8217;isht yotqizilgan, ariqlar o&#8217;tkazilgan. Kengligi 10 metrga yetgan ko&#8217;chalar qat&#8217;iy to&#8217;rtburchak hosil qilib o&#8217;zaro kesishgan. Ko&#8217;chalarning har 2 tomonida pishiq g&#8217;ishtdan ishlangan 2 va hatto 3 qavatli binolar qad. ko&#8217;targan; ularning suv ta&#8217;minoti va kanalizatsiyasi tizimi puxta ishlab chiqilgan. Badavlat shaharliklar uylarida 30 tagacha xona bo&#8217;lgan. Xarappaliklar uzunlik va og&#8217;irlik o&#8217;lchov birliklari tizimidan xabardor bo&#8217;lishgan. Xarappa madaniyati aholisining original yozuvni kashf etgani ushbu madaniyatning yorqin yutuqlaridan biridir. Bu yozuv bitilgan mingdan ortiq muxr, shuningdek, sopol va metall buyumlar topilgan, lekin, ularni hanuzgacha o&#8217;qishga muvaffaq bo&#8217;linmagan. Professor Yu. Knorozov rahbarligidagi olimlar tomonidan matematik metodlar qo&#8217;llanishi natijasida yozuv o&#8217;ngdan chapga yo&#8217;nalgani va protodravidlarga mansubligi aniqlangan. Xarappa madaniyatining halokatga uchrashi (hasidoriylar istilosi, ekologik sharoitning o&#8217;zgarishi, bezgak epidemiyasi) sabablari noma&#8217;lum. Ad.: Kosambi D., Kulturam tsivilizatsiya drevney Indii. Istoricheskiy ocherk, M., 1968; Kultura drevney Indii, M., 1975; Beshem A., Chudo, Kotoraya bila Indiya, M., 1977; G&#8217;iyosov T.G&#8217;., Qadimgi Hindiston tarixi, T., 2000; Indiya i Tsentralnaya Aziya (doislamskiy period), T., 2000.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Xarappa madaniyati, Hind vodiysi tamadduni \u2014 jez davriga oid yuksak rivojlangan shahar madaniyati (miloddan avvalgi 2500-1800 yillar). Hindistonning qadimgi aholisi \u2014 dravidlar tomonidan yaratilgan deb taxmin etiladi. Hindiston va Pokistonning &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/xarappa-madaniyati\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[209],"tags":[],"class_list":["post-103760","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-x-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/103760","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=103760"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/103760\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":103761,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/103760\/revisions\/103761"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=103760"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=103760"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=103760"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}