{"id":103762,"date":"2023-09-05T08:52:03","date_gmt":"2023-09-05T05:52:03","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=103762"},"modified":"2023-09-05T08:52:06","modified_gmt":"2023-09-05T05:52:06","slug":"xitoylar-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/xitoylar-2\/","title":{"rendered":"Xitoylar"},"content":{"rendered":"\n<p>Xitoylar (o&#8217;zlarini xantszu, Xan&#8217; deb ataydilar) \u2014 xalq. XXRning asosiy aholisi. Shuningdek, Xitoylar Tailand, Malayziya, Indoneziya, Singapur, Vetnam, Birma, Filippin va Kambodjada yashaydi. Dunyoda son jihatdan eng ko&#8217;p xalq hisoblanadi. Umumiy soni taxminan 1,325 milliard kishi (2003 yil). Xitoy tilitsh so&#8217;zlashadilar. X.ning asosiy qismi mongoloid irqlarining tinch okean tarmog&#8217;iga, Xitoylarning kichik guruhlari esa Sharqiy Osiyo va Janubiy Osiyo variantiga mansub. Yozuvi ierogliflardan iborat. Dindorlari \u2014 asosan, budda diniga, daosizm, konfutsiylikka e&#8217;tiqod qiladi, Musulmonlar, xristianlar ham bor. Qadim zamonda Xitoylar Sya, xuasya deb nomlangan. Sya etnonimining Xanga aylanishi Xitoyni 2-marta birlashtirgan Xan sulolasi nomi bilan bog&#8217;liq. Xan etnonimi odatga kirgandan so&#8217;ng ushbu xalq tili xanyuy, yozuvi xantszi deb ataldi. Xitoylar 4000 yillik yozma tarixga ega bo&#8217;lib, ular ilk bor Xuanxe (Qoramuron) daryosi quyi oqimi bo&#8217;ylarida yashashgan. Xitoylar ajdodlari qatoriga miloddan avvalgi 2-ming yillikda turli xil madaniyatlar (Yanshao, Lun- Shan va boshqalar)ni yaratgan, Xuanxe va Yantszi daryolari havzasida dehqrnchilik bilan shug&#8217;ullangan qabilalar kirgan. Miloddan avvalgi 2-ming yillikda hozirgi Xenan, Shensi, Shansi viloyatlari hududida ibtidoiy jamoa munosabatlarining asosiy belgilari saqlanib qolgan in davlati paydo bo&#8217;ldi. Inliklarning G&#8217;arb tomonida ularga kardosh bo&#8217;lgan Chjou qabilalari yashab, ular miloddan avvalgi 11-asrda in davlatini istilo qilishgan. Miloddan avvalgi 11-3-asrlarda hozirgi Xitoy hududida in va Chjou xalqlarining avlodlari bilan aralashib ketgan turli xalqlar (man, jun, Di, i) yashagan. Shuningdek, miloddan avvalgi 1-ming yillik o&#8217;rtalaridan Xitoy manbalarida Yantszi daryosidan Jan.da yashagan ko&#8217;p sonli Yue qabilasi ham tilga olingan. Bu qabilalarning ko&#8217;pchiligi, asosan, tay xalqlarining, shuningdek, indonezlar, vetnamlar va monkxmer xalklarining ajdodlari hisoblangan. Xitoylarning o&#8217;ziga xos mentaliteti, an&#8217;anasi, urf-odatlari, axloq normalari, milliy g\u2019oyasi va madaniyati mavjud. Asosan, qishloq xo\u2019jalik (sholi, paxta yetishtirish), pillachilik, bog&#8217;dorchilik, choy yetishtirish bilan shug&#8217;ullanadilar. Xitoy chinnisi dunyoda juda mashhur.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Xitoylar (o&#8217;zlarini xantszu, Xan&#8217; deb ataydilar) \u2014 xalq. XXRning asosiy aholisi. Shuningdek, Xitoylar Tailand, Malayziya, Indoneziya, Singapur, Vetnam, Birma, Filippin va Kambodjada yashaydi. Dunyoda son jihatdan eng ko&#8217;p xalq hisoblanadi. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/xitoylar-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[209],"tags":[],"class_list":["post-103762","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-x-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/103762","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=103762"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/103762\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":103763,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/103762\/revisions\/103763"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=103762"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=103762"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=103762"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}