{"id":103770,"date":"2023-09-05T09:03:45","date_gmt":"2023-09-05T06:03:45","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=103770"},"modified":"2023-09-05T09:03:49","modified_gmt":"2023-09-05T06:03:49","slug":"xirbat-al-mafjar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/xirbat-al-mafjar\/","title":{"rendered":"Xirbat al-Mafjar"},"content":{"rendered":"\n<p>Xirbat al-Mafjar &#8211; Iordaniyadagi me&#8217;moriy yodgorlik (8-asr); umaviylar saroyi. Iordan daryosining g&#8217;arbida, qadimgi Ierixonnint shimolda joylashgan. Saroy (atrofi burjli mustahkam devor bilan o&#8217;ralgan), devordan tashqaridagi masjid, hammom, ichki va tashki hovlilar bilan yagona majmua hosil qilgan. Xirbat al-Mafjar binolari toshohaktoshlardan bunyod etilgan, gumbazlar bilan yopilgan, hovlilar yuzasiga tosh plitalar yotqizilgan. Saroy umaviylar saroyiga xos an&#8217;anaviy mujassamotga ega: murabba tarxli hovli galereya va Sharqiy hamda g&#8217;arbiy tomoni bo&#8217;ylab g&#8217;isht gumbazli 2 qavatli binolar bilan o&#8217;ralgan. Saroy binosi to&#8217;rtburchak tarhli (67&#215;63 metr), tarzlari ravoqlar qatori bilan quyoshdan to&#8217;silgan. Saroy miyonsaroyi minora ko&#8217;rinishida, tarzlari o&#8217;yma turunjlar bilan bezatilgan va yuqorisi davdanalar bilan yakunlangan; miyonsaroy 2 (tashqi murabba va ichki to&#8217;rtburchak tarhli) xonadan iborat bo&#8217;lib, xonalar o&#8217;zaro keng eshik bilan bog&#8217;langan, tashqi xona devorlariga burchak ustunlariga o&#8217;rnatilgan ravoqlar ishlangan, ichki xona gumbazli; miyonsaroy devori bo&#8217;ylab o&#8217;rnatilgan o&#8217;rindiqlar qabulxona vazifasini o&#8217;taganidan darak beradi. Tarzlari piltavor bo&#8217;rtiqlar shaklidagi hammom binosi murabba tarhli katta xona (30&#215;30 metr) hamda uning shimoli g&#8217;arbidagi kichik xona (4,5&#215;4,5 metr) dan iborat (kichik xona saroy egasining xos xonasi bo&#8217;lgan deb taxmin qilinadi). Masjid to&#8217;rtburchak tarhli (23,6&#215;17,1 metr), 2 qator marmar ustunli, yonida poydevorga o&#8217;rnatilgan minora joylashgan. Tashqi katta hovli o&#8217;rtasida hovuz bo&#8217;lib, ustiga 4 ustunga o&#8217;rnatilgan gumbaz tomli ko&#8217;shk ishlangan. Xirbat al-Mafjar binolari tosh va ganch o&#8217;ymakorligida handasiy, islimiy naqshlar bilan serhasham bezatilgan, naqshin bezaklar orasida bo&#8217;rtma tasvirlar, haykaltaroshlik (ayollar boshlari, Atlant va boshqalar) bezaklari ham uchraydi. Miyonsaroy, hammom va boshqa xonalarning pollari ajoyib (handasiy, to&#8217;g&#8217;ri va egri chiziqlar, aylana, to&#8217;rtburchaklar uyg&#8217;unligidagi) mozaika bilan qoplangan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Xirbat al-Mafjar &#8211; Iordaniyadagi me&#8217;moriy yodgorlik (8-asr); umaviylar saroyi. Iordan daryosining g&#8217;arbida, qadimgi Ierixonnint shimolda joylashgan. Saroy (atrofi burjli mustahkam devor bilan o&#8217;ralgan), devordan tashqaridagi masjid, hammom, ichki va tashki &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/xirbat-al-mafjar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[209],"tags":[],"class_list":["post-103770","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-x-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/103770","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=103770"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/103770\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":103771,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/103770\/revisions\/103771"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=103770"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=103770"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=103770"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}