{"id":103774,"date":"2023-09-05T09:04:40","date_gmt":"2023-09-05T06:04:40","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=103774"},"modified":"2023-09-05T09:04:44","modified_gmt":"2023-09-05T06:04:44","slug":"xislat-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/xislat-2\/","title":{"rendered":"Xislat"},"content":{"rendered":"\n<p>Xislat (taxallusi; asl ism-sharifi Haybatullaxo&#8217;ja Orifxo&#8217;ja o&#8217;g&#8217;li) (1880.10.5 Toshkent 1945.8.6) shoir va tarjimon. O&#8217;zbek mumtoz adabiyotining so&#8217;nggi namoyandalaridan biri. 16-17 yoshlarida Toshkent shahri Kesaqqo&#8217;rg&#8217;on mahallasidagi madrasaga o&#8217;qishga kirib, Arab va fors tillarini mukammal o&#8217;zlashtirgan; o\u2019zbek, Ozarbayjon, turk, fors va Arab adabiyotlarini puxta o&#8217;rgangan. 1908-09 yillarda na- voiy ijodini mutolaa qilib, &#8220;Farhod va Shirin&#8221; hamda &#8220;Layli va Majnun&#8221; dostonlarining soddalashtirilgan nasriy nusxalarini tayyorlagan va o&#8217;z hisobidan nashr etgan. 1910-14 yillarda madrasadoshi Sidqiy Xondayliqiy bilan hamkorlikda &#8220;Armug&#8217;oni xislat&#8221;, &#8220;Hidoyai xislat&#8221;, &#8220;Savg&#8217;oti xislat&#8221;, &#8220;Tuhfai xislat&#8221; kabi bayozlarini nashr ettirgan. Bu bayozlarda shoirning 100 dan ziyod lirik she&#8217;rlari e&#8217;lon qilingan. Xislatning lirik she&#8217;rlarida Bobur, Mashrab va, ayniqsa, Navoiy ijodining ta&#8217;siri kuchli. Bu ta&#8217;sir uning &#8220;Naylaram bog&#8217;u chaman sayrini jonon bo&#8217;lmasa&#8221;, &#8220;qandoq qilay&#8221;, &#8220;Ey nigorim&#8221;, &#8220;iqlimi devona qilgan bir pari savdosidur&#8221;, &#8220;o&#8217;ldim asiring, ey yor&#8221;, &#8220;Ey xublar sarosi&#8221;, &#8220;Orazingmu yo guli ra&#8217;nomidur&#8221;, &#8220;Ey parivash&#8221; singari g&#8217;azallarining badiiy qurilmasida ham, g&#8217;oyaviy yo&#8217;nalishida ham yaqqol ko&#8217;rinadi. Xislatning dunyoviy g&#8217;oyalar bilan yo&#8217;g&#8217;rilgan bir qancha g&#8217;azallari Mulla To&#8217;ychi Toshmuhamedov va Hamroqul qori kabi mashhur hofizlar tomonidan ijro yetib kelingan. Xislat 1917 yildan keyin ham badiiy ijod bilan shug&#8217;ullanib, zamonaviy mavzularda g&#8217;azal va muxammaslar yaratgan. Ammo Sovet davlatining jadid shoirlarga nisbatan sovuq munosabati tufayli u yoshlikda egallagan hunari \u2014 duradgorlikni davom ettirib, 1940 yilga qadar imoratsozlik ishlari bilan ko&#8217;proq mashg&#8217;ul bo&#8217;lgan. Xislatning adabiy merosida tarjima asarlar katta o&#8217;rin egallaydi. U Nizomiyning &#8220;Layli va Majnun&#8221; dostoni, Firdavsiyning &#8220;Shohnoma&#8221; dostoni asosida nasrlashtirilgan &#8220;Barzuyi sher&#8221;, &#8220;Pahlavoni Ahmad&#8221;, Ubayd Zokoniyning &#8220;Mushuk va sichqon&#8221; asarlarini fors tilidan tarjima qilgan, Arab va fors mumtoz adabiyotlaridagi bolalarbop rivoyatlar va masallarni she&#8217;riy tarjima qilib, &#8220;non va halvo&#8221; degan majmua tuzgan. Toshkent sh.dagi ko&#8217;chalardan biri Xislat nomi bilan ataladi. As: G&#8217;azallar, T., 1971.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Xislat (taxallusi; asl ism-sharifi Haybatullaxo&#8217;ja Orifxo&#8217;ja o&#8217;g&#8217;li) (1880.10.5 Toshkent 1945.8.6) shoir va tarjimon. O&#8217;zbek mumtoz adabiyotining so&#8217;nggi namoyandalaridan biri. 16-17 yoshlarida Toshkent shahri Kesaqqo&#8217;rg&#8217;on mahallasidagi madrasaga o&#8217;qishga kirib, Arab va &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/xislat-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[209],"tags":[],"class_list":["post-103774","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-x-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/103774","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=103774"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/103774\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":103775,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/103774\/revisions\/103775"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=103774"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=103774"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=103774"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}