{"id":103806,"date":"2023-09-05T09:37:52","date_gmt":"2023-09-05T06:37:52","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=103806"},"modified":"2023-09-05T09:37:56","modified_gmt":"2023-09-05T06:37:56","slug":"xattotlik-3","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/xattotlik-3\/","title":{"rendered":"Xattotlik"},"content":{"rendered":"\n<p>Xattotlik (Arabcha \u2014 husnixat yozuvchi), kalligrafiya \u2014 yozuv (xat) san&#8217;ati, kitob ko&#8217;chirish hamda me&#8217;moriy inshootlar, badiiy buyumlarning kitobalarini yaratish kasbi. Yozuvning paydo bo&#8217;lishi natijasida yuzaga keldi. Ayniqsa, Arab yozuvining keng tarqalishi tufayli Xattotlikning rivojlanishi jadallashdi. Sharqda, jumladan, O&#8217;rta Osiyoda kitob bosish vujudga kelguniga qadar qo&#8217;lyozma kitob tayyorlash, ularning nusxalarini ko&#8217;paytirish (matn ko&#8217;chirish) bilan xattotlar shug&#8217;ullangan. Xattotlar saroylarda, ayrim amaddorlar huzurida guruh bo&#8217;lib ishlagan. Jumladan, temuriy Shahzoda Boysung&#8217;ur Mirzo (1397-1433) Hirotda tashkil qilgan kutubxonada musavvir, naqqosh va boshqa ustalar bilan bir qatorda 40 dan ortiq xattotlar qo&#8217;lyozma kitoblar tayyorlash, yaroqsiz holga kelganlarini ta&#8217;mirlash bilan mashg&#8217;ul bo&#8217;lgan. Xattotlik san&#8217;atiga bag&#8217;ishlangan ko&#8217;plab risolalar 10 xil asosiy xat uslublari (nasx, kufiy, muxakkak, nasta&#8217;lik, suls, tavqe, ta&#8217;liq, Devoniy, Riko, rik&#8217;iy) mavjudligi haqida darak beradi. O&#8217;rta Osiyoda Arab yozuvlari tarqalguniga qadar turli yozuv usullari bo&#8217;lgan [masalan, sug&#8217;diy, urxunenisey (qadimgi turkiy xoqon yozuvlar) va boshqalar]. Qadimgi yozuvlardan bo&#8217;lgan kufiy yozuvi ko&#8217;pgina me&#8217;moriy va boshqa yodgorlik obidalarining bezagida, saqlanib qolgan. Jumladan, O&#8217;zbekiston musulmonlari diniy idorasida saqlanayotgan Usmon Qur&#8217;oni ham ana shu kufiy (qadimgi Hijoz adabiy yozuvi) da ko&#8217;chirilgan. Qur&#8217;on ko&#8217;chirishda nasx, buyruq va farmonlar yozishda tavqe, maktublar bitishda riqo ishlatilgan. Bulardan tashqari tumor, g&#8217;ubor, shajariy, tug&#8217;ro va boshqa yozuv usullari ham bo&#8217;lgan. 15-asrdan kitob ko&#8217;chirish (fors, eski o&#8217;zbek tillari)da nasta&#8217;liq xati rasm bo&#8217;lgan. Xattotlik Markaziy Osiyoda Temuriylar, Shayboniylar va so&#8217;nggi sulolalar (Ashtarxoniylar, mang&#8217;itlar) davrida yuksak darajada taraqqiy etgan. Amir Temur davrida Mavlono Shamsuddin Munshiy, sangtarosh va xattot oltun juda mashxur bo&#8217;lgan. Alisher Navoiyning shaxsiy kutubxonasida 11 ta yirik san&#8217;atkorlar (Sultonali Mashhadiy, Abduljamil kotib, Darvesh Muhammad Toqiy va boshqalar) Xattotlikda samarali ijod qilgan. &#8220;Xattotlar sultoni&#8221; Sultonali Mashhadiy, Mir Ali Tabriziy va boshqalar nasta&#8217;liq xatini san&#8217;at darajasiga ko&#8217;targan. Temuriy shahzodalar (Ibrohim bin Shohruh, Boysung&#8217;ur Mirzo, Badiuzzamon Mirzo va boshqalar) ham Xattotlikka homiylik qilish bilan birga o&#8217;zlari bu san&#8217;at turi bilan shug&#8217;ullangan; Zahiriddin Muhammad Bobur esa yangi xat va alifbo &#8220;Xammu Boburiy&#8221; ixtirochisidir. Kitobat san&#8217;ati bilan bir qatorda binolarning kitobalari, qabrtoshlardagi bitiklar va buyumlarda Xattotlik keng qo&#8217;llanilgan. Shayboniylardan Muhammad Shayboniyxon va Ubaydullaxon Xattotlik bilan shaxsan shug&#8217;ullangan va nasx xatida yuksak mahorat bilan yozgan. 16-asr Movarounnahr Xattotlik maktabini yuzaga kelishida Mir Ali Hiraviynnsh hayoti va ijodi alohida o&#8217;rin tutadi. Bosmaxona paydo bo&#8217;lguniga qadar kotib, xattotlar mehnati kitob tayyorlashda muhim o&#8217;rin tutgan. Bu Borada Boysung&#8217;ur Mirzo, Alisher Navoiy, Muhammad Rahimxon II (Feruz) va b.ning faoliyatlari diqqatga sazovor. 20-asrda yirik kutubxonalarda xattotlar qo&#8217;lyozma kitoblar nusxasini ko&#8217;paytirish bilan shug\u2019ullandilar. Masalan, Navoiy kutubxonasi (O&#8217;zbekiston milliy kutubxonasi) da bir guruh xattotlar ishlagan. 1943 yilda O&#8217;zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik instituti tashkil topgach, malakali xattotlar (Ibodulla Odilov, Abduqodir Murodov, Abdulla Nosirov, Usmon Karimov va boshqalar) shu yerga to&#8217;plandi: ular ko&#8217;hna qo&#8217;lyozmalarni tiklash, ko&#8217;chirish, tavsif varaqalari tuzish bilan shug&#8217;ullana boshladilar. 20-asr 80-yillariga kelib kitobat san&#8217;ati bir guruh kishilar tomonidan qayta tiklandi. Bunda Habibulla Solih, Abdulla Mirsoatov, To&#8217;xtamurod Zufarov, Alisher Shomuhammedov va boshqalarning xizmatlari katta. Jumladan, Habibulla Solih Mushafi Usmon Qur&#8217;onining asl nusxasidan pergamentga 3 marta nusxa ko&#8217;chirib tayyorlagan (bir nusxasi Malayziyaning Kualalumpur shahrida; pergamentga ko&#8217;chirib tayyorlagan yana bir nusxasi Toshkent Islom universitetida), katta Langar Qur&#8217;onidan (Sankt-Peterburg va O&#8217;zbekistondagi nusxalari asosida) teriga ko&#8217;chirib nusxa tayyorlamoqda. Habibulla Solih 1998 yilda Istanbulda o&#8217;tkazilgan xalqaro xattotlar bellashuvida &#8220;Devoniy&#8221; xat uslubi bo&#8217;yicha kuchli o&#8217;nlikdan o&#8217;rin oldi; 1999 yilda Xattotlikda yangi tarz (naqshin bezak yozuvining alifbosini kashf kilib bu sohada yangilik) yaratgani uchun Lohurdagi xalqaro xattotlar bellashuvida &#8220;Parvin raqam&#8221; (&#8220;Sharq yulduzi&#8221;) unvoniga sazovor bo&#8217;ldi. Abdulaziz Mansurov, Islom Mamatov, Salimjon Badalboev, G&#8217;afurjon Haqberdiev va boshqalar bugungi kundagi eng mashhur xattotlardir. Xattotlik hozirgi kunda Toshkent sharqshunoslik instituti, Toshkent Islom universiteti, Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida o&#8217;rgatiladi. Ad.: Murodov A., O&#8217;rta Osiyo xattotlik san&#8217;ati tarixidan, T., 1971. Abdumajid Madraimov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Xattotlik (Arabcha \u2014 husnixat yozuvchi), kalligrafiya \u2014 yozuv (xat) san&#8217;ati, kitob ko&#8217;chirish hamda me&#8217;moriy inshootlar, badiiy buyumlarning kitobalarini yaratish kasbi. Yozuvning paydo bo&#8217;lishi natijasida yuzaga keldi. Ayniqsa, Arab yozuvining keng &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/xattotlik-3\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[209],"tags":[],"class_list":["post-103806","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-x-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/103806","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=103806"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/103806\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":103807,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/103806\/revisions\/103807"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=103806"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=103806"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=103806"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}