{"id":103889,"date":"2023-09-05T13:21:34","date_gmt":"2023-09-05T10:21:34","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=103889"},"modified":"2023-09-05T13:21:38","modified_gmt":"2023-09-05T10:21:38","slug":"xamsat-ul-mutahayyirin","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/xamsat-ul-mutahayyirin\/","title":{"rendered":"&#8220;Xamsat ul-mutahayyirin&#8221;"},"content":{"rendered":"\n<p>&#8220;Xamsat ul-mutahayyirin&#8221; \u2014 Alisher Navoiy tomonidan uning piri va ustozi Abdurahmon Jomiy vafoti munosabati bilan 1494 yilda yozilgan, adabiyotning xotira turiga oid asar nomi. &#8220;Xamsat ul-mutahayyirin&#8221; iborasi &#8220;hayratlanarli beshlik&#8221; ma&#8217;nosida. Jomiy 14-asrning 40-yillari oxiri va 50-yillarida Samarqandda Ulug&#8217;bek madrasasida, so&#8217;ng boshqa madrasalarda o&#8217;qib yurar ekan, darslarni yaxshi o&#8217;zlashtirishda u boshliq 5 talaba &#8220;Xamsat ul-mutahayyirin&#8221; deb nom chiqargan. &#8220;Xamsat ul-mutahayyirin&#8221; deganda odatda 5 yorug\u2019 yulduz (aniqrog&#8217;i, sayyoralardan Atorud, Zuhra, Mirrix, Mushtariy, Zuhal) ko&#8217;zda tutiladi. Bunda Navoiy o&#8217;sha iboradan foydalangan. &#8220;Xamsat ul-mutahayyirin&#8221; risolasi ham 5 qismdan tashkil topgan bo&#8217;lib, muqaddima, 3 maqolat hamda xotimadan iborat. &#8220;Muqaddima&#8221;da Jomiyning qachon va qayerda tug&#8217;ilgani, ko&#8217;proq qayerda yashagani, naslnasabi, juda erta savod chiqargani, o&#8217;tkir iste&#8217;dod egasi bo&#8217;lib, kichiklikdan she&#8217;rlar yoza boshlagani, tasavvufda Sa&#8217;diddin Koshg&#8217;ariyga shogird tushgani, ilmda tez kamol topib, odamlar bilan muomalada o&#8217;zini har tomondan oddiy tutgani to&#8217;g&#8217;risida ma&#8217;lumotlar beriladi. &#8220;Xamsat ul-mutahayyirin&#8221;ning asosiy qismi 3 maqolatdan tashkil topgan bo&#8217;lib, birinchi maqolatda Navoiy shaxsan o&#8217;zi bilan Jomiy orasida yuz bergan voqea va hodisalar, noyob ijodiy suhbat va uchrashuvlar haqida 16 hikoya keltirgan. Ularning har birida Jomiyning yuksak aql-zakovati, o&#8217;z yaqinlari va shogirdlariga samimiyligi, shu bilan birga, talabchan bo&#8217;lgani, hozirjavobligi, hazil-mutoyibaga moyilligi, ko&#8217;p masalalarda Navoiy bilan hamfikr bo&#8217;lgani yaqqol ko&#8217;zga tashlanadi. Ikkinchi maqolatda Navoiy va Jomiyning o&#8217;zaro yozishmalariga izoxdar berilgan. Bu ikki ulug&#8217;shaxs bevosita muloqot imkoniyati yo&#8217;q vaqtlarda bir- birlariga uzluksiz xat yozib, hol-ahvol so&#8217;rashib turishgan. Ular o&#8217;z maktublarida ba&#8217;zan o&#8217;z davrining muhim ijtimoiy-siyosiy muammolari yuzasidan ham fikr almashishgan. Bu nomalar goh nasrda, goh nazmda bitilgan. Masalan, Jomiyning 1472 yil haj safariga chiqib, Iroqning dajla daryosi bo&#8217;yidan Navoiyga Vatanini sog&#8217;inib yo&#8217;llagan xatidagi g&#8217;azalida shunday bir bayt bor: Bar kanori Dajla dur az yoru mahjur az Diyor, Doram az ashki shafaqgun Dajlai xun bar kanor. Mazmuni: Dajla bo&#8217;yida yoru Diyor bilan ayriliqda, Shafaqrang ko&#8217;zyoshlarimdan shu yerda yana bir Dajla paydo bo&#8217;ldi. Navoiy esa o&#8217;sha &#8220;g&#8217;azalg&#8217;a tatabbu&#8217; qilib&#8221;, noma yozib, Jomiyga jo&#8217;natgan. &#8220;Xamsat ul-mutahayyirin&#8221;dan ma&#8217;lum bo&#8217;ladiki, Navoiyning &#8220;Tuhfat ulafkor&#8221; qasidasining yaratilishida Jomiyning ham roli katta bo&#8217;lgan. Uchinchi maqolatda Jomiy yozgan va turli adabiy janrlarga oid 40 asarning ro&#8217;yxati, bu asarlarning bir qanchalarining yuzaga kelishida Navoiy sababchi bo&#8217;lgani aniq misollar bilan izoxlab berilgan. &#8220;Xotima&#8221; qismida Navoiy Jomiy xuzurida mutolaa qilgan va foydalangan kitoblarning sharhlari, uning ba&#8217;zi zamondoshlari haqida o&#8217;ta salbiy fikrlar bildirgani va buning sabablari, shoirning vafoti va dafn etilish tafsilotlari g&#8217;oyat ta&#8217;sirli ko&#8217;rsatilgan. Asar oxirida Navoiyning ustozi motami munosabati bilan forsiy tilda yozgan marsiyasi matni to&#8217;la keltirilgan. Nashri: Alisher Navoiy, Mukammal asarlar to&#8217;plami [20 j.li], 15J., T., 1999. Ad.: O&#8217;zbek adabiyoti tarixi [5J.li], 2j., T., 1977. Abduqodir Hayitmetov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>&#8220;Xamsat ul-mutahayyirin&#8221; \u2014 Alisher Navoiy tomonidan uning piri va ustozi Abdurahmon Jomiy vafoti munosabati bilan 1494 yilda yozilgan, adabiyotning xotira turiga oid asar nomi. &#8220;Xamsat ul-mutahayyirin&#8221; iborasi &#8220;hayratlanarli beshlik&#8221; ma&#8217;nosida. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/xamsat-ul-mutahayyirin\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[209],"tags":[],"class_list":["post-103889","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-x-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/103889","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=103889"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/103889\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":103890,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/103889\/revisions\/103890"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=103889"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=103889"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=103889"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}