{"id":103946,"date":"2023-09-05T15:40:17","date_gmt":"2023-09-05T12:40:17","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=103946"},"modified":"2023-09-05T15:40:21","modified_gmt":"2023-09-05T12:40:21","slug":"xarajatlar-sarfxarajatlar-chiqimlar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/xarajatlar-sarfxarajatlar-chiqimlar\/","title":{"rendered":"Xarajatlar, sarfxarajatlar, chiqimlar"},"content":{"rendered":"\n<p>Xarajatlar, sarfxarajatlar, chiqimlar \u2014tovarlarni ishlab chiqarish va muomalasi jarayonida turli resurslar (xom ashyo, materiallar, mehnat, xizmatlar, mablag&#8217;lar) sarflari bilan bog&#8217;liq chiqimlarning pul shaklidagi ifodasi. Asosan, ishlab chiqarish va muomala Xarajatlarga bo&#8217;linadi. Ishlab chiqarish Xarajatlari: doimiy Xarajatlar \u2014 ishlab chiqariladigan mahsulot hajmiga bog&#8217;liq bo&#8217;lmagan chikimlar (masalan, hududni qo&#8217;riklash, ma&#8217;muriyatni, bino-imoratlarni saqlash chiqimlari); o&#8217;zgaruvchan Xarajatlar \u2014 ishlab chiqariladigan mahsulot yoki ko&#8217;rsatiladigan xizmat hajmiga bog&#8217;liq bo&#8217;lgan chiqimlar, (masalan, materiallar, xom ashyo sotib olish, ishbay xodimlar mehnatiga haq to&#8217;lash bilan bog&#8217;liq sarflar). To&#8217;liq (umumiy, yalpi) Xarajatlar \u2014 doimiy va o&#8217;zgaruvchan Xarajatlar yig&#8217;indisi; bevosita ishlab chiqarish Xarajatlari (aniq bir mahsulotni ishlab chiqarish bilan bog&#8217;liqva uning tannarxiga kiritiladigan chiqimlar), ekspluatatsiya Xarajatlari \u2014 mashina, uskuna, transport vositalari va boshqalardan foydalanish bilan boglis chiqimlar. Muomala Xarajatlarga qo&#8217;shimcha muomala chiqimlari (ishlab chiqarish jarayonlarini muomala sohasida davom etishi \u2014 qadoqlash, saqlash, sotiladigan joyga eltish va boshqalar bilan bog&#8217;liq) va sof muomala chiqimlari (bevosita oldi-sotdi operatsiyalari bilan bog&#8217;liq) Xarajatlar kiradi. Muomala Xarajatlar, odatda, iste&#8217;molchilar uchun (transport-ekspeditorlik chiqimlari, bojxona boji to&#8217;lash, port soliq va yig&#8217;imlarini to&#8217;lash, bank xizmatlari uchun chiqimlar, vakillik Xarajatlari), ishlab chiqaruvchilar uchun (savdo-sotiq bo&#8217;linmasini saqlash, marketing tadqiqotlari, reklama, transport-ekspeditorlik chiqimlari, vositachilarga haq to&#8217;lash, sotishdan oddinti servis va texnika xizmati uchun chiqimlar, bank operatsiyalari bo&#8217;yicha xarajatlar, vakillik xarajatlari va boshqalar) va savdo uchun (tovarni xarid qilish, tashish, saqlash va sotish bilan bog&#8217;liq chiqimlar) alohida hisobkitob qilinadi. Resurslardan foydalanish samaradorligini tahlil qilishda &#8220;muqobil Xarajatlar&#8221; tushunchasi (agar hozirgi mavjud ishlab chiqarish o&#8217;rniga muqobil ishlab chiqarish bo&#8217;lganida olinishi mumkin bo&#8217;lgan qiymat) qo&#8217;llanadi. Bu Xarajatlarga foizlar va mulkdorga to&#8217;lanadigan haq ham kiritiladi. Xarajatlarni qisqartirish foydani ko&#8217;paytirishning muhim talabi hisoblanadi. Alisher Vahobov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Xarajatlar, sarfxarajatlar, chiqimlar \u2014tovarlarni ishlab chiqarish va muomalasi jarayonida turli resurslar (xom ashyo, materiallar, mehnat, xizmatlar, mablag&#8217;lar) sarflari bilan bog&#8217;liq chiqimlarning pul shaklidagi ifodasi. Asosan, ishlab chiqarish va muomala Xarajatlarga &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/xarajatlar-sarfxarajatlar-chiqimlar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[209],"tags":[],"class_list":["post-103946","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-x-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/103946","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=103946"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/103946\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":103957,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/103946\/revisions\/103957"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=103946"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=103946"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=103946"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}