{"id":104230,"date":"2023-09-06T13:32:21","date_gmt":"2023-09-06T10:32:21","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=104230"},"modified":"2023-09-06T13:32:24","modified_gmt":"2023-09-06T10:32:24","slug":"rabguziy","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/rabguziy\/","title":{"rendered":"Rabg&#8217;uziy"},"content":{"rendered":"\n<p>Rabg&#8217;uziy (taxallusi; asl ism-sharifi Nosiriddin Burhoniddin o&#8217;g&#8217;li) (13-asr oxiri \u2014 Xorazmning Raboto&#8217;g&#8217;uz mavzei \u2014 14-asr boshlari) \u2014 shoir. Raboto&#8217;g&#8217;uzda qozilik qilgan. Sharq xalqlari og&#8217;zaki ijodini, ayniqsa, rivoyatlarni, avliyo-anbiyolar to&#8217;g&#8217;risidagi qissalarni chuqur o&#8217;rgangan. O&#8217;zi ham ko&#8217;pgina ibratli hikoyatlar, qissalar yozgan. Turkiy xalqlar adabiyoti tarixida birinchilardan bo&#8217;lib nasrda rivoyatlardan hikoyat, hikoyatlardan qissa yaratishni boshlab bergan. Bizgacha &#8220;Qisasi Rabg&#8217;uziy&#8221; (1309-10) asarigina yetib kelgan. Asar musulmon mo&#8217;g&#8217;ul beklaridan Nosiriddin To&#8217;qbug&#8217;aning topshirig&#8217;i bilan yozilgan. Kitob turkiy tilda, asosan, nasrda, madhiyalar, ba&#8217;zi qissalarning xulosalari, lirik kechinmalar va xotima qismi esa nazmda yozilgan. Qur&#8217;oni karimdagi ba&#8217;zi lavhalar, Islomga oid boshqa kitoblardan va Abu Ishoq Nishopuriyning &#8220;Qisas ul-anbiyo&#8221;sidan ayrim faktlar asarga asos qilib olingan. Asar an&#8217;anaviy hamd va na&#8217;t bilan boshlanadi, so&#8217;ng uning yozilish sababi, muallif haqida ma&#8217;lumot beruvchi qisqa so&#8217;zboshi, keyin esa qissalar keladi. Jami 72 qissadan iborat. Mavzu doirasiga ko&#8217;ra, asar qissalari juda rang-barang. Olamdagi butun mavjudot egasi bo&#8217;lgan Allohni ulug&#8217;lash, payg&#8217;ambarlar hayotiga doir lavhalarni eslash, kamtarinlik va takabburlik, ota-ona va farzand munosabatlari, erk va adolat mavzulari shular jumlasidandir. Qissalar hajmi turlicha: masalan, Yusuf haqidagi qissa salkam 100 sahifani tashkil kilsa, Lut haqidagi qissa bir necha sahifadangina iborat. Qissalarda Real hayot voqealari bilan bog&#8217;liq mavzular ham uchraydi. Qissalar bayonida, personajlar tasvirida xalq og&#8217;zaki ijodining bevosita ta&#8217;siri seziladi. Asarda ma&#8217;rifiy-didaktik hikoyatlar ham mavjud (Luqmon hikoyasi va boshqalar), qissalardagi hikoyatlarga dunyoviy ruh ham singdirilgan (Yusuf qissasi va boshqalar). Rabg&#8217;uziyning bu asari o&#8217;zbek adabiyotida badiiy nasr yodgorligining yetuk namunasi hamda 13-14-asrlar eski o&#8217;zbek adabiy tilini o&#8217;rganishda asosiy manba sifatida ahamiyat kasb etadi. Qissaning 15-asrga oid qo&#8217;lyozmasi Londondagi Britaniya muzeyida, 16-asrda ko&#8217;chirilgan nusxasi Sankt-Peterburgda, 19-asrda ko&#8217;chirilgan qo&#8217;lyozma, shuningdek, bosma nusxalari O&#8217;zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida (inv. \u21161025, 7397, 1874) saqlanadi. As: Qisasi Rabg&#8217;uziy, 1-2-kitob, T., 1990-91. Ad.: O&#8217;zbek adabiyoti tarixi [5 j.li], 1J., T., 1977. Habib Abdunazar.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Rabg&#8217;uziy (taxallusi; asl ism-sharifi Nosiriddin Burhoniddin o&#8217;g&#8217;li) (13-asr oxiri \u2014 Xorazmning Raboto&#8217;g&#8217;uz mavzei \u2014 14-asr boshlari) \u2014 shoir. Raboto&#8217;g&#8217;uzda qozilik qilgan. Sharq xalqlari og&#8217;zaki ijodini, ayniqsa, rivoyatlarni, avliyo-anbiyolar to&#8217;g&#8217;risidagi qissalarni &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/rabguziy\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[214],"tags":[],"class_list":["post-104230","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-r-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/104230","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=104230"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/104230\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":104234,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/104230\/revisions\/104234"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=104230"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=104230"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=104230"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}