{"id":10456,"date":"2021-11-14T10:24:30","date_gmt":"2021-11-14T07:24:30","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=10456"},"modified":"2025-11-03T13:45:15","modified_gmt":"2025-11-03T10:45:15","slug":"artilleriya-haqida-nimani-bilasiz","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/artilleriya-haqida-nimani-bilasiz\/","title":{"rendered":"ARTILLERIYA haqida nimani bilasiz?"},"content":{"rendered":"\n<p>ARTILLERIYA (Fransuzcha artillere \u2014 tayyorlamoq, shaylamoq) \u2014 1) qo&#8217;shin turi; 2) qurollar turi; 3) artilleriya qurollari haqidagi fan. Dengiz, havo va quruqlikdagi Artilleriyaga bo&#8217;linadi. Dengiz Artilleriyasi o&#8217;z navbatida qirg&#8217;oq va kema Artilleriyasiga, havo Artilleriyasi ballistik va taktik xususiyatiga ko&#8217;ra zambarak, gaubitsa, tankka karshi minomyot, reaktiv va Zenit (havo) Artilleriyaga bo&#8217;linadi. Quruqlikdagi Artilleriya yer usti, Zenit va maxsus Artilleriyaga ajratiladi. Yer usti Artilleriyasi yerdagi kuchlarga qarshi jang qilish uchun, Zenit Artilleriyasi esa samolyotlarga va (ba&#8217;zan) yerdagi kuchlarga qarshi o&#8217;t ochish uchun ishlatiladi. Maxsus Artilleriya asosan reaktiv qurollarga qarshi qo&#8217;llaniladi. Artilleriya to&#8217;plarining kalibrlari 20 dan 400 millimetrgacha va undan katta, og\u2019irligi bir necha kilogrammdan o&#8217;nlab va yuzlab t gacha bo&#8217;lishi mumkin. Ballistik xususiyatiga ko\u2019ra Artilleriya qurollari nishonga to&#8217;g&#8217;ri otuvchi (pushka) va qiyalatib otuvchi tuplar (minomyot, gaubitsa va morgiralar) ga ajratiladi. Artilleriya fan sifatida Artilleriya qurollarining tuzilishi, ulardan foydalanish, ularni loyihalash, ishlab chiqarish, jangda ishlatish haqidagi ilmlarni o&#8217;z ichiga oladi. Artilleriya ko&#8217;p asrli tarixga ega. Qadim zamonda Xitoy, Yevropada tosh otadigan (irg&#8217;itadigan) mashinalar bo&#8217;lgan. Amir Temur qal&#8217;alarni zabt etishda tosh otadigan ana shunday mashinalar (palaxmonlar)dan, Bobur Hindistonni zabt etishda borund (porox) bilan ishlaydigan &#8220;to&#8217;fak&#8221; dan foydalangan. Otish uchun arablar poroxdan foydalana boshlashgach (14 &#8211; asr), Artilleriya davri boshlanadi. Dastlabki to&#8217;plar yog&#8217;och taglikka o&#8217;rnatilgan temir karnay shaklida bo&#8217;lib, o&#8217;q sifatida temir, tosh parchalari ishlatilgan. Keyinroq (15-asr) to&#8217;plar mis va jezdan quyila boshlandi. Artilleriya texnikasi mukammallashdi, faqat qamal va himoya uchungina emas, balki dala janglarida ham ishlatila boshlandi. Artilleriya piyoda askarlarga yordam beruvchi mustaqil qo&#8217;shin turiga aylandi. Tutunsiz poroxlarning qo&#8217;llanilishi, stvol va snaryadlarning uzaytirilishi, to&#8217;pning o&#8217;q otish vaqtida orqaga tepishiga chek qo&#8217;yish Artilleriya ga tez va uzoqqa otish imkonini berdi. O&#8217;t ochishga tayyorgarlik, nishonga to&#8217;g&#8217;rilash va o&#8217;q uzish jarayonlarining mexaniqlashtirilishi Artilleriya ning yuksak operativ-taktik tezkorligini ta&#8217;minladi. Artilleriyaning so&#8217;nggi taraqqiyoti reaktiv va atom Artilleriyasini yaratish va takomillashtirishdan iborat. O&#8217;zbekiston qurolli Kuchlarida ham Artilleriyaning ahamiyati katta.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ARTILLERIYA (Fransuzcha artillere \u2014 tayyorlamoq, shaylamoq) \u2014 1) qo&#8217;shin turi; 2) qurollar turi; 3) artilleriya qurollari haqidagi fan. Dengiz, havo va quruqlikdagi Artilleriyaga bo&#8217;linadi. Dengiz Artilleriyasi o&#8217;z navbatida qirg&#8217;oq va &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/artilleriya-haqida-nimani-bilasiz\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[107],"tags":[],"class_list":["post-10456","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/10456","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=10456"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/10456\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":164765,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/10456\/revisions\/164765"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=10456"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=10456"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=10456"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}