{"id":104622,"date":"2023-09-07T15:08:55","date_gmt":"2023-09-07T12:08:55","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=104622"},"modified":"2023-09-07T15:08:58","modified_gmt":"2023-09-07T12:08:58","slug":"shershunoslik","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/shershunoslik\/","title":{"rendered":"She&#8217;rshunoslik"},"content":{"rendered":"\n<p>She&#8217;rshunoslik &#8211; she&#8217;r tuzilishi, she&#8217;riy asarning g&#8217;oyasi, badiiyati va shaklini o&#8217;rganuvchi fan sohasi, adabiyotshunoslikning bir bo&#8217;limi. She&#8217;rshunoslik ilmiy jihatdan asosan 3 narsani: she&#8217;r san&#8217;ati, she&#8217;r vazni va she&#8217;r qofiyasini o&#8217;rganadi. She&#8217;rning mazmun jihatlarini (ma&#8217;lum qadar, g&#8217;oyaviy xususiyatlarini ham) o&#8217;rganish esa adabiy tanqidning vazifasiga kiradi. She&#8217;rshunoslik fonika (qofiya va tovush usullari), Megrika (vazn) va strofika (band va qofiyalar tuzilishi) kabi qismlardan iborat. She&#8217;rshunoslik she&#8217;r tuzilishining taraqqiyotini, uning milliy til hamda boshqa xalqlarning she&#8217;r tuzilishlari bilan aloqasini tekshiradi. She&#8217;rshunoslik qadimdan fan sifatida shakllangan. Yunonistonda miloddan avvalgi 4-3-asrlarda yuzaga keddi va uzoq davrlargacha she&#8217;r yozish qoidalarini o&#8217;rganuvchi normativ va formalistik tarzdagi fan bo&#8217;lib qoldi. Hindistonda She&#8217;rshunoslik 5-asrda paydo bo&#8217;ldi. U sanskrit tilida yaratilgan, 2-ming yillikning oxiri \u20141-ming yillik avvaliga mansub Veda adabiyotiga sharhlar yozish tarzida yuzaga keldi. O&#8217;zbek She&#8217;rshunoslik tarixi, asosan, 2 yirik davrga bo&#8217;linadi: 1) 20-asrning boshla- rigacha bo&#8217;lgan davr. Mazkur davr Islomning O&#8217;rta Osiyoga kirib kelishidan boshlab juda katta muddatni o&#8217;z ichiga qamrab olgan. Bu davr She&#8217;rshunoslikiga doir manbalar Yaqin va O&#8217;rta Sharq mamlakatlari hamda O&#8217;rta Osiyo, jumladan, o&#8217;zbek mutafakkir olimlarining nazm va aruz haqidagi Arab, fors va turkiy (o&#8217;zbek) tillarida yozgan risolalari, kitoblari va tazkiralaridan iboratdir. Tarixiy poetikaning ulkan bilimdonlari Abu Ali ibn Sino, Xalil ibn Ahmad, Shamsiddin Muhammad ibn Qays Roziy, Mahmud az-Zamaxshariy, Rashididdin Vatvot, Aruziy Samarqandiy, Yusuf Sakkokiy, Sa&#8217;diddin Taftazoniy, Shayx Ahmad Taroziy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Muhammad Avfiy, Davlatshoh Samarqandiy, Atoulloh Mahmud Husayniy, Zahiriddin Muhammad Bobur singari allomalarning nazm ilmi borasidagi risolayu kitoblari Sharq xalqlari, shu jumladan, o&#8217;zbek xalqi she&#8217;riyati va uning nazariyasini ylmiy o&#8217;rganish qadimdan rivoj topganligini ko&#8217;rsatadi. 9-13-asrlar davomida Forobiy, Ibn Sino, Zamaxshariy kabi mutafakkirlar o&#8217;z risolalarida va poetikaga oid asarlarida she&#8217;riyatni tadqiq etishning o&#8217;ziga xos yo&#8217;llarini ko&#8217;rsatib o&#8217;tishgan. Masalan, Shayx Ahmad ibn Xudoydod Taroziy turkiy tildagi &#8220;Fu nun ulbalog&#8217;a&#8221; kitobida o&#8217;z davri she&#8217;riyati, vazn, qofiya va san&#8217;atlar haqida muhim ilmiy ma&#8217;lumotlarni keltirgan. Alisher Navoiyning &#8220;Risolai mufradot&#8221;, &#8220;mezon ulavzon&#8221;, &#8220;Majolis un-nafois&#8221;, Boburning &#8220;muxtasar&#8221; asarlari ham Sharq she&#8217;riyatining turli muammolariga bag&#8217;ishlangan asarlar sirasiga mansub. O&#8217;tmishda Sharq, jumladan, o&#8217;zbeq She&#8217;rshunoslikida she&#8217;riyatni turli sohalariga ko&#8217;ra o&#8217;rganish ma&#8217;qul ko&#8217;rilgan: &#8220;ilmi aruz&#8221;, &#8220;ilmi qofiya&#8221;, &#8220;ilmi badi'&#8221;, &#8220;ilmi muammo&#8221; kabi; 2) 20-asrning 20-30-yillaridan to shu kungacha bo&#8217;lgan davr. Bu davrga kelib adabiyot darsliklari va o&#8217;quv qo&#8217;llanmalarida o&#8217;zbek she&#8217;riyatini o&#8217;rganish, vazn va qofiyaga oid mulohazalar paydo bo&#8217;ldi. 30-40-yillarda Fitratning &#8220;aruz haqida&#8221;, &#8220;adabiyot qoidalari&#8221; risolalari bilan bir qatorda A.Sa&#8217;diy, Oybek, G&#8217;afur G&#8217;ulom, I.Sultonning darslik va ilmiy risolalari dunyo yuzini ko&#8217;rgan bo&#8217;lsa, o&#8217;tgan asrning 60-90-yillarida She&#8217;rshunoslik borasida ko&#8217;plab tadqiqotlar paydo bo&#8217;ldi. M.Shayxzoda, A.Hayitmetov, A.Abdug&#8217;afurov, Sh. Shomuhamedov, S. Ma-majonov, O.Sharafiddinov, A.Rustamov, U.To&#8217;ychiev, A.Hojiahmedov, N.Shukurov, R.Orzibekov, U.Normatov, O.Nosirov, N.Karimov, T.Boboev, Yo.Ishoqov, J.Kamol, B.Akramov, B.Sarimsoqov, I.Haqqulov va boshqalar olimlarning tadqiqotlarida o&#8217;zbek She&#8217;rshunoslikining turli masalalari yoritildi. O&#8217;tgan asrning 90-yillar she&#8217;riyati, she&#8217;riyatdagi yangicha dunyoqarash va uning o&#8217;ziga xos ko&#8217;rinishda aks etishi, qahramon va uning ruhiyati, shoir va uning shuuriy darajasi muammolari ilmiy ishlar mavzulariga aylandi. O&#8217;zbek She&#8217;rshunosliki qadim ildizlardan oziqlangan holda jahon adabiyotshunosligining eng ilg&#8217;or jihatlaridan bahramand bo&#8217;lgan o&#8217;zbek fanini qo&#8217;plab yangi tadqiqotlar bilan boyitib bormoqda. Otabek Jo&#8217;raboyev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>She&#8217;rshunoslik &#8211; she&#8217;r tuzilishi, she&#8217;riy asarning g&#8217;oyasi, badiiyati va shaklini o&#8217;rganuvchi fan sohasi, adabiyotshunoslikning bir bo&#8217;limi. She&#8217;rshunoslik ilmiy jihatdan asosan 3 narsani: she&#8217;r san&#8217;ati, she&#8217;r vazni va she&#8217;r qofiyasini o&#8217;rganadi. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/shershunoslik\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[211],"tags":[],"class_list":["post-104622","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-sh-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/104622","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=104622"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/104622\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":104629,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/104622\/revisions\/104629"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=104622"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=104622"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=104622"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}