{"id":104624,"date":"2023-09-07T15:08:54","date_gmt":"2023-09-07T12:08:54","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=104624"},"modified":"2023-09-07T15:08:58","modified_gmt":"2023-09-07T12:08:58","slug":"sheriyat-poeziya","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/sheriyat-poeziya\/","title":{"rendered":"She&#8217;riyat, poeziya"},"content":{"rendered":"\n<p>She&#8217;riyat, poeziya \u2014 she&#8217;riy asarlar majmui. Dastlab She&#8217;riyat deyilganda, umuman badiiy adabiyot tushunilgan. She&#8217;riyat badiiyatga daxldor sanalgan. Insoniyat tarixida faqat she&#8217;r shaklida yozilgan bitiklargina so&#8217;z san&#8217;atiga tegishli hisoblab kelingan. Garchi qadim zamonlarda ham nasrga oid asarlar yaratilgan bo&#8217;lsada, ular nafis san&#8217;atga, badiiy adabiyotga tegishli emas, deb qaralgan. She&#8217;rning muayyan ichki tartib asosiga qurilganligi, oddiy so&#8217;zlashuvga o&#8217;xshamasligi, hamma ham fikru tuyg&#8217;ularini bu shakdda ifodalay olmasligi unga qandaydir sirlilik, mumtozlik maqomini beradi. Bunday qarash butun dunyoda hukmron bo&#8217;lgan. Yevropada Uyg&#8217;onish davriga kelibgina nasriy asarlar badiiy adabiyotga tegishli ekanligi tan olingan. Rossiyada 19-asr boshlarida nasriy asarlar ham badiiy adabiyot namunalari sanaladigan bo&#8217;ldi. Musulmon sharqida esa, nasrni so&#8217;z san&#8217;atiga tegishli, deb hisoblamaslik 19-asr oxirlariga qadar davom etib keldi. Alisher Navoiy &#8220;hayrat ulabror&#8221; asarida chamanzordagi gul kabi go&#8217;zal va tartibli she&#8217;r (nazm)ning tuproqqa qorishib yotgan chechak singari bo&#8217;lgan nasrdan mislsiz darajada ustun ekanligini &#8220;nazm anga gulshanda ochilmog&#8217;lig&#8217;i, Nasr qaro erg&#8217;a sochilmog&#8217;lig&#8217;i&#8221; va &#8220;Bo&#8217;lmasa e&#8217;joz (mo&#8221;jiza) maqomida nazm, bo&#8217;lmas edi Tengri kalomida nazm&#8221; tarzida ifoda etadi. Shuning uchun ham o&#8217;zbek adabiyoti tarixida She&#8217;riyat ustuvor o&#8217;rin tutadi. Sh.ning axborot berish vositasigina bo&#8217;lgan so&#8217;zlashuvdan yoki fikrni tushuntirish yo&#8217;li bo&#8217;lmish ilmiy bayondan o&#8217;zining alohida qurilishi, nutqning odatdagi talablariga bo&#8217;ysunmasligi bilan ajralib turishi, kishida hissiyot uyg&#8217;otadigan ohangga egaligi ajdodlarimizda unga nisbatan ehtiromli munosabat uyg&#8217;otgan. She&#8217;riyatga xos musiqiylik, tartiblilik, shartlilik uni o&#8217;z-o&#8217;zidan ijodga, badiiyatga daxldor qilib qo&#8217;rsatgan. She&#8217;riyat tufayli inson nutqi jarangdor musiqiylik, tugallik, butunlik va uyg&#8217;unlik kasb etadi. Chunki She&#8217;riyatda so&#8217;zning sehrli jozibasi, odam ruhiyatiga ta&#8217;sir ko&#8217;rsata oladigan darajadagi ko&#8217;tarinkiligi namoyon bo&#8217;lgan. Qadimda She&#8217;riyatga ijro etiladigan, binobarin, kishilar tomonidan bevosita idrok qilinadigan hodisa sifatida qaralgan. Minglab yillar mobaynida She&#8217;riyat, asosan, inson tuyg&#8217;ulariga ta&#8217;sir ko&#8217;rsatish vositasi sanalgani uchun ham uning musiqiyligi, ohangdorligi va jarangdorligiga alohida e&#8217;tibor berilgan. She&#8217;riyat namunalari faqat mazmuni bilan emas, balki ifoda tarzi orqali ham o&#8217;quvchilar va tinglovchilarni rom etgan. Bu hol She&#8217;riyat namunalarining kuylaydigan darajadagi qat&#8217;iy akustik xususiyatlarga ega bo&#8217;lishini taqozo qilgan. She&#8217;riyatda muayyan musiqiy zarb (ritm) va qofiya, poetik sintaksis va inversiyalar qo&#8217;llanishi so&#8217;zlarning harakatchanligi, ohangdorligi va yoqimliligini ta&#8217;minlaydi. Bu hol mazmun tovlanishlariga erishish borasida She&#8217;riyatga tuganmas imkoniyatlar beradi. Nasriy asarlar o&#8217;quvchi tomonidan yolg&#8217;iz idrok etilgani, asosan, ichda o&#8217;qilgani uchun ham muallif hamda qahramonlar ovozini har bir kishi alohida &#8220;ichki quloq&#8221; bilan eshitgan. She&#8217;riyat uchun voqea va tafsilotlar tasviri emas, balki inson ruhiyati ifodasi muhimdir. Bu borada o&#8217;zbek She&#8217;riyati ayricha yuksak maqomda turadi. Shu bois milliy She&#8217;riyat uchun voqeabandliqdan ko&#8217;ra inson tuyg&#8217;ulari jilvasi, chigal kechinmalarini hissiyotga ta&#8217;sir etadigan, uni titroqqa soladigan yo&#8217;sinda ifoda etish muhimdir. Qat&#8217;iy poetik qoliplarga amal etilgan holda she&#8217;riy kashfiyotlar qilish zaruriyati o&#8217;zbek She&#8217;riyatining mukammallashuviga olib keldi. Shoir she&#8217;riy olamining tamomila o&#8217;zgachaligi, muayyan she&#8217;rda ifodalan- gan poetik mazmunni boshqa asarlarda, bo&#8217;lakcha yo&#8217;sinda berish deyarli mumkin emasligi She&#8217;riyatda universallikning ko&#8217;zga ko&#8217;rinmaydigan, ilg&#8217;ab bo&#8217;lmaydigan darajada kam ekanligiga sababdir. Har bir she&#8217;r o&#8217;zigagina mansub qoida bilan tug&#8217;iladi va shunga ko&#8217;ra yashaydi. Cho&#8217;lpon qalamiga mansub quyidagi misralarda She&#8217;riyatga xos ayni shu xususiyatlarni ko&#8217;rish mumkin: Bir tugam sochlaring mening qo&#8217;limda, G&#8217;ijimlab o&#8217;paymi yo tarab ochay? Sir deb saqlaganing mening qo&#8217;ynimda, Sir deb saqlayinmi yo elga sochay? Sochilgan sochingday sochilsa siring, Anor yuzlaringni kimga tugasan? O&#8217;zingku ularda vafo yo&#8217;q deding, Nimaga ularni tag&#8217;in kutasan? Bu misralar nasriy matnga aylantirilsa, undagi sirlilik, ta&#8217;sirchanlik, mukammallik butunlay yo&#8217;qqa chiqib, oddiy so&#8217;zlarning unchalik ham mantiqli bo&#8217;lmagan yig&#8217;indisiga aylanib qoladi. She&#8217;riyatning sehri uning mohiyatini anglash mushkulligida, mazmunning tutqich bermasligidadir. Shoirning o&#8217;zigagina xos jonli ohang, faqat o&#8217;zigagina tegishli betakror ruhiy holatning ifodalanishi She&#8217;riyatni yuksak darajaga ko&#8217;taruvchi omildir. So&#8217;z san&#8217;atining alohida shakli sifatida nasrning paydo bo&#8217;lishi o&#8217;zbek She&#8217;riyatining mohiyatini o&#8217;zgartirib, taraqqiyotini susaytirib qo&#8217;ymagan bo&#8217;lsada, uning tabiatiga jiddiy ta&#8217;sir ko&#8217;rsatadi. Yangi o&#8217;zbek She&#8217;riyati yanada nafislashdi, yanada turfalashdi. She&#8217;riyat jamiyat va tabiatda ro&#8217;y bergan hayotiy hodisani badiiy hodisaga aylantirish vositasi hamda shaxsiy kechinmalarni, shoirning betakror va haqiqiy hislarini ifoda qilishning yo&#8217;li sifatida shiddat bilan rivojlanmoqda. Shubhasiz, yangi o&#8217;zbek She&#8217;riyati ko&#8217;proq lirik mohiyat kasb etayotir. Qozoqboy Yo&#8217;ldoshev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>She&#8217;riyat, poeziya \u2014 she&#8217;riy asarlar majmui. Dastlab She&#8217;riyat deyilganda, umuman badiiy adabiyot tushunilgan. She&#8217;riyat badiiyatga daxldor sanalgan. Insoniyat tarixida faqat she&#8217;r shaklida yozilgan bitiklargina so&#8217;z san&#8217;atiga tegishli hisoblab kelingan. Garchi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/sheriyat-poeziya\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[211],"tags":[],"class_list":["post-104624","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-sh-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/104624","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=104624"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/104624\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":104628,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/104624\/revisions\/104628"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=104624"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=104624"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=104624"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}