{"id":104663,"date":"2023-09-08T08:48:32","date_gmt":"2023-09-08T05:48:32","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=104663"},"modified":"2023-09-08T08:48:36","modified_gmt":"2023-09-08T05:48:36","slug":"shahrisabz","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/shahrisabz\/","title":{"rendered":"Shahrisabz"},"content":{"rendered":"\n<p>Shahrisabz \u2014 Qashqadaryo viloyatidagi shahar. Shahrisabz tumani ma&#8217;muriy markazi (1926 yildan). Kitob\u2014Shahrisabz vohasida. Katta O&#8217;zbekiston trakti yoqasida joylashgan. Shahrisabz Janubdan Tanxozdaryo, shim.dan Oqsuv daryosi oqib o&#8217;tadi. O\u2019rtacha balandligi 658 metr. Aholisi 90 ming kishi (2004). Shahrisabz O&#8217;zbekistondagi qadimiy shaharlardan biri. Arxeologik ma&#8217;lumotlarga ko&#8217;ra, shaharga miloddan avvalgi 1 ming yillikning o&#8217;rtalarida asos solingan. Shahrisabz milodiy boshlarida va ilk o&#8217;rta asrlarda turli nomlar bilan atalgan. 13-asrdan Shahrisabz nomi ham urf bo&#8217;lgan. Mo&#8217;g&#8217;ullar istilosi davrida shahar tarixi yozma manbalarda deyarli yoritilmagan. 1351 yilda zarb etilgan kumush tangalarda &#8220;Shahrisabz&#8221; nomi uchraydi. Sharafuddin Ali Yazdiy (15-asr) shahar to&#8217;g&#8217;risida: &#8220;Shahrisabz, uni turkiylar Kesh deb ataydilar&#8221; deb yozgan. Shahrisabz yaqinidagi Xoja ilgor qishlog&#8217;i (hozirgi Yakkabog&#8217; tumani hududi)da Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan. Shahrisabz o&#8217;sha davrda &#8220;Qubbatulilm valadab&#8221; nomi bilan yuritilgan. Xusrav Dehlaviy, Bedil, Mirzo g&#8217;olib kabi allomalarning Ota-bobolari Shahrisabzda tug&#8217;ilgan. Amir Temur va Temuriylar davrida Shahrisabz ulkan saltanatning yirik shahriga, barlos beklarining yozgi qarorgohiga aylantirilgan. Oqsaroy va dor ussiyodat majmuasi qurilgan. Shahar atrofi qal&#8217;a devori bilan o&#8217;rab olingan. Ispaniya elchisi Klavixo o&#8217;z qundaligida Shahrisabzda ko&#8217;plab mahobatli binolar va masjidlar borligini va qurilayotganligini ta&#8217;kidlaydi. Keyinroq ham ko&#8217;plab me&#8217;moriy obidalar (dor uttilovat majmuasi, ko&#8217;k gumbaz masjidi va boshqalar) qurildi. Hofizi Abru shaharda ko&#8217;hna devor (bandi qadim) bo&#8217;lganligi, biroq u 15-asr boshlarida buzilib ketganligini ham yozadi. O&#8217;sha paytda Shahrisabzning 4 darvozasi: Ark (shimol), Kunchiqar (Sharqiy), kushxona (g&#8217;arbiy), Termiz (Janub) darvozalari bo&#8217;lgan. 1556 yilda Shahrisabzni Abdullaxon II egallagan. Keyinchalik Shahrisabz Buxoro xonligining Qarshi viloyati tarkibida bo&#8217;lib kelgan. 16-asr o&#8217;rtalarida ham Shahrisabz mustahkam mudofaa devorlari bilan o&#8217;ralgan edi. Mahmud ibn Vali (17-asr) o&#8217;zining &#8220;Bahr alasror&#8221; (&#8220;sirlar dengizi&#8221; \u2014 &#8220;Geografiya&#8221;) asarida Shahrisabzni quyidagicha ta&#8217;riflagan: &#8220;Kesh \u2014 Movarounnahr shaharlaridan biri, yamyashil bog&#8217;lari va ko&#8217;zga quvonch baxsh etuvchi gulzorlari tufayli u hozir Shahrisabz nomi bilan Shuhrat topgan. U jahondagi eng chiroyli shaharlardan biri hisoblanadi; iqlimi juda yaxshi va diltortar&#8230;&#8221;. Ashtarxoniylar davrida Shahrisabz siyosiy mavqeini ancha yo&#8217;qotgyn. Shahrisabzda hokimiyat uchun kurashda avval mang&#8217;itlar, so&#8217;ngra qo&#8217;ng&#8217;irotlar urug&#8217;i g&#8217;olib chiqib markaziy hokimiyat \u2014 Buxoro xonligini tan olmaslikka urinishgan. 18-asr 1-choragida Dashti Qipchoq qozoqlari Zarafshon va Qashqadaryo vohalariga talonchilik hujumlari uyushtirganda Shahrisabzda bir necha muddat shahar hayoti izdan chiqqan. 1750-52 yillardan Shahrisabz Buxoro amirligi tasarrufiga o&#8217;tdi. 18-asr o&#8217;rtalarida shahar qaytadan qad rostlagan. Shahrisabz hokimi Bobobek, kitob begi Jo&#8217;rabek, Amir Muzaffarning katta o&#8217;g&#8217;li Abdulmalik (katta to&#8217;ra) boshchiligida katta qo&#8217;shin bilan 1868 yilda ruslar bosib olgan Samarqand shahrini qaytarib olish uchun otlanishgan, ammo chekinishga majbur bo&#8217;lganlar. 1870 yil avgustda Turkiston gubernatori K.P. Kaufmannig buyrug&#8217;i bilan general Abramov qo&#8217;mondonligidagi maxsus qo&#8217;shin Shahrisabz va Kitobni bosib olgan. Biroq rus qo&#8217;shini qo&#8217;mondonligi Shahrisabz va kitobni Buxoro amiri tayinlagan beklarga topshirib, Samarqandga qaytishgan. Shahrisabz 1920 yilgacha Buxoro xonligi tarkibida bo&#8217;lgan. Shahrisabz aholisining asosiy qismi savdosotiq va hunarmandchilik bilan shug&#8217;ullangan. 18\u2014 19-asrlarda Shahrisabzda 6 darvoza, 7 karvonsaroy va 6 ta madrasa, bir nechta bozor, shahar tashqarisida Namozgoh masjidi bor edi. 20-asr o&#8217;rtalarida Shahrisabzda &#8220;hujum&#8221;, badiiy buyumlar, tikuvchilik, keyinroq pillakashlik fkalari ishlay boshladi. 1930-40 yillarda Shahrisabzdagi tarixiy yodgorliklarning ahvoli achinarli holda bo&#8217;lgan, ulardan omborxona, turar joy va boshqalar maqsadlarda foydalanilgan. Shahrisabz va uning tarixiy madaniy merosi ataylab keng doirada targ&#8217;ib qilinmagan. Mustaqillik yillarida Shahrisabz qiyofasi tubdan o&#8217;zgardi. Shahar markazi qayta qurildi. 1996 yilda shahar maydoni 2460 gektarga kengaygan. Shahrisabzdagi eng katta maydon \u2014 Amir Temur maydoni. Shahar markazidan eng katta Ipak yo&#8217;li ko&#8217;chasi o&#8217;tadi. 11 ta yirik sanoat korxonasi (shu jumladan, &#8220;hujum&#8221; badiiy buyumlar fabrikasi, &#8220;Sado&#8221; trikotaj fabrikasi, &#8220;konserva&#8221; va &#8220;sharob&#8221; aktsiyadorlik jamiyatlari, to&#8217;qimachilik, pillachilik fabrikalari va boshqalar), 8 qo&#8217;shma korxona (shu jumladan, O&#8217;zbekiston\u2014Buyuk Britaniya &#8220;Mevalar kamalagi&#8221;; O&#8217;zbekiston\u2014AQSh &#8220;Shahinterneshnl&#8221;; O&#8217;zbekiston\u2014Rossiya &#8220;Kompasqoqsuv&#8221;; O&#8217;zbekiston\u2014Turkiya &#8220;shahri Kesh&#8221;; O&#8217;zbekiston\u2014Turkiya\u2014 Yaponiya &#8220;Oqsaroy To&#8217;qimachi LTD&#8221; va boshqalar), kichik, o&#8217;rta biznes sub&#8217;yektlari faoliyat ko&#8217;rsatadi. Savdo va maishiy xizmat ko&#8217;rsatish shoxobchalari mavjud. Buxoro oziqovqat va yengil sanoat texnologiyasi intining umumtexnika fakulteti, kasb-hunar kolleji va akademik liseylar ishlab turibdi. 10 ta jamoat kutubxonasi, madaniyat uyi, madaniyat va istirohat bog&#8217;i, teatr, tarix va moddiy madaniyat muzeyi, 3 ta bolalar musiqa va san&#8217;at maktabi, 2 ta bolalar sport maktabi bor. 3 ta tennis korti, 3 ta suzish havzasi, stadion, 18 ta sport zali mavjud. Markaziy kasalxona (1050 o&#8217;rin), yangi jarrohlik markazi aholiga xizmat ko&#8217;rsatadi. Temir yo\u2019l vokzali, avtovokzal, aeroport ishlab turibdi. &#8220;Keshg va &#8220;Shahrisabz&#8221; mehmonxonalari bor. Shahrisabzda Amir Temurning ulug&#8217;vor haykali (haykaltaroshlar: Ilhom va Kamol Jabborovlar, me&#8217;mor Botir Usmonov) o&#8217;rnatilgan (1996). Shahrisabz zaminida bir qancha olim va ulamolar, shoirlar voyaga yetgan, jumladan, Abu Muhammad Keshiy (964 yil vafot etgan), Abu Ja&#8217;far Keshiy (951 yil vafot etgan), Abul Fazoil Keshiy (12-asr), Shamsuddin Kulol (Amir Temurning piri) va boshqalar Shahrisabzda 20 ga yaqin tarixiy me&#8217;moriy yodgorlik saqlanib qolgan. Temuriylar davrida qurilgan Oqsaroy qasrining peshtoq devori, dor ussiyodat va dor uttilovat majmualari, ko&#8217;k gumbaz masjidi, gumbazi Sayidon, Shamsuddin Kulol maqbarasi, Jahongir maqbarasi, Hazrati Imom masjidi, shuningdek, Chorsu bozori (16-asr), Chubin madrasasi (16-asr), Abdushukur Og&#8217;aliq (19-asr), Eshonpir (19-asr), Kunduzak masjidlari kabi me&#8217;moriy obidalar saqlanib qolgan. O&#8217;zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2002 yil 29 martda Shahrisabzning 2700 yillik yubileyini nishonlash to&#8217;g&#8217;risida qaror qabul qilindi. Ushbu yubiley butun mamlakatimizda va Shahrisabzda keng nishonlandi. Bu tantanalarda YUNESKO vakillari ham qatnashdi. Shahrisabz Jahon madaniy merosi ro&#8217;yxatiga kiritilgan (2002 yil dek.). Shaharda ko&#8217;plab anjumanlar va konferentsiyalar o&#8217;tkaziladi. Shahrisabz ahlining Temuriylar davri ulkan madaniy va ma&#8217;naviy merosi, noyob tarixiy yodgorliklarini asrab-avaylash, yosh avlodni buyuk ajdodlarimizning munosib vorislari qilib tarbiyalash va ularni ozod mamlakatimiz buyuk istiqbolini yaratishga qodir kishilar qilib voyaga yetkazish ishiga qo&#8217;shgan alohida xizmatlari e&#8217;tiborga olinib hamda Sohibqiron Amir Temur tavalludining 660 yilligi munosabati Shahrisabz &#8220;Amir Temur ordeni&#8221; bilan mukofotlandi (1996 yil oktyabr). Ad.: Shahrisabz \u2014 ming yillar merosi, T., 2002; Shahrisabz shahrining jahon tarixida tutgan o&#8217;rni, T., 2002; Qadimiy Kesh\u2014 Shahrisabz tarixidan lavhalar, T., 1998; Yaqubov B., Shahrisabz va kitob tarixidan, qarshi, 1996; Nosir Muhammad, Nasaf va Kesh allomalari, T., 2001. Qahramon Rajabov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Shahrisabz \u2014 Qashqadaryo viloyatidagi shahar. Shahrisabz tumani ma&#8217;muriy markazi (1926 yildan). Kitob\u2014Shahrisabz vohasida. Katta O&#8217;zbekiston trakti yoqasida joylashgan. Shahrisabz Janubdan Tanxozdaryo, shim.dan Oqsuv daryosi oqib o&#8217;tadi. O\u2019rtacha balandligi 658 metr. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/shahrisabz\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[211],"tags":[],"class_list":["post-104663","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-sh-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/104663","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=104663"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/104663\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":104667,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/104663\/revisions\/104667"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=104663"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=104663"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=104663"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}