{"id":104792,"date":"2023-09-08T12:29:24","date_gmt":"2023-09-08T09:29:24","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=104792"},"modified":"2023-09-08T12:29:30","modified_gmt":"2023-09-08T09:29:30","slug":"sherobod-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/sherobod-2\/","title":{"rendered":"Sherobod"},"content":{"rendered":"\n<p>Sherobod \u2014 Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi shahar (1973 yildan), tuman markazi. Sheroboddaryoning o&#8217;ng sohilida joylashgan. Katta O&#8217;zbekiston trakti yoqasida. Termizdan 59 kilometr, yaqin temir yo\u2019l stantsiyasi \u2014 Navshahar (42 kilometr). Aholisi 24,2 ming kishi (2000). Sherobod ikki ming yildan ziyod tarixga ega. U shahri Xaybar deb atalib, Makedoniyalik Aleksandr davrida ham mavjud bo&#8217;lgan. Arxeologik ma&#8217;lumotlarga ko&#8217;ra, Sherobod yonidagi Jondavlattepa miloddan avvalgi 6-5-asrlarga, Sherobodning shimoliy chekkasidagi Kofirqal&#8217;a shahar xarobasi (maydoni 14 gektar) milodiy 1-asrga oid, uning arkida o&#8217;rta asrlarda ham hayot davom etgan. Sheroboddan 1 kilometr shimolda, Nondahana darasi yonida mustahkam mudofaa devori bilan o&#8217;ralgan manzilgoh joylashgan, u muhim savdo yo&#8217;lini qo&#8217;riqlash maqsadida bunyod etilgan. V.V.Bartoldning taxminicha, Sherobod hoz. nomini 18-asr boshlarida olgan bo&#8217;lib, Sheroboddaryoning o&#8217;ng sohilida qal&#8217;a qurgan o&#8217;zbeklarning Qo&#8217;ng&#8217;irot qabilasi hukmdori sher Ali nomi bilan atalgan. Mahalliy rivoyatga ko&#8217;ra, \u201cSherobod\u201d atamasi &#8220;Shorabot&#8221; \u2014 bosh rabot, bosh bekat ma&#8217;nosini bildiradi. Sherobod yonida Termiz yo&#8217;lidagi so&#8217;nggi bekat \u2014 Roziq Raboti (10-asr) bino bo&#8217;lgan. Sherobod- Daryo oqib keladigan tog&#8217;darasi yoqalab o&#8217;rta asrlarda Turkistonni Afg&#8217;oniston va Hindiston bilan bog&#8217;lovchi muhim savdo yo&#8217;li o&#8217;tgan. 19-20-asr boshlarida Sherobod Buxoro amirligiga qarashli beklik markazi bo&#8217;lgan. Shaharda bir qancha aktsiyadorlik jamiyati, paxta tozalash, g&#8217;isht, sut, un mahsulotlari, keramika zavodlari, kichik korxona va xususiy firmalar, qurilish va transport korxonalari, dehqon bozori, savdo, madaniy va maishiy xizmat ko&#8217;rsatish shoxobchalari ishlab turibdi. Umumiy ta&#8217;lim, bolalar musiqa maktablari, akademik litsey, kasb-hunar kollejlari, madaniyat va istirohat bog&#8217;i mavjud. Sport majmuasi, stadion, sport zallari va maydonchalari, Markaziy kasalxona va uning bo&#8217;limlari, tug&#8217;ruqxona, poliklinika, dorixonalar, ayollar va bolalar konsultasiyasi faoliyat ko&#8217;rsatadi. Sheroboddan Qumqo&#8217;rg&#8217;on, Angor, Termiz va boshqalar shahar va aholi punktlariga avtobuslar qatnaydi. Sayfullo Tursunov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Sherobod \u2014 Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi shahar (1973 yildan), tuman markazi. Sheroboddaryoning o&#8217;ng sohilida joylashgan. Katta O&#8217;zbekiston trakti yoqasida. Termizdan 59 kilometr, yaqin temir yo\u2019l stantsiyasi \u2014 Navshahar (42 kilometr). &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/sherobod-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[211],"tags":[],"class_list":["post-104792","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-sh-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/104792","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=104792"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/104792\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":104812,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/104792\/revisions\/104812"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=104792"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=104792"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=104792"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}